Sharof Rashidov (1917–1983)

DO`STLARGA ULASHING:

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. Oʻrta maktabda dastlabki maʼlumotni olgach, 1934 yilda Jizzax pedagogika texnikumida oʻqidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan soʻng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938–1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944–1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatadi.

1947–1949 yillarda hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasiga muharrirlik qildi. 1949–1950 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950–1959 yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959–1983 yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida xizmat qildi.

Sharof Rashidov oʻtgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullanib, dastlab sheʼriyatda qalam tebratdi. Uning birinchi sheʼriy toʻplami “Samarqand kuylari” nomi bilan bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan sheʼrlari 1945 yilda “Qahrim” toʻplamida chop etildi. U ayni chogʻda adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi.

Adib “Gʻoliblar” (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda roman shaklida nashr ettirdi. “Boʻrondan kuchli” romani 1958 yilda, “Qudratli toʻlqin” romani esa 1964 yilda dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy ifodasini topgan.

Ijodkorning “Kashmir qoʻshigʻi” (1957), “Komde va Moʻdan” (1959) kabi lirik qissalari va “Koinot” (1957) kinoqissasi anʼanaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan boʻlib, yoshlik, bahor, goʻzal hayot nashidasi madhiga bagʻishlangan. Adib hayotining soʻnggi yillarida yaratilgan “Dil amri” qissasi urush yillarida belorus tuprogʻida jang qilgan oʻzbek jangchilarining hayoti tasviriga bagʻishlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

13 комментариев к “Sharof Rashidov (1917–1983)”

  1. Уведомление: good shop dumps

  2. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  3. Уведомление: สล็อตวอเลท

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: cbd gummies dispensary near me

  6. Уведомление: go to

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: weed delivery toronto

  9. Уведомление: read review

  10. Уведомление: continue reading this

  11. Уведомление: goxapp

  12. Уведомление: ตารางบอล

  13. Уведомление: pack man disposable pen

Комментарии закрыты.