Shoxrux Murtazayev biografiya

DO`STLARGA ULASHING:

Shoxrux Murtazayev biografiya

Prodyuser Shoxrux Murtazayev 1994 yilning 25 iyunida dunyoga kelgan. Bolaligidan kino, serial va umuman tv olamiga qiziqqan Shoxruh, asli Urganchdan bo‘lib, maktabni bitirgach, Toshkent Davlat San’at va madaniyat institutiga o‘qishga kirgan. 2016 yil o‘qishni tugatgach, 2020 yilgacha Milliy Telekanalda faoliyat olib borgan.
KVN da ham faoliyat yuritib, «West»  jamoasi tarkibida KVN da O‘zbekiston Oliy ligasi chempioni bo‘lgan!
Shoxrux Murtazayev hayotda juda izlanuvchan, kurashuvchan inson bo‘lib, mehnatning aybi yo‘q, deb hisoblaydi. Tv da ishlagan vaqtida, u ko‘rsatuv qilishdan avval Tv da qanday mehnat bo‘lsa, hammasini amalga oshirgan. Ilk ko‘rsatuvidan so‘ng, ko‘rsatuvlar bo‘yicha prodyuserlik faoliyatini boshlagan.
Milliy Tv dagi faoliyati davomida «7 — Studiya» loyihasini taqdim etgan va bu loyiha juda muvaffaqiyatli bo‘lib, Shoxruh uning ikkinchi mavsumini ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etgan. Mazkur loyiha, “Eng yaxshi shou” sifatida “Oltin Kabutar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Telekanaldagi bir necha yil muvaffaqiyatli faoliyatdan so‘ng, Shoxruh Murtazayevni “Salom social media” loyihasiga Bosh prodyuser sifatida taklif qilishgan. Shoxruh bu loyihaga katta kuch bilan yondoshgan. Natijada “Salom social media”da Shoxruh Murtazayev rahbarligida  10 dan ortiq seriallar yaratilgan.
Ulardan “Maktab” seriali internetda 45 million marta ko‘rilgan. “Fara Tashkentskiy” seriali 35 million marta ko‘rilgan. “Hello Oyijon” ham 35 million marta ko‘rilgan. “Meni Sev” seriali esa, 25 million marta ko‘rilgan. Shuningdek, “Oliftaxon”, “Surdik” seriallari ham tomoshabinlar ko‘nglidan joy olib ulgurgan.
Shoxruh Murtazayevni ko‘pchilik faqat rus tilida gapiradi, deb o‘ylashadi. Ammo, u o‘zbek tilida ham mukammal gapira oladi. U nafaqat Toshkent shevasida, balki Xorazm shevasida ham bemalol so‘zlasha oladi.
2023 yilda Shoxruh Murtazayev o‘zining shaxsiy Salom.tv platformasiga asos soldi. Hozirda mazkur platforma uchun Shoxruh Murtazayev prodyuserligida bir necha yangi loyihalarga start berilgan.
Shoxruh Murtazayev oilali, bitta farzandi bor.

Оставьте комментарий