Salmon Xon haqida

DO`STLARGA ULASHING:

#Salmon_Xon

Siz yuqorida koʻrib turgan inson dunyoning eng mashhur aktyorlaridan biri Salmon Xon hisoblanadi. Eng soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda uning boyligi $ 360 million dollarni tashkil qilmoqda (https://updatenetworth.blogspot.com/2020/05/salman-khan-net-worth-in-2020-bio-age.html?m=1). Isteʼdodli aktyor ham hind ham musulmon sanaladi (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Salman_Khan).

Salmon Xon — aktyor, prodyuser, qoʻshiqchi va rassom 1965-yilning 27-dekabrida Hindistonning Indor shahrida tugʻilgan. Salmon Xonning ikki ukasi va ikki nafar singlisi bor. Ota-onasi ham Hindiston kino sanoatiga tegishli insonlar hisoblanadi.

Mahoratli aktyor faoliyati davomida jami 78ta nominatsiyada nomzodlikka qoʻyilib, jami 74ta sovrin yutgan.

Salmon Xon rol ijro etgan filmlar orasida eng koʻp foyda olib kelgan filmi “Josuslar” hisoblanadi.

Salmon Xon hozirda 55 yoshda. U hali turmush qurmagan (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Salman_Khan). U shu paytgacha mashhur aktrisalar Ayishvariya Ray va Katrina Kayf bilan ishqiy munosabatda boʻlgan (https://en.m.wikipedia.org/wiki/Salman_Khan).

💬Salmon Xon ijrosidagi eng sevimli filmingiz qaysi?

1 комментарий к “Salmon Xon haqida”

Оставьте комментарий