Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish

DO`STLARGA ULASHING:

🔐 (https://telegra.ph/file/3994c40729fc384e7f5f7.png)Smartfondagi ilovalarga parol o‘rnatish

Agar siz ko‘pincha telefonni biror kimga bersangiz yoki uni qarovsiz qoldirsangiz (ichida esa zaruriy ma’lumot bor deylik) — bundan sug‘urtalanish va oddiy bloklashning ustiga-ustak ilovani AppLock yordamida parollash mumkin.

📋 Buni amalga oshirish tartibi:

1️⃣. Ilovani smartfon/planshetga o‘rnatamiz (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ibragunduz.applockpro) va ishga tushiramiz.

2️⃣. AppLock darhol istalgan parolni o‘rnatishni tavsiya etadi — bunga amal qilamiz. U nafaqat sonlar ko‘rinishida, balki grafik kalit ko‘rinishida bo‘lishi yoki smartfon ustiga barmoq bilan nechadir marotaba bosish (tapillatish) orqali amalga oshirilishi mumkin. Rejimlar ekranning pastki o‘ng burchagida bo‘ladi.

3️⃣. Ilovaga kerakli vositalarga murojaat etish huquqini beramiz.

4️⃣. Tayyor, qarshimizda ilovalari bloklangan va bloklanmaganiga bo‘linuvchi bosh menyu ochiladi. Ilovaga parol o‘rnatish uchun — uning qarshisidagi qulfcha belgisi ustiga bosing.

Endi, odatdagidek smartfon ekranidagi ilovaning belgisi ustiga bosganda va xattoki boshqa ilovaga vaqtinchalik o‘tib turgan bo‘lsangiz ham — parol kiritishga to‘g‘ri keladi.

📌 P.S.: Sozlamalarda «Шпионская камера» (josus kamera) rejimi mavjud: agar biror kim parolni 5 marotaba noto‘g‘ri kiritsa, kamera uni avtomatik ravishda suratga oladi.

📥 AppLock Premium v7.7.1
(https://t.me/itspecuz/3961)📥 AppLock Fingerprint Pro v7.9.2

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek