Вы сейчас просматриваете Bahor shamoli  (Abdulla Oripov sheri)

Bahor shamoli (Abdulla Oripov sheri)

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Sherlar
  • Комментарии к записи:0 комментариев

DO`STLARGA ULASHING:

Bahor shamoli
(Abdulla Oripov sheri)
???????
Bahor kelayotir, toza, musaffo.
Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol.
Daralar qo‘ynida zangor bir havo,
Tumanli shaharda yotmoqlik malol.
???????
Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u,
Oniy umri bilan sollanar chechak.
Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu,
Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak.
???????
Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni,
Ko‘zimga ko‘ringay dilbar diyorim.
Go‘dak nafasidek yupatar yuzni,
Qish bo‘yi intizor kutgan bahorim.
???????
Bahor-ku o‘tadi shamoldek shitob,
Mayli, o‘tajak u va o‘tar bo‘lsin.
Azizim, umringda havo bo‘lsin sof,
Umring shamollari muattar bo‘lsin.
???????

Добавить комментарий