Soch o’sishini tezlashtiruvchi vositalar

DO`STLARGA ULASHING:

Barchaga ma’lumki, sochlar chiroyli, sog’lom va jilokor bo’lishi uchun ularni to’g’ri parvarishlash kerak. Bunda muhim o’rinni esa uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar egallaydi. Ulardan muntazam ravishda foydalanib, sochlarning o’sishini tezlashtirish, to’kilishini to’xtatish va oldini olish, ularga jilokorlik hamda salomatlik baxsh etish mumkin.
Sochlarning o’sishini tezlashtirish uchun ba’zi qoidalarga e’tibor qaratish muhim:
  • Tanlangan shampun bosh teringiz holatiga mos bo’lishi kerak
  • Sochlarni o’stiruvchi hamda to’kilishini oldini oluvchi niqoblarni muntazam ravishda qo’llash lozim.
  • Sochlarni xech qachon ho’l holatida taramaslik kerak.
  • Bosh terisini har kuni uqalash lozim.
  • Bosh terisi va sochlarga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan o’tkir tishli temir taroqlardan foydalanmaganingiz ma’qul.
  • “Gullagan” sochlarni har oy kestirib turish kerak.
Soch o’sishi uchun qalampir nastoykasi.
Qalampir nastoykasi xuddi xantalli niqob kabi bosh terisida qon aylanishini tezlashtiradi. Shunga ko’ra soch to’kilishi kamayadi vao’sishi tezlashadi. Mazkur nastoyka har bir dorixonalarda sotiladi. Ammo uni uy sharoitida mustaqil ravishda ham tayyorlash mumkin. 3 dona achchiq qalampir ustidan 200 ml. aroq quyilib, 2 hafta qorong’i joyda qoldiriladi va har 4 kunda banka silkitib turiladi.
Qalampir nastoykasi qanday qo’llaniladi?
  • Qalampir nastoykasini surayotganda bir martalik qo’lqoplardan foydalaning.
  • Birinchi navbatda sezuvchanlikka qarshi test o’tkazing. Nastoykani tirsakning ichki tomoniga surting. Agar xech qanday allergik ta’sir sezilmasa, nastoyka bosh terisiga surtiladi.
  • Nastoykani paxtali tampon yordamida boshga surish, pipetga yordamida tomizish yoki purkagichga qo’yib,  bosh terisiga purkash mumkin.
  • Boshni isiting, ya’ni avval polietilen qalpoq, so’ng pahmoq sochiq o’rang. Bir soat o’tkach, sochlar yuvilib yog’ surtiladi. Bu sochlarni namlash uchun juda muxim
Qalampir nastoykasidan qancha payt foydalanish mumkin?
  • Yog’li sochlar —  3 kunda 1 marta.
  • Normal sochlar – 5 kunda 1 marta.
  • Quruq sochlar —  bir xaftada 1 marta.
  • Yanada samarali natijaga erishish uchun nastoykani har bosh yuvishdan avval qo’llash mumkin. Biroq undan xar kuni foydalanish tavsiya etilmaydi
Tayyor qalampir nastoykasi.
Dorixonalardan xarid qilingan qalampir nastoykasini shundayligicha bosh terisiga surish mumkin. Shuningdek, undan niqoblar ham tayyorlasa bo’ladi. Qalampir nastoykasini ho’l sochlarga surib bo’lmaydi. Zero suv bilan aralashgan nastoyka ko’proq kuydirish xususiyatiga ega. Agar nastoyka surilganda xech qanday ta’sir sezilmasa uni suv bilan aralashtirish kerak bo’ladi.

Оставьте комментарий