Sun’iy tish qo‘yish

DO`STLARGA ULASHING:

Otam 65 yoshda. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar hisobiga tishlari sinib, ayrimlari tushib ketayapti. Hozirda singan tishni tagi bilan olib tashlab, o‘rniga sun’iy tish qo‘yish amaliyoti bajarilayotgan ekan. Shu muolaja haqida so‘ramoqchi edim. Rahmat.

 

Yo‘qotilgan tish o‘rnini sun’iy tish, protez hamda implantantlar yordamida davolash  mumkin. Buning uchun uchun avvalo og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalardan holi bo‘lishi lozim. Agar og‘iz bo‘shlig‘ida kasallangan tishlar, protez qo‘yiladigan chegaralarda yallig‘lanish mavjud bo‘lsa, muolajadan avval davolaniladi. Sun’iy tishlarni keksa yoshdagilarga qo‘yilishi umumiy ahvoli, surunkali kasalliklarning bor-yo‘qligiga qarab tavsiya etilishi mumkin. Turiga ko‘ra sun’iy tishlar olinadigan va olinmaydigan shaklda bo‘ladi.  Tayyorlanadigan materiali ham turlicha bo‘lishi mumkin.
Protez tishlar orasida bugunda byugel turi keng foydalanilmoqda. Bu qisman olib qo‘yiladigan protez turi bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i tish qatorlarida ko‘plab tishlarning yo‘qligi, ko‘prik protezlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Byugelning ko‘plab turlari mavjud: ilmoqli, relsli, qulfli kabilar. Ilmoqli byugellar og‘iz bo‘shlig‘ining orqa sohalariga joylashtiriladi. U jag‘ tishlar bo‘lmagan holatlarda qo‘yiladi. Qulfli byugellar esa orqa tishlari bo‘lgan bemorlarga qolgan tishlarni qoplash uchun qo‘yiladi. Bu turdagi protez tishlar asosan ikkilamchi, qisman va odentiya – tish qatorlaridagi tishlarning ko‘p miqdorda bo‘lmasligida tavsiya etiladi. Tish protezini qo‘yishdan maqsad og‘iz bo‘shlig‘iga tushayotgan chaynov bosimini to‘g‘ri taqsimlashdir. Bunday protezni qo‘llash uchun og‘iz bo‘shlig‘ida kamida 5 6 ta tish bo‘lishi lozim. Protez ichiga metall karkas o‘rnatilgani chidamliligini oshiradi. Karkas turli metallar, asosan kobaltli xrom hamda nikelli xromdan tayyorlanadi.
Yo‘qotilgan tishning o‘rniga sun’iy ildiz dental implantant ham qo‘yish mumkin. Dental implantantlarning afzal tomoni, ular tishning ildizi sifatida qo‘yiladi, tish ildizi qanday vazifani bajarsa, u ham xuddi shu vazifani bajaradi. U bemorning chaynash funksiyasini 100 foiz tiklash imkoniyatini beradi.

13 комментариев к “Sun’iy tish qo‘yish”

  1. Уведомление: car buying website

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: 이천속눈썹펌

  4. Уведомление: flooring services

  5. Уведомление: Porn

  6. Уведомление: screenshot block

  7. Уведомление: 토토달팽이

  8. Уведомление: Study in Africa

  9. Уведомление: dig this

  10. Уведомление: original site

  11. Уведомление: his explanation

  12. Уведомление: Betkick

  13. Уведомление: https://www.timesunion.com/marketplace/article/phenq-reviews-17525542.php

Комментарии закрыты.