“Snapchat” ijtimoiy tarmogʻi yaratuvchilari

DO`STLARGA ULASHING:

Siz yuqorida koʻrib turgan insonlar bizni rasmga olib, bezatib, yasatib qoʻyuvchi “Snapchat” ijtimoiy tarmogʻi yaratuvchilari hisoblanadi.

Ular aslida uch kishi boʻlishgan. Evan Spiegel, Bobbi Merfi va Reggi Braun. Ammo Reggi Braun omma eʼtiborida boʻlishni istamaydi. Shuning uchun u yuqoridagi rasmda yoʻq.

Ular “Stendford”da oʻqib yurgan paytlarida “Snapchat” gʻoyasi kelib qoladi. Asosiy gʻoya muallifi Reggi Braun edi (https://www.thestreet.com/technology/history-of-snapchat).

Birinchi boʻlib Braun, Evanʼga gʻoyasini aytadi. Spiegel gʻoya yaxshi ekanligini anglab yetib, ular Merfiʼni “coding” ishiga chaqirishadi. Uch ovlon 2011-yil iyul oyida ushbu ajoyib ijtimoiy tarmoqni ommaga havola etadi. Oʻsha vaqtda ular atiga 20-22 yoshda edilar.

“Snapchat” foydalanuvchilari soni 2021-yilning yanvar oyiga koʻra 498 millionni tashkil qilmoqda (https://www.statista.com/statistics/272014/global-social-networks-ranked-by-number-of-users/).

Hozirda Evan Spiegelʼning boyligi $11.8 milliardni, Bobbi Merfiʼning boyligi esa $12.7 milliardni tashkil qilmoqda (https://www.forbes.com/real-time-billionaires/#68d960143d78).

Оставьте комментарий