Sharof Boshbekov (1951)

DO`STLARGA ULASHING:

Sharof Boshbekov 1951 yilning 4 yanvarida Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻildi. Sanʼat instituti musiqali aktyorlik boʻlimida tahsil oldi. Muqimiy nomli teatrda, Sirdaryo viloyati teatrida aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983–1985), Oʻzbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986–1987) adabiy xodim boʻlib xizmat qildi.

Dastlab “G” varianti” (1981), “Gʻurur” (1982), “Jumboq” (1986) kabi hikoyalarini eʼlon qildi. Shundan soʻng birin-ketin “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Taqdir eshigi”, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski shahar gavroshlari” (1998), “Temir xotin” (1989) kabi jiddiy komediyalarini yaratdi. “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikamiz, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qoʻyildi. Unda muallif fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, faoliyatida sodir boʻlayotgan jiddiy oʻzgarishlar, jamiyatdagi teran muammolarni hajviy yoʻsinda ochib beradi. Mazkur asar asosida tasvirga olingan badiiy film ham xalqimizga manzur boʻldi.

Sh. Boshbekov ssenariysi asosida “Sharif va Maʼruf”, “Yuzsiz” (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlar yaratildi. U “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissyor sifatida qatnashdi. Uning ssenariysi asosida “Charxpalak” teleseriali dunyoga keldi. Bundan tashqari “Tentak farishtalar” (1995), “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” (1996) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi.

Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asari 1989 yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi.

Mustaqillik yillari “Oʻyin” (2002), “Doka roʻmolning qurishi” (2004) telefilm ssenariylarini yozdi; “Soʻqmoq” (2003), “Mehr va mauzer” (2007) kinoqissalarini yaratdi. “Falakning gardishi” (2009), “Musofir boʻlmaguncha” (2009), “Tentak farishta” (hikoyalar, maqolalar, ssenariy, 2010) majmualari nashrdan chiqdi.

Sharof Boshbekov 1990 yilda Davlat mukofotiga, 1999 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻldi. Shuningdek, 2001 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

21 комментарий к “Sharof Boshbekov (1951)”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: pic5678

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: คลิปหลุด

  7. Уведомление: 이천눈썹

  8. Уведомление: buy whisky online usa​

  9. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  10. Уведомление: 토토달팽이

  11. Уведомление: Hairless Cats

  12. Уведомление: Dividend

  13. Уведомление: Cambodian for sale

  14. Уведомление: How to play on Pokermatch

  15. Уведомление: official website

  16. Уведомление: สร้างเว็บไซต์

  17. Уведомление: superslot

  18. Уведомление: Albino penis envy mushroom

  19. Уведомление: 다시보기

  20. Уведомление: ที่พัก โพธาราม ใกล้ฉัน

  21. Уведомление: check

Комментарии закрыты.