Safiya binti Abdulmuttalib

DO`STLARGA ULASHING:

To‘liq ismi: Safiya binti Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay. Milodiy 570 yili tug‘ildi. Onasi: Hola binti Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra ibn Kilob. Hazrat Hamza ibn Abdulmuttalibning (roziyallohu anhu) ona bir opasi. Otasi Abdulmuttalib vafot etganida 9 yoshda edi. Akalaridan biri uni qaramog‘iga olgan. Sahih rivoyatlarga ko‘ra, bu Abu Tolib bo‘lgan. Chunki u og‘alari orasida singillariga yaxshi qarovchi va to‘g‘ri tarbiya beruvchi edi. Johiliyat zamonida Abu Sufyon ibn Harbning akasi Horis ibn Harbga turmushga chiqqan. Fijor urushida eri halok bo‘lganidan so‘ng Avvom ibn Xuvaylidga erga tegdi. Ushbu turmushidan Shaib, Zubayr va Abdulka’ba ismli farzandlar ko‘rdi.
Islomni qabul tsilishi: Safiya o‘g‘li Zubayr va ukasi Hamza ibn Abdulmuttalib (roziyallohu anhum) bilan bir vaqtda Islomga kirdi. Rivoyatlarda kelishicha o‘g‘li Shaib ham Islomni qabul qilgan.
Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) bay’at bergan ayollarning ichida Safiya (roziyallohu anho) ham bor edi. Bu voqea onamizning hayotida yorqin iz qoldirdi. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) da’vatlarini yoyish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi. Keyinchalik o‘g‘li Zubayr bilan Madinaga safar qildi.
Fazilatlari: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Safiya onamizni (roziyallohu anho) juda yaxshi ko‘rganlar, e’zozlaganlar. U zot (alayhissalom) oila ahllariga vasiyat qilayotganlarida uning ismini alohida tilga olib, bunday deganlar: “Ey Muhammadning qizi Fotima! Ey Abdulmuttalibning qizi Safiya! Ey Abumuttalib bolalari! Sizga Allohdan keladigan biror narsani qaytarishga qodir emasman. Mol-mulkimdan nimani xohlasangiz, so‘rang”.
Safiya (roziyallohu anho) qurayshlik ayollarning e’tiborlisi, jasuri va olimasi edi. Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) bir nechta hadis rivoyat qildi. She’r aytishda o‘ziga xos mahoratga ega bo‘lib, otasi Abdulmuttalib va Payg‘ambarimizga (alayhissalom) bag‘ishlangan marsiyalari hozirgacha yetib kelgan. Shuningdek, u Payg‘ambarimiz (alayhissalom) jannat bashoratini bergan o‘n sahobaning biri Zubayr ibn Avvomning (roziyallohu anhu) onasidir.
Bardoshli ayol: Uhud kuni hazrat Hamza (roziyallohu anhu) o‘ldirildi. O‘sha kuni Safiya (roziyallohu anho) musibat kelganida inson qanday sabr qilishi kerakligini amalda ko‘rsatdi. Akasining jasadi yoniga ketayotganida Payg‘ambarimiz (alayhissalom) uni o‘g‘li Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) orqali to‘xtatishga urindilar va: “Onangni qaytar. Akasining jasadini ko‘rmasin”, dedilar. Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) onasining oldiga kelib: “Ey onajon, Rasululloh (sollallohu alayxi va sallam) sizni qaytsin, deb buyurdilar”, dedi. Safiya (roziyallohu anho): “Nima uchun? Akamning o‘ldirilgani haqida eshitdim. Bunga sabr qilaman va savob umidida bo‘laman”, dedi. Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) onasining so‘zini yetkazganida Payg‘ambarimiz (alayhissalom): “Uning yo‘lini to‘smang”, dedilar. Safiya (roziyallohu anho) akasi uchun istirjo va istig‘for aytib, chiroyli sabr qildi.
Talabchan ona: Safiya (roziyallohu anho) farzand tarbiyasida ham namunali onalardan bo‘ldi. Kichikligida otasidan yetim qolgan o‘g‘li Zubayrni mehr va talabchanlik bilan tarbiya qildi. Odamlar: “Bolani qiynab yubording”, deb tanbeh berishsa, “Uning tog‘dek mustahkam yigit bo‘lishini istayman”, derdi. Onaning orzusi ushaldi. O‘g‘li Zubayr (roziyallohu anhu) 15-16 yoshida Islomni qabul qilib, shariat ilmlarini o‘rgandi. Mohir sarkarda, jamoat arbobi va saxovatpesha inson bo‘lib yetishdi. “Rasulullohning havoriysi” degan nomga musharraf bo‘ldi. Safiya (roziyallohu anho) esa “Havoriyning onasi” unvoniga erishdi.
Vafoti: Safiya (roziyallohu anho) hijratning 20-yili (milodiy 641) Umar ibn Xattob zamonasida 73 yoshda dunyodan o‘tdi. Janoza namozini Umar ibn Xattob o‘qib berdi. Baqi’ qabristoniga dafn qilindi.
Abdulaziz Hamdamov | «Hidoyat» jurnalidan

16 комментариев к “Safiya binti Abdulmuttalib”

  1. Уведомление: kitchen remodeling

  2. Уведомление: psilocybin mushrooms online usa​

  3. Уведомление: cc dumps plus pin 2022

  4. Уведомление: Manga

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: fetish chat sites

  8. Уведомление: Key Wall Safe

  9. Уведомление: 7 up bar

  10. Уведомление: Alliant Powders In Stock

  11. Уведомление: roof skylight

  12. Уведомление: Wavy Caps Mushrooms,

  13. Уведомление: 메타마스크

  14. Уведомление: Bubble Tea

  15. Уведомление: casa azul tequila for sale​

  16. Уведомление: view it

Комментарии закрыты.