Shiroq

DO`STLARGA ULASHING:

(hikoya)
Yoz boshlanib, Yaksart bo‘yidagi cho‘llarda o‘tlar qovjiray boshladi. Bu yerlarda yashovchi shak qabilalari sero‘t yaylovlarga ko‘chish taraddudiga tushishdi. Yangi yerlarga ko‘chish chorvachilar uchun bir bayramdek edi. Ular bahor mavsumida yashab o‘rganib qolgan yerlarini tashlab ketish oldidan bir-birlarinikiga qo‘noq bo‘lib borar, dorivor o‘tlarni yeb semirgan biyalarning sutidan tayyorlangan o‘tkir qimizlarni ichib mast bo‘lgan yigitlar qizlar bilan lapar aytishar, vaqtichoqlik qilishardi.
Biroq bu safar odamlarning ko‘ngliga qil sig‘mas, o‘tlovlardan na qo‘shiq tovushi va na qizlarning xushchaqchaq kulgisi eshitilardi.
Baland bir yerga qurilgan katta oq o‘tovni egnilariga yarg‘oq teridan kamzul, boshlariga uchi ingichka, uzun qalpoq kiygan qurolli soqchilar qo‘riqlab turardilar.
O’tov ichida esa shak qabilalarining oqsoqollari kengash qurib o‘tirardilar. To‘rga solingan ayiq terisi ustida chordona qurgan Rustak oqsoqollariga vaziyatni tushuntirardi:
— Eron shohi Darayavush O’kuzdan kechib, So‘g‘diyani bosib oldi. Eroniylar el-yurtni talab, erkaklarni qul, xotinlarni asir qilib olib ketayotirlar. Endi navbat bizga keldi. Darakchilarimiz shohning biz tomonga Ronosbat boshchiligidagi katta bir qo‘shinni yubormoqchi bo‘lganligidan darak berayotirlar…
Rustak — soch-soqoli oqargan, bir oz munkayib, cho‘kib qolgan suyaqdor chol. U bir vaqtlar keng yag‘rinli, baland bo‘yli pahlavon edi. Yakkama-yakka janglarda shak urug‘ining dushmanlaridan ko‘p bahodirlarni yer tishlatgan, uning nomi So‘g‘diyada ham, Eronda ham mashhur edi.
Hozir u shaklar va so‘g‘diyaliklarning ashaddiy dushmani bo‘lgan Eron shohi va uning qora niyatlari to‘g‘risida gapirar ekan, g‘azabdan nafasi tiqilar, ko‘zlari o‘t sochar edi. U gapni tutatib, dushmanni daf etmoq uchun qanday choralar ko‘rish kerakligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytishni urug‘ oqsoqollaridan so‘radi.
— Qo‘lidan ish kelmaydigan chollar, kampirlar, bolalik xotinlarni qo‘y va yilqilar bilan uzoq cho‘llarga yuborib, qolgan er va ayollarning barini qurollantirsak va dushman bilan bir tomchi qonimiz qolguncha urushsak, deb gap boshladi urug‘ oqsoqollaridan Saksfar. U oltmishga borib qolgan bo‘lsa-da, yoshlardek ikki beti qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi. — Urush kulfati benomuslik mashaqqatidan yaxshiroq. Zolim Eron shohiga qul bo‘lgandan ko‘ra jang maydonida o‘lgan afzal…
Rustak uning uzundan-uzoq gapini sabr bilan tinglab, boshini quyi solgancha o‘ylanib qoldi.
— Jangda mardlarcha o‘lmoq oson gap, lekin dushmanni yanchib tashlab, undan qasos olmoq qiyin. Biz mardlik ko‘rsatib, nomimizni qoldirish go‘g‘risida emas, balki el-yurtimizning erkini qanday saqlab qolish to‘g‘risida o‘ylamog‘imiz kerak, — dedi u qiziqqon Saksfarga qarab.
Oqsoqollar mum tishlagandek miq etmay o‘tirar edilar. Ko‘p mamlakatlarni bosib olib, jang maydonlarida ko‘p tajriba orttirgan, yaxshi kurollangan Eron qo‘shini bilan urushmoq juda qiyin ekanligi ularga ayon edi.
Boshliqlar bu mushkul muammoni yechish uchun bosh qotirib o‘tirganlarida, o‘tov eshigi oldida turgan qurolli yigit Shiroq degan bir cho‘ponning kirishga ijozat so‘rayotganini bildirdi.
— Shiroq!— deb qoshini chimirdi Rustak,— Kim u?
— Shiroq bizning urug‘dan. Butun umri cho‘ponlik bilan o‘tgan,— dedi Saksfar. — O’zi juda farosatli, dono, dostonchi chol. Eski chaldivorlardan chayon ushlab o‘zini chaqtiradi. Og‘riq sezmaydi. Aytishlaricha, yoshligida ilon uni chaqib olganda allaqanday giyohlarni surtib tuzalib ketgan emish. O’shandan beri ilon-chayondan qo‘rqmaydi.
— Andog‘ bo‘lsa, chaqir buyoqqa o‘sha cholni.
Eshikdan yoshi oltmishdan oshgan, tetikkina, barvasta bir chol kirib, ta’zim qildi.
— Ijozat bersanglar, men ham qatoringizga o‘tirib, o‘z fikrimni aytsam. Nima to‘g‘rida gaplashayotganingizni bilaman.
— O’tir, o‘tir, gapingga quloq solamiz, — dedi Rustak.
— Eron shohining askarlari Sirdaryo ostidagi qum donalaridan ham ko‘p, ularni jangga chorlab, yengish mahol.
Shunday bir hiyla topmoq kerakki, dushmanning oyog‘i toyib, halokat jarig‘a qulab tushsin.
— Qani, ayt, qanday hiyla o‘ylab topding?— deb so‘radi Rustak.
— Buni faqat senga aytaman. Oqsoqollar o‘tovingni tark etsinlar.
Rustak bu gapni eshitib aftlari burushib ketgan oqsoqollarga bir qarab oldi-da:
— Nima, sen shu ulug‘ zotlarga inonmaysanmi?— deb so‘radi.
— Inonaman, ular el g‘amini yeydigan halol odamlar, o‘lsalar ham dushmanga sir boy bermaydurlar. Ammo ularning yaqin do‘stlari, inilari, o‘g‘illari, xotinlari bor. Men aytgan gaplarni beixtiyor ularga aytib qo‘yishlari mumkin. Uyog‘i ma’lum, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydur. Oqsoqollar meni kechirsinlar…
Urug‘ boshliqlari birin-ketin o‘rinlaridan turib chiqib keta boshladilar.
Oq o‘tovdan nariroqda cho‘qqayib o‘tirgan oddiy ko‘chmanchilar Shiroqni yaxshi tanir, uning qo‘biz chalib aytgan dostonlarini ko‘p marotaba tinglagan, o‘zi ham dostonlarda madh etilgap sheryurak odamlardan biri ekanligini bilar edilar.
Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi. Uni ko‘rgach, ko‘chmanchilar dahshatga tushib o‘rinlaridan sakrab turib ketdilar. Keksa cho‘pon kesilgan iqki qulog‘i va burniga kuydirilgan namat bosib, sizib oqayotgan qonni to‘xtatishga harakat qilardi. Kutilmagan bu fojiadan g‘azablangan odamlar uning atrofini o‘rab oldilar va ustma-ust savol yog‘dira boshladilar:
— Quloq-burningni nega kesdilar?
— Sen sho‘rlik nima gunoh qilib eding?
Rangi murdadek oqarib ketgan Shiroq tishini tishiga qo‘yib, o‘zini bardam tutishga urinar, urug‘doshlarining savollariga javob bermasdi. Uni bir joyga o‘tqazib, kuydirilg‘an namat bilan qonini to‘xtatdilar. Cholning sahro shamoli va cho‘l quyoshidan qoraygan yuzida g‘azab alomati yo‘q edi. U o‘ziga kelgach, o‘rnidan turdi-da, kunbotish tomonga qarab ketdi. Hang-mang bo‘lgan kishilar uning orqasidan qaraganlaricha qotib qoldilar.
Dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi so‘g‘d xalqini itoatga keltirgan Eron shohi Yaksartning so‘l qirgog‘idagi ko‘chmanchilar ustiga yurish oldidan dam olmoqda. U yetti paxsa devor bilan o‘ralgan bog‘ o‘rtasidagi baland shiyponda o‘z a’yonlari bilan may ichib, shakarguftorlik qilib o‘tirardi.
Mulozimlardan biri shiypon yoniga kelib ta’zim qildi-da, quloq-burni yo‘q g‘alati bir chol shoh huzuriga kirishga izn so‘rayotganini bildirdi. Doro surishtirib, kelgan odamning shak qabilasidan ekanligini bilgach:
— Mayli, kirsin,— dodi.
Ikki qurolli mulozim boshlab kelgan Shiroq shohdan o‘n besh qadamcha berida to‘xtadi-da, yer o‘pdi va o‘rnidan turib, ta’zim qilganicha qotib qoldi.
Doro baland bo‘yli, qushburun, chiroyli odam edi. Uning ponaga o‘xshagan soqoli ko‘kragiga tushgan va mayin taralgan. Ustidagi to‘q qizil zarrin to‘ni yiltirar, qo‘lidagi uzun aso dastasiga qadalgan qimmatbaho toshlar qorong‘i kechadagi yulduzlardek charaqlar edi. Tosh qo‘g‘irchoqqa o‘xshagan ikki mulozim uni sekin-sekin yelpib turardi.
Doro kamon qoshlarini chimirib, baland ovoz bilan:
— Hoy odam, o‘zing kimsan, oting nima va qaysi urug‘dansan?— deb so‘radi.
— Otim Shiroq, o‘zim shak urug‘idanman,— javob qildi chol.
— Kelib mening istirohatimni buzmoqdan maqsading nadir?
— Maqsadim mulozamat kamarin belga bog‘lab, umrimni siz shahanshoh xizmatida o‘tkazmoqdir. Janoblariga xayrxoh bo‘lganim tufayli qabiladoshlarimdan qattiq sitam ko‘rdim. Ularga men: «Shohi Eron bilan urushaman, deb chiranmang, sizlarni bir hamlada zeru zabar qilgay, yaxshisi, itoat kamarin bog‘lab borib, ul zoti bobarakotning etaklaridan o‘ping», dedim. Bu gapdan xabar topgan hukmdorimiz Rustak g‘azabga mindi na mening quloq-burnimni kestirdi. Men endi sizning yordamingiz bilan undan o‘chimni olmoqchiman. Agar ijozati oliy bo‘lsa, yengilmas qo‘shiningizni yolg‘iz podachilar biladigan so‘qmoqlar bilan shak lashkarlarining orqasidan olib chiqar edim, keyin ularni qilich damidan o‘tkazmoq qiyin emas…
Shiroqning gapini eshitib, Doro o‘yga toldi. Agar jangovar shak qabilalari shu yo‘sinda yakson qilinsa, O’kuz bilan Yaksart o‘rtasidagi serunum yerlarni bosib olgan Eron lashkarlarining bexatarligi ta’min etilgan bo‘ladi. Ammo bu keksa cho‘ponni bir sinab ko‘rmoq kerak.
Shiroq shohning ishonchsizlik ko‘zi bilan qarayotganini fahmlab, o‘z so‘zippng to‘g‘riligini isbot qilishga kirishdi:
— Axir quloq-burnimning yaqindagina kesilgani ko‘rinib turibdi-ku! Biznikilar bekorga o‘z urug‘lariga bunday sitam yetkazmaydurlar.
U o‘ylab qo‘ygan dalillarini keltirib, uzundan-uzoq gapirdi va o‘zining Eron shohiga sodiqligini, shaklarga dushman ekanligini isbot qilishga tirishdi, so‘zining oxirida Quyosh tangrisini shafe keltirib ont ichdn.
Doro sarkardalari bilan maslahatlashib, shaklar ustiga qo‘shin yuborishga, Shiroqni esa yo‘l boshlovchi qilib olishga qaror berdi.
Eron askarlari yo‘l boshlovchining maslahati bilan yetti kunlik suv, oziq-ovqat va yem-xashak olib yo‘lga chiqdilar va daryoning chap qirg‘og‘idagi qum sahrolaridan borib shaklarga orqa tomondan hujum qilmoqchi bo‘ldilar.
Dastlabki kunlar yo‘l uncha mashaqqatli bo‘lmadi. Cho‘l o‘tlari endi qovjirab kelayotgan bo‘lsa ham onda-sonda buloqlar atrofida ko‘m-ko‘k o‘tloqlar uchrab turardi. Bora-bora cho‘l sahroga aylandi, odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi. Afsonaviy otlarning taqalariga o‘xshab uyulib qolgan qumtepalardan oshib yoki chetlab o‘tish oson emas edi. Qora terga tushib hansiragan otlar oyoqlarini qumdan arang tortib olib, boshlarini quyi solganlaricha bitta-bitta qadam tashlab borardi. Sahroning berahm quyoshi yomon niyatda qolayotgan bu qurolli odamlarning boshidan olov sochar, ichlarini kuydirib, tashnalikdan lablarini qovjiratar, qumlar ustida jimirlab turgan qaynoq havo o‘pkalarini yondirardi.
Lashkarboshilarshshg toqatlari toq bo‘lib, shaklar lashkargohiga qancha masofa qolganini Shiroqdan surishtira boshladilar. U esa manzilga yaqinlashib qolganliklarini va yana ikki kun yurish kerakligini aytib, boshliqlarni yupatardi. Biroq sermashaqqat safarning yettinchi kuni ham shaklardan darak topmadilar. Hammayoq dasht-biyobon, odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadi. Suv, oziq-ovqat, yem-xashak tamom bo‘lgan, oriqlab ketgan otlar yer iskab suv qidiradi, qovjiragan lablari shishib ketgan odamlar bir qultum suv uchun bir yillik umrlaridan kechishga tayyor!
Shiroqni o‘rtaga olib: «Bizni qaerga boshlab kelding, ablah!— deb qisti-bastiga oldilar. Askarboshilardan biri uni yoqasidan ushlab siltadi va haqorat qila boshladi. Shiroq yoqasini uning qo‘lidan qutqarib, namat qalpogini boshidan oldi-da, sorajin va keng peshonasidagi terini artdi. Uning qovjiragan lablari istehzoli tabassumdan yorishib, qiyiq ko‘zlarida o‘t chaqnab ketdi. Atrofini qurshab olgan g‘azabli chehralarga mag‘rur qarab turib, qalpog‘ini yerga bir urdi-da, qahqahlab kulib yubordi:
— Men yengdim, Doro qo‘shinini bir o‘zim yengdim! — dsdi u qichqirib.— Sizlarni aldab sahroning qoq o‘rtasiga olib keldim,— qo‘li bilan kunchiqish va kunbotish tomonni ko‘rsatdi. — Buyog‘i ham yetti kunlik yo‘l, buyog‘i ham. Istagan tomoningizga boravering! Mening go‘rim shu yerda,— deb oyog‘i ostini ko‘rsatdi.
U o‘z murodiga yetgani uchun muqaddas otash va suv xudosiga shukur qilib, allaqanday bir duoni o‘qidi. Darhaqiqat, u o‘z elini qullikdan qutqarib qolish uchun jonidan kechgan, yovuz dushmanni hiyla tuzog‘iga ilintirish uchun ming turli azob-uqubatni bo‘yniga olgan edi. Mana endi u niyatiga yetdi, dushman askarini halokat jari yoqasiga boshlab keldi. Endi dushman nima qilsa qilaversin!
U Rustakning huzuriga kirganida shunday degan edi:
— Agar msning bola-chaqam va nevaralarimni unutmasang, o‘z shirin jonimdai kechib, yurt boshiga kelgan baloni daf etardim. Dushmanni daf qilmoq uchun bir hiyla o‘ylab topdim. Umrim oxirlab qoldi, axir bu dunyodan ketmoq kerak. Men el-yurt uchun o‘limning shirin sharbatini ichmoqqa qaror qildim… Gapimga quloq sol…
Hukmdor uning gapini oxirigacha tinglab, fikrini ma’qullagan edi. Shunda u yonidan o‘tkir pichog‘ini olib, o‘z quloq-burnini kesgan va go‘yo o‘z eliga xiyonat qilgan bo‘lib, dushman orasiga kirgan edi…
G’azabdan ko‘zlari olayib, aft-basharasi bujmayib xunuk bo‘lib kstgan Eron sarkardalari Shiroqni o‘rab olib, uni ura boshladilar. Sarkarda Ronosbat dabdalasi chiqqan Shiroqni ular qo‘lidan qutqarib, bir chetga olib chiqdi-da, suv ichirdi, so‘ngra chodiriga olib kirib, uni yaxshilikcha yo‘lga solmoqchi bo‘ldi. Endi Eron sarkardasi shaklar ustiga yurish qilib, ularni tor-mor etishni xayolidan chiqarib tashlagan, u faqat qo‘shiiini halokatdan qutqarib qolishni o‘ylardi.
— Agar sen sahro quduqlari va chashmalarini bizga ko‘rsatsang, gunohingdan kechib, So‘g‘diyada istagan qishloqlardan birini senga in’om qilardik.
— O’z elimning dushmanlariga yordam uchun cho‘zadigan qo‘limni kesib tashlaganim ma’qul,— dedi u gapni qisqa qilib. Halokat yoqasida qolgan eroniylar achchiqlariga chiday olmay fidokor cho‘ponni chopib, qiyma-qiyma qilib tashladilar.

19 комментариев к “Shiroq”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: visit their website

  3. Уведомление: เสริมหน้าผาก

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  6. Уведомление: สินเชื่อส่วนบุคคล อนุมัติง่ายที่สุด

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: see here now

  9. Уведомление: เอสบีโอเบท

  10. Уведомление: more info here

  11. Уведомление: buffalo trace kentucky straight bourbon whiskey

  12. Уведомление: ฝาก ถอนเงิน สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  13. Уведомление: golden teacher mushrooms wiki

  14. Уведомление: window repair

  15. Уведомление: ufatesla

  16. Уведомление: 다시보기사이트

  17. Уведомление: more info here

  18. Уведомление: โรงแรมสุนัขเข้าได้

  19. Уведомление: naakte borsten

Комментарии закрыты.