Suvi eng toza 10 mamlakat

DO`STLARGA ULASHING:

Jahonda suv bilan bog‘liq vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, har o‘n nafar odamdan ikkitasi toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Undan ham ko‘proq odamga gigiyena uchun suv yetishmaydi. Lekin quyida keltirilgan mamlakatlarda, ekologlarning fikricha, suv muammosi yo‘q.
  Singapur suvni qayta ishlash borasida muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, Singapur – Malakka yarim orolining janubida joylashgan kichik mamlakat. 2003-yilda mamlakatda suvni qayta ishlash bo‘yicha birinchi tashkilot – NEWater ish boshlagan. Unda tozalash uskunalari va suvni tayyorlash statsiyalari mavjud: bu yerda aholi va korxonalardan oqava suvlar keladi va tozalanadi.
  Rezervuarga kelib tushishdan avval oqava suv tozalashning mikrofiltratsiya, ultrafiolet bilan zararsizlantirish kabi bir necha qo‘shimcha darajalaridan o‘tadi. Zavod faoliyati davomida Singapur xukumati 65 ming turli xil testlar o‘tkazgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa bu suvni barcha standartlarga to‘g‘ri kelishini e’tirof etgan.
  Namibiya – suvni qayta ishlashning yana bir muvaffaqiyatli misoli. Afrikaning eng qurg‘oqchil mamlakatida suv muammosi deyarli yarim asr avval hal etilgan. 1969 yilda respublikadagi eng yirik shahar – Vindxukda shunday zavod qurilgan. Zavod fuqarolarning ichimlik suviga bo‘lgan 35 % talabini qondiradi va suv iste’moli tufayli kasalliklar yuzaga kelishi qayd etilmagan.
Vindxukdagi 35% suv qayta ishlanadi.
 Shveysariya nafaqat shokoladi, banklari va soatlari, balki suv resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish bilan ham mashhur. Oqimlarni tozalash texnologiyasi, ichimlik suvi sifati va pestitsidlarni qo‘llashdan voz kechish bo‘yicha eng yuqori ballarga ega.
 Shvetsiya esa ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu skandinaviya mamlakatining kuchli tomonlari quyidagilar – karbonat angidrid gazi tashlamasining minimalligi, toza havoni saqlash va toza ichimlik suvi. Shvedlar tabiat muhofazasi, jumladan, o‘rmonlar, daryo va ko‘llarga katta e’tibor qaratishadi va shu sababli ularda suv muammosi yo‘q.
Suvi eng toza 10 mamlakat
Suvi eng toza 10 mamlakat
 Norvegiya Shvetsiya bilan bir xil ball to‘pladi. Yer usti suv manbalari, havo sifati, oqimlarni tozalash uslublari bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Bundan tashqari, mamlakatdagi elektrning 98% gidroelektrostansiyalardan olinadi.
 Finlyandiya – to‘rtinchi o‘rinda. Bu mamlakatda ko‘llar juda qadrlanadi va muhofaza qilinadi. Suv sifati ham yuqori darajada. Bundan tashqari, finlar dengiz resurslariga va qishloq xo‘jaligi oqimlarini tozalashga alohida e’tibor qaratadilar.
Kosta-Rika suvi eng toza mamlakatlar qatoriga bejiz kiritilmagan. Mamlakatda deyarli barcha oqimlar qayta ishlanadi, ishlab chiqarish esa borgan sari ekologik usullarga o‘tib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, dengiz resurslariga yanada ko‘proq e’tibor berishlari kerak.
 Avstriya – oltinchi o‘rinda. Mamlakatda oqimlarni tozalash va ichimlik suvi sifati ko‘ngildagidek. Qishloq xo‘jaligi va suv ob’ektlarini muhofaza qilish borasida ham ishlar yaxshi. Lekin shunday bo‘lsa ham bu mamlakat reytingning birinchi beshtaligiga kira olmadi.
 Yangi Zelandiya karbonat angidrid gazi tashlamalari va dengiz hududlarini muhofaza qilish borasida ish olib bormoqda. Mazkur mamlakat oqimlarni tozalash, ichimlik suvini tayyorlash va havo tozaligi bo‘yicha a’lo natijalarga erishgan.
  Latviya bu reytingda Yangi Zelandiyadan bor-yo‘g‘i 0,1 ball orqada qolgan! Oqimlarni tozalash va ichimlik suvini tayyorlash, shuningdek suv manbalariga tushadigan yuklama bo‘yicha yaxshi natijalarni qayd etgan. Lekin dengiz hududlari muhofazasi bo‘yicha ishlar yanada takomillashtirilishi kerak.
  Kolumbiya ichimlik suvini tayyorlashda ilg‘or va qayta ishlanmagan oqimlarni deyarli tashlab yubormaydi. Mamlakat ekologiya sohasiga kerakli mablag‘larni qahva va gul yetishtirish orqali oladi. Shunga qaramay, kolumbiyaliklar atrof-muhitga juda ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.
  Reytingga Fransiya yakun yasaydi. Ularning ichimlik suvi toza, oqimlarni tozalash darajasi esa 100% ga yaqin. Lekin shunga qaramay bioxilma-xillik, dengiz qo‘riqxona hududini tashkil etish va dengiz resurslarini muhofaza qilish borasida hali bir qator ishlar amalga oshirilishi kerak.

15 комментариев к “Suvi eng toza 10 mamlakat”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: Devops implementation company

  4. Уведомление: uk adult dating

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: snuscore

  7. Уведомление: Alquiler de trasteros

  8. Уведомление: ยืมเงินด่วน

  9. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  10. Уведомление: 토토굿게임

  11. Уведомление: weed

  12. Уведомление: สล็อตออนไลน์

  13. Уведомление: พนันบอล

  14. Уведомление: look at here

  15. Уведомление: daftar togel resmi

Комментарии закрыты.