Shuhrat Yo’ldoshev — Devona

DO`STLARGA ULASHING:

Shuhrat Yo’ldoshev — Devona 

Men telbaman, xayollarim tinmaydi,
Dardlarimni sendan o`zga bilmaydi.
Kechalari ko`zga uyqu kelmaydi,
Meni sendan boshqa hech kim sevmaydi.

Yuragimni hijronlarim “yey” deydi,
Ich-ichimda armonlarim “ket” deydi.
Kim ham meni bag`rin ochib “kel” deydi?
Meni sendan boshqa hech kim sevmaydi.

Yo san devona, yo man devona,
Meni sevib qolganingga hayrona. (x2)

Nolimading bo`lsa kam,
Ko`zlaringga to`lsa nam,
Hayot sinar bo`lsa ham,
Sevganingga hayronman.

Birim qilsam, birim kam,
Kulolmadim – ko`p alam.
Yuragim tor bo`lsa ham,
Sevganingga hayronman.

Yuragimni hijronlarim “yey” deydi,
Ich-ichimda armonlarim “ket” deydi.
Kim ham meni bag`rin ochib “kel” deydi?
Meni sevib qolganingga hayronman.

Yo san devona, yo man devona,
Meni sevib qolganingga hayrona. (x2)

Оставьте комментарий