Tadbirkorlar qanday fikr yuritadilar

DO`STLARGA ULASHING:

Ko’pchikik odamlar pullarini  o’z  manfaatlari  yo’lida  sarflaydilar. Masalan, ovqatlanishga,  o’yin-kulguga va xokazo. Tadbirkorlar esa pullarini yanayam  ko’proq pul ishlab topish uchun sarflaydilar. Ularning farqi ana shunda. Aynan shuning uchun ham boylar yanayam boyishadi, kambag’allar esa kambag’alligicha qolaveradilar. Xo’sh, tadbikorlarning qaysi xususiyatlari ularni boshqa odamlardan ajratib turadi?
Oddiy lotereya yutug’i sohiblarini  ko’rib  chiqaylik. Ularning  ko’pchiligi bu tasodifiy millionlarini bir necha yil ichida tugatib  bo’lishadi, chunki ular pullarini  o’z nafslari  yo’lida ishlatishni  ko’zlaganlar. Inson uy sotib olishni xohlasa, puliga qarab oladi, ko’proq puli  bo’lsa, kattasini olishni xohlaydi. Oylik maoshi  ko’tarilsa, mashina sotib oladi. Puli yetmasa, qarz  ko’taradi.
Tadbirkorlar uchun bu aqlsizlik hisoblanadi. Pul bu daromad manbaidir. Misol uchun Uorren Baffet  o’z  do’sti  bilan birga ikkinchi kursdaligida eski ishlatilgan  o’yin avtomatini sotib oladi va daromadini bir necha marotabaga  ko’paytirib oladi. Oddiy  o’spirinlar bunday ish qila olmaydilar. Shundan hulosa chiqarib olavering.
Haqiqy tadbirkorlarning bir nechta qonunlari mavjud:
1. O’zini moddiy tarafdan tiya bilish.
Endi ish boshlayotgan tadbirkor  o’z  xaqqini foydali  ko’paytirish uchun biror ishga tikadi. Hech nimaga erisha olmaydigan tadbirkorlarni ajratish oson — u isrofgarchilikka  yo’l  qo’yadi. Xaqiqiy ishbilarmon esa, ancha-muncha boylik  to’plab  qo’ysa ham, pulini tejab sarflaydi. Uning chiqimi  ko’p  bo’lishi mumkin, biroq daromaddan ancha kam.
2. Malakaning oshishi samaradorlikni  kuchaytiradi.
Tadbirkor  o’z bilimlarini sarmoya sifatida qabul qilishi kerak. Uning sarf qilgan vaqti ham foyda keltirishi kerak. Tadbirkorlar odatda  tug’ma qobiliyatli va  qat’iyatlidirlar. Ular  o’z ustilarida qattiq ishlab, boy-badavlat odamlarga aylanishadi.
3. Aktivlar ham ishlashi kerak.
Yakka tarzda ishlash — ming urinsangiz ham, boylkka olib kelmaydi. Buni ishbilarmonlar yaxshi bilishadi, shuning ushun korxonalar tashkil qilib, ularga rahbar  bo’lishni afzal bilishadi. Ana shunda ularning xizmati  qo’l ostidagilarning mehnati bilan birga  qo’shilib, yaxshigina natija beradi. Bill Geyts qanchalik yaxshi dasturchi  bo’lmasin, faqatgina  o’zining kuchi bilan 50 mlrd. dollarga erisha olmasdi. Shuning uchun ham, tadbirkorlar korxonadagi ulushlari uchun bor kuchlari bilan kurashadilar.
4. Vaqtni diqqat va aql bilan boshqarish kerak.
Vaqt va  e’tibor  cheklangan imkoniyatdir. Bularni behudaga sarflab yuborish juda oson. Aqlli tadbirkorlar buni yaxshi tushunib yetishadi, ular juda tartiblidirlar, samarasizlikni yoqtirishmaydi, butun diqqat-e’tiborlarini  o’z ishlariga qaratadilar. Ko’pgina taniqli tadbirkorlar doimo bitta kiyimda yuradilar (Sukerberg, Djobs). Ular vaqtlarini qadrlab, uni kiyim tanlash uchun sarflashga tayyor emasliklarini  ta’kidlashadi.
5. Ijobiy realizm.
Boy  bo’lish uchun umid qilish kerak. Ishonchni  to’g’ri  baholay olish kerak. Hayotning ba’zi tomonlari yoqimsiz, murakkab va chigal  bo’lishi mumkin. Uning boshqa tomonlarini  ko’ra bilish qiyin. Xaqiqat noaniq  bo’lsa, uni yaxshilikka yo’yish kerak va ijobiy ranglarda tasavvur qilish kerak. Umidsizlik ishbilarmonlarga xos emas.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

Оставьте комментарий