-
O‘smir qizlarga tavsiyalar
-
Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
-
Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
-
Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
“Ba’zan Ramazon saharligida uxlab qolamiz. Bunday holatda ro‘zaga qanday niyat qilish kerak? Ulab ro‘za tutish, ya’ni saharlik qilmay ro‘za tutish makruhmi?” Bu savolga “Darakchi.uz” aniqlik kiritdi.
“Ulab ro‘za tutish” deyilganda og‘iz ochish vaqtida og‘iz ochmay, ya’ni kunduzda ham, tunda ham hech narsa yemay-ichmay, jimo’ qilmay ro‘za tutish tushuniladi. Og‘iz ochish vaqtida og‘zini ochib, taom yeb, saharlikka turolmay ro‘za tutish “ulab tutish” deyilmaydi.
Saharlikka tura olmagan kishi uyg‘onganida tong otgan bo‘lsa, hech narsa yemasligi va ichmasligi kerak. Yeb-ichsa, shu kuni ro‘za tutmagan bo‘ladi.
Saharlikka tura olmagan kishi kunning yarmigacha Ramazon ro‘zasini Alloh roziligi uchun tutishni ko‘nglidan o‘tkazsa, ro‘za tutishga niyat qilgan bo‘ladi. Umuman, ro‘zaning niyati Alloh roziligi uchun ro‘za tutmoqlikni ko‘nglidan o‘tkazishdir.
Пингбэк: 링크판