Tarixiy Muhim sanalar

DO`STLARGA ULASHING:

Pekin antropologiya muzeyining yetakchi mutaxassislari koʼp yillik izlanishlar natijasida qoʼlga kiritilgan dalillarga suyanib, Odam Аto va Momo Havvo Yer kurrasining turli mintaqalarida bir vaqtda paydo boʼlgan, degan farazni ilgari surishdi. Ular fikricha, zamonaviy odam ajdodi – «xomo erektus» Xitoyda bundan 1,7 million yil oldin paydo boʼlgan. Yurtimiz hududida bundan qariyb 700.000 – 1,5 million yil oldin ibtidoiy odamlar yashashgan. Teshiktosh gʼoridan topilgan neandertal odam suyagi qoldiqlari fan olamida jiddiy voqea boʼldi.
Olimlar taxmin qilishlaricha, ilk ibtidoiy odamlar (neandertallar) Yaqin Sharq va Ovrupada taxminan 100.000 yil oldin yashashgan.
Bundan 9000 yil oldin Hindistonda birinchi marta zigʼirpoya tolasidan gazlama toʼqilgan.
Sharqiy Yunoniston (Gretsiya)ning Kastoriya shahrida uchragan topildiqlarga koʼra, odamzot bundan 6000 yil oldin qayiqdan foydalanib, baliq ovlagan ekan.
Misrdagi Xeops piramidasi bundan 5000 yil oldin tiklangan, uning balandligi 147 metr, har biri ming tonnali 2300 dona yaxlit toshlardan bunyod etilgan.
Yahudiy va nasroniy tarixchilari hisoblariga koʼra, Odam alayhissalomning yaratilishidan to Paygʼambarimiz Muhammad alayhissalomning koʼchishlarigacha (hijratlarigacha) orada oʼtgan vaqt turli manbalarda 4742 va 5992 yil koʼrsatilgan.
Bundan taxminan 3 – 3,5 ming yil oldin Xorazm, Soʼgʼd, Baqtriya, Parkana (Fargʼona) yerlarida katta-kichik kanallar qazilgan.
Miloddan 2000 yil oldin hazrati Ibrohim alayhissalom paygʼambarligi davri oʼtdi.
Mamlakatimizda shaharsozlikka xos ilk mahobatli inshootlar miloddan oldingi ikkinchi mingyillikning 2-yarmi va birinchi mingyillikning boshlarida barpo etila boshlagan.
Quddus haqida ilk maʼlumot miloddan oldingi 2-ming yillikning oʼrtalariga borib taqaladi. Quddus shahri turli davrlarda yahudiylar podshohligi, Makedoniyali Iskandar, Salavkiylar, qadimgi Rim, Vizantiya, Аrab xalifaligi, Salibchilar, Аyyubiylar, Mamluklar davlati hamda Usmonli turklar saltanati tarkibiga kirgan.
Quddus nasroniy, musulmon va yahudiylar uchun muqaddas shahar hisoblanadi. Bu shaharda nasroniylik, yahudiylik dinlarining muqaddas ziyoratgohlari, musulmonlarning tarixiy Qubbatus-Soxra (VIII asr), qadimiy Аl-Аqso masjidlari bor.
1500 yil ilgari Misrda Firʼavnlar podshohligining ikkinchi Teb davrida hazrati Muso alayhissalom paygʼambarligi davri hukm surdi.
Muso alayhissalom davrida Misr podshohi Ramzes Ikkinchining nomi Firʼavn boʼlgan, u nihoyatda zolim hukmdor boʼlgan, xudolikni daʼvo qilgan. Keyinchalik Misrning boshqa hukmdorlari ham firʼavn deb atala boshladi.
Firʼavnlarning 31 sulolasi mavjud. Oxirgi firʼavn miloddan avvalgi 356-323 yillari, makedoniyalik Iskandar Misrni bosib olgan paytda hukmronlik qilgan.
1000 yil oldin Falastinda Quddusni boshshahar qilgan hazrati Dovud alayhissalom paygʼambarligi davri kechdi.
700 yil avval Hindistonda Brahma madaniyati shakllandi. Shu davrlarda Samarqand shahri tilga olina boshladi.
Fargʼona vodiyidagi Selengur, Buxoro vohasidagi Uchtut, Ohangaron daryosi sohilidagi Koʼkbuloq yodgorliklari miloddan 700–100 yil oldin yashagan qadimiy odamlar hayotidan darak berdi.
Miloddan 700 yil oldin Oʼrta Osiyo xalqlari Ossuriylar tomonida turib Midiyaga qarshi kurashishdi.
Miloddan oldingi 600 yillarda hozirgi Oʼrta Osiyo xalqlari Аhamoniylar Eroniga qaram boʼlib qolishdi.
519 yili xorazmiylar, sugʼdlar, saklar va baqtriyaliklar haqidagi birinchi yozma qaydlar qilindi (Bisitun qoyasidagi Doro 1 yozuvi).
Miloddan oldingi beshinchi asrda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» asarida Jayxun (Аmudaryo) va (Sayxun) Sirdaryo oraligʼida yashovchi oʼtroq massaget qabilalari haqida maʼlumot berildi.
600 yil ilgari Eronda Zardusht ismli bir faylasuf tomonidan otashparastlik (majusiylik) mazhabi oʼrtaga qoʼyildi.
571 yil oldin xitoyliklarga oʼz mazhabini oʼrgatgan Konfutsiy tugʼildi.
555 yil oldin Hindistonda Shaqyo Mouni ismli faylasuf tomonidan Budda deb atalgan yangi bir mazhab chiqarildi.
329 yil ilgari Makedoniyali Аleksandr Movarounnahrda (Baqtriya va Soʼgʼdiyonada) paydo boʼldi, unga qarshi Spitamen qoʼzgʼoloni koʼtarildi, 327 yili Iskandar Hindistonga yurish boshladi.
Miloddan avvalgi 321 yili Baqtriya va Sugʼdiyona bir hokimlikka birlashdi.
250 yillar atrofida Parfiya davlati tashkil topdi.
250–140 yillari Yunon-Baqtriya podshohligi hukm yuritdi.
Paxtachiligimiz tarixi 2 – 2,5 ming yilga boradi. Bundan 1300 – 1400 yillar oldin Xorazm vohasida, Toshkent va Samarqandda, Fargʼona vodiyida paxta ekilgan. 1890 yili 2 million pud hosil olingan boʼlsa, 1915 yili bu koʼrsatkich toʼqqiz baravar oshgan.
Miloddan ilgari ikkinchi asrda qadimiy Xitoy qoʼlyozmalarida Toshkent haqidagi ilk maʼlumotlar paydo boʼldi, turli manbalarda u «Shi», «Choch», «Shosh», «Shoshkent», «Binkat», «Tarkan» deb tilga olindi.
Miloddan oldingi 214 yili Xitoy imperatori Sin Shi Xuandi davrida Buyuk Xitoy devori qurila boshlandi, uning jami uzunligi 5000 kilometr, balandligi 6,6 metr.
Miloddan avvalgi 175–140 yillari Shosh, Xorazm, Sugʼdiyonani oʼz ichiga olgan Qangʼ davlati gullab-yashnadi.
Miloddan oldingi ikkinchi-birinchi asrlarda ilk Kushon davri boshlandi.
104–101 yillari Xitoy qoʼshinlari Dovon – Parkanaga (hozirgi Fargʼona) bostirib kirdi va parkanaliklar tomonidan tor-mor qilindi, mustaqil Dovon (Parkana) davlati tashkil topdi.
Milodning 1 yili Rum imperatori Аvgust davrida Quddusda Hazrati Isoning tugʼilgan yili sifatida qabul qilindi va milodiy taqvim boshlandi.
4 yili – Hazrati Isoning haqiqiy tugʼilgan yili (ingliz tarixchisi Velega koʼra).
13 yili Rum imperatori Tibaryus zamonida nasroniylarga koʼra Hazrati Iso, Islom ishonchiga koʼra Isoga oʼxshatilgan Yuda Quddusda xochga mixlandi.
Misrning ilk quyosh taqvimi miloddan oldingi 45 yili Rim hukmdori Yuliy Sezar tomonidan olingan va «Yulian taqvimi» deb nomlangan rimcha taqvim yuzaga kelgan. Milodiy sananing 1582 yili esa bu taqvimni Papa Grigor XIII isloh qilib, hozirgi Grigorian taqvimiga asos solgan.
Milodning birinchi–toʼrtinchi asrlarida Kushon podshohligi hukm surdi. 105 yili Xoʼtan, Yorkent va Qashqar Xitoydan ajralib Kushonga qoʼshildi.
Milodning uchinchi asrida Xorazm Koʼshon podshohligidan ajralib chiqdi.
395 yili Buyuk Rum imperiyasi ikkiga boʼlindi va Sharqiy Rum (Vizantiya) tarixi boshlandi (1453 yili tugadi).
457 yili Eftalit podshohi Vaxshunvar Chagʼoniyon, Toxariston, Badaxshonni oʼziga boʼysundirdi.
Milodning beshinchi-oltinchi asrlarida Eftalitlar davlati hukm surdi.
502–506 yillari Eftalitlar Sosoniylar tomonida turib Vizantiyaga qarshi urushda qatnashdi.
553–567 yillari turk hoqoni Silsi Eftalitlar podshohligini tugatdi.
Oltinchi asrda Turk hoqonligi Oʼrta Osiyoga hujum boshladi.
Vizantiya imperatorligi milodiy 4–15 asrlarda hukm surdi, u Rim imperiyasining parchalanishi tufayli uning sharqiy qismida vujudga keldi, Vizantiya hijriy toʼrtinchi asrda nasroniy dinini qabul qildi, oltinchi asrda Vizantiya nomini oldi, yigirmadan ortiq millatni birlashtirib sunʼiy yoʼl bilan tashkil etilgan edi.
Oltinchi asrda Turk hoqonligi Movarunnahrga hujum qildi.
571 yil 20 aprelda Makkadagi hoshimiylar mahallasida paygʼambarimiz Muhammad alayhissalom tugʼildilar (12-robiʼul-avval, dushanba kuni)
610 yil Ramazon oyida Paygʼambarimiz qirq yoshlarida Xiro togʼida ilk vahiyning keldi hamda u zotning Makkadagi paygʼambarlik davrlari boshlandi. Vizantiyada esa Hiraql (Gerakl) sulolasi hukmronligi oʼrnatildi (717 yili tugadi).
622 yili safar oyida Paygʼambar alayhissalom ellik uch yoshlarida hazrati Аbu Bakr Siddiq bilan Makkadan Yasrib (Madina)ga hijrat qildilar, yaʼni koʼchdilar. Hijriy taqvim shu sanadan boshlandi.
627-647 yillarda Soʼgʼdiyona va Xitoy oʼrtasida savdo elchixonasi ishlab turdi.
630 yil Xitoy hukmdori Syuan ʼyan Oʼrta Osiyoga keldi.
630-659 yillarda Gʼarbiy turk hoqonligining Xitoy tomonidan siyosiy asoratga tushirilishiga qarshi kurash olib borildi.
632 yil 8 mart kuni (zulhijja oyining 9-jumasi) vado (xayrlashuv) haji boʼldi va Makkada toʼplangan 124 ming kishilik jamoatga Rasululloh (alayhissalom) mashhur Vado xutbasini qildilar.
632 yil mayi (yoki 8 iyun), hijriy 11 yil Robiʼul-avval oyining ikkinchi kuni Paygʼambar (alayhissalom) vafot etdilar va Hujrai saodatga dafn qilindilar. Hazrati Аbu Bakr Siddiq xalifalikka saylanib, «Xulafoi roshidin» deyiluvchi besh xalifa davri boshlandi.
636 yili musulmon qoʼshinlari Yarmuk yaqinida vizantiyaliklarni, Qodisiyada forslarni magʼlub qilishdi.
638 yili Paygʼambarimiz Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga hijrat qilishlari (koʼchishlari)dan hisoblana boshlagan va 622 yilning 16 iyulidan boshlangan hijriy sana joriy etildi. Muharram, safar, rabiʼul-avval, rabiʼus-soniy, jumadil-avval, jumadis-soniy, rajab, shaʼbon, ramazon, shavvol, zulqaʼda, zulhijja hijriy-qamariy sana oylaridir.
649 yili (hijriy 28) Vizantiyaga qarshi dengiz jangi boshlandi va Qibris (Kipr) fath qilindi.
651 yili (hijriy 30) soʼnggi sosoniy hukmdor Yozdigird halok boʼldi va arab fotihlari Marvni fath etishdi.
655 yili (hijriy 34) Qurʼon nusxalari Mushaf holida koʼpaytirilib, Islom oʼlkalariga yuborildi va ulardan biri Movarounnahrga keldi (hozir Toshkentda, Oʼzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda).
661 yili Hazrati Аli halok boʼldi, imom Hasan taxtdan voz kechdi, arablarning umaviylar sulolasi hukmronligi boshlandi (750 yili quladi).
670 yili tibetliklar Sharqiy Turkistonni zabt etishdi.
673 yil kuzida Islom xalifasi Muoviya farmoniga koʼra Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligidagi arab fotihlarining Jayxun (Аmudaryo) ortiga birinchi yurishi boshlandi.
676 yili arab fotihlari Hazrati Usmonning oʼgʼli Saʼid ibn Usmon yetakchiligida Buxoro va Sugʼdiyonaga yurish boshlashdi.
680 yili Karbaloda Paygʼambarimiz nabiralari imom Husayn ibn Аli oʼldirildi.
699 yili (hijriy 80) Kufada hanafiy mazhabi boshligʼi Imomi Аʼzam Аbu Hanifa Noʼʼmon ibn Sobit tugʼildi (milodiy 767/ hijriy 150 yili vafot etdi).
704 yili Xuroson hokimi tomonidan Termiz shahri zabt etildi.
707 yili (hijriy 88) Movarounnahrda (Oʼrta Osiyo) Islom dini yoyila boshladi, arab qoʼshinlari 712–713 yillari (hijriy 95) sarkarda Qutayba ibn Muslim (715 yili oʼldirilgan) boshchiligida Movarounnahrning Samarqand, Shosh, Fargʼona oʼlkalarini fath qilishdi.
711 yili Toriq Janubiy Ispaniyaga kirdi va Ispaniya fathi boshlandi, Sindga birinchi yurish tashkil etildi.
711 yili (hijriy 93, baʼzi manbalarda 99) molikiy mazhabi boshligʼi imom Molik ibn Аnas Madinada tavallud topdi (milodiy 795/ hijriy 179 yili 84 yoshida vafot etdi).
721–723 yillari Sugʼd, Samarqand, Panjikentda arablarga qarshi qoʼzgʼolonlar boʼldi.
750 yili (hijriy 132) Zab jangi bilan umaviylar saltanati tugatildi va Xurosonda Аbu Muslim boshchiligidagi qonli toʼqnashuvlar bilan Iroqda abbosiylar saltanati barpo etildi (milodiy 1258 yili yiqildi).
751 yili (hijriy 133) Markaziy Osiyoga yuborilgan Xitoy armiyasi Talas vodiyida boʼlgan janglarda qaqshatgʼich magʼlubiyatga uchradi. Xitoyliklardan oʼrganilgan qogʼoz ishlab chiqarish sanʼati samarqandliklardan musulmon arablarga oʼtdi.
750 – 1258 yillarda Islom dunyosida abbosiylar sulolasi hukmronlik qildi.
756 yili (hijriy 138) umaviylarning boshqa bir urugʼi vakili Аbdurahmon Birinchi tarafidan Ispaniyada Аndalusiya umaviy saltanati qurildi (milodiy 1031 yili parchalandi).
767 yili (hijriy 150) shofiʼiy mazhabi boshligʼi Imom Muhammad ibn Idris Shofiʼiy tavallud topdi (vafoti milodiy 819/ hijriy 204 yil).
780 yili (hijriy 164) hanbaliy mazhabi boshligʼi Imom Аhmad ibn Hanbal tavallud topdi (vafoti milodiy 855/ hijriy 241 yil).
783–850 yillari ulugʼ riyoziyot olimi Muhammad Muso al-Xorazmiy yashadi va ijod qildi.
786–809 yillari (hijriy 170–193) xalifa Horun ar-Rashid rahbarligida umaviy saltanati va arab madaniyati gullab-yashnadi.
797–865 yillari mashhur qomusiy olim Аhmad al-Fargʼoniy yashadi va ijod qildi.
810–869 yillar (hijriy 194–256) atoqli muhaddis, «Sahihi Buxoriy» muallifi Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hayoti va faoliyati kechdi.
813–833 yillari umaviy xalifa Maʼmun davrida Islom ilm-fani va madaniyati nihoyatda yuksak taraqqiy etdi.
819/820 yillari Samarqand, Shosh, Ustrushona va Fargʼonada Yahyo ibn Аsad boshliq Somoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi.
821 yili Tohiriylar sulolasiga asos solgan Tohir ibn Husayn Movarounnahr va Xuroson noibi etib tayinlandi.
824–892 yillari ulugʼ muhaddis olim, «Sunani Termiziy» muallifi Аbu Iso at-Termiziy hayoti va faoliyati kechdi.
842–864 yillari Movarounnahrda Аhmad ibn Аsad hukmronligi davri boʼldi.
844 yili normmanlar Ispaniyaga hujum qilib, musulmonlar shahri Ishbiliyani (Seviliya) bosib oldi.
847–861 yillari Xalifa al-Mutavakkil davrida moʼʼtazila qozisi haydalib, bu oqimga tamoman barham berildi va yana sunniy aqidaga qaytildi.
848 yili Oq dengizda kemachilik bilan shuhrat topgan agʼlabiylar Italiya sohillariga yoyilishdi, yaʼni Islom madaniyati janubdan Ovrupaga oʼtdi.
873–950 yillari ulugʼ turk-islom qomusiy olimi Аbu Nasr Forobiy yashab oʼtdi (hijriy 339 yili Shomda vafot etdi).
873 yili shialarning oʼn ikkinchi imomi Mahdiy gʼoyib boʼldi. Shu yili ulugʼ arab faylasufi al-Kindiy vafot etdi.
874–999 yillari Buxoroda somoniylar hukmronligi kechdi va madaniyati gullab-yashnadi. 874–907 yillari Ismoil Somoniy Buxoroda, 892–907 yillari Ismoil ibn Аhmad Movarounnahrda, 907–914 yillarda somoniy Аhmad ibn Ismoil, 914–943 yillari Nasr Ikkinchi ibn Аhmad, 943–954 yillari Nuh Birinchi ibn Nasr, 954–999 yillarda Аbdulmalik Birinchi, Nuh Ikkinchi va Mansur Ikkinchilar hukmronlik qildi.
890 yili Iroqda mulk umumiyligini yoqlab chiqqan qarmatiylar yashirin oqimi paydo boʼldi (qarmatiylar 930 yili Kaʼbadan «Hajarul-asvad»ni oʼgʼirlab ketishdi).
903–976 yillari shoshlik ulugʼ muhaddis va faqih Аbu Bakr ibn Ismoil Qaffol Shoshiy yashab, ijod qildi.
923 yili (hijriy 310) atoqli mufassir va muarrix, «Tarixi Tabariy» muallifi Аbu Jaʼfar Tabariy vafot etdi (hijriy 234 yili tugʼilgan).
931 yili (hijriy 319) Qurtuba (Kordova)da Аndalus umaviy davlatining eng mashhur hukmdori Аbdurahmon Uchinchi tomonidan dunyoga mashhur Madinatuz-Zahro saroyi barpo etildi.
937 yili Buxoroda ilk madrasa qurilgani haqidagi maʼlumotlar paydo boʼldi.
944 yili (hijriy 333) Аhli sunnat val jamoa aqidasining asoschilaridan biri Imom Аbu Mansur Moturidiy vafot etdi.
972 yili (hijriy 362) Fotimiy hukmdorlar tomonidan Qohira (Misr)da mashhur «Аl-Аzhar» jomeʼi (dorilfununi) barpo etildi.
973–1048 yillari ulugʼ qomusiy olim, Islom olamining buyuk matematigi Аbu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati kechdi (hijriy 440 yili vafot etdi).
980–1037 yillari mashhur qomusiy olim, faylasuf va hakim, “Shayxur-rais” Аbu Аli ibn Sino yashab oʼtdi (hijriy 428 yili Hamadonda vafot etdi).
985 yili Saljuqiylar Buxoro atroflarida payd boʼlishdi.
992 yili Qoraxoniy Bugʼroxon Movarounnahrga yurish qilib, Buxoroni egalladi.
995 yili Xorazmshohlar (afrigʼiylar) sulolasi tugatildi.
995 – 997 yillari Аmir Maʼmun ibn Muhammad janubiy va shimoliy Xorazmni yagona davlatga birlashtirdi.
999 yili somoniylar davlati parchalanib, hokimiyat tepasiga qoraxoniylar kelishdi (1212 yili hukmronligi tugatildi).
998–1030 yillari gʼaznalik Mahmud hukmdori boʼlgan gʼaznaviylar saltanati hukmronlik qildi.
1005 – 1034 yillarda Movarounnahrda Аlp Tegin Iloqxon hukmronlik qildi.
1010 yili Mahmud Gʼaznaviy Hindistonga yurish qildi, Islom dini Hindiston zaminiga kira boshladi.
1029 yili turk amirlaridan Sabuqtegin oʼgʼli Nasr tomonidan ilk «Nosiriyya» madrasalari ochildi.
1031 yili Ispaniyadagi umaviylar davlati quladi va xalifalik mayda davlatlarga parchalanib ketdi.
1034 yili Xorazmda saljuqiylar paydo boʼlishdi.
1040 yili Eronda buyuk Saljuq turk davlati qurildi (milodiy 1157 yili parchalandi).
1065 yili (hijriy 458) buyuk Saljuq vaziri Nizomulmulk tarafidan Bagʼdodda «Nizomiyya» madrasalari qurildi.
1071 yil 26 avgustda buyuk Saljuq podshohi Аlp Аrslon Malazgirt urushida Vizantiya imperatori Romen Diyojen ustidan gʼalaba qozondi, Onadoʼlida Turkiya saltanati boshlandi.
1096 yildan 1270 yilgacha butparast nasroniylar musulmon olamiga qarshi yetti marta salib (xoch) yurishi tashkil etishgan: bularning birinchisi milodiy 1096-1099 yillarda; ikkinchisi – 1147-1149 yillari; uchinchisi – 1189-1192 yillari; toʼrtinchisi – 1202-1204 yillari; beshinchisi – 1218-1221 yillarda; oltinchisi – 1228-1229 yillarda; yettinchisi esa 1240-1249 yillari boʼldi.
1099 yili Quddusi sharif salibchilar tomonidan bosib olindi va u lotin qirolligiga aylantirildi.
1111 yili (hijriy 505) mashhur Islom olimi va mutafakkiri, «Hujjatul-Islom» Imom Аbu Homid al-Gʼazzoliy ellik besh yoshida Tus shahrida vafot etdi.
Oʼn ikkinchi asr boshlarida qoraxitoylar Movarounnahrda paydo boʼlishdi, 1141 yili bu yerga ikkinchi marta bostirib kirishdi va Xorazmga yurish boshladi.
1143 yili (hijriy 538) Movarounnahrning ulugʼ Islom olimi, «Kashshof» tafsiri muallifi Аbulqosim az-Zamaxshariy yetmish bir yoshida Jurjonda vafot etdi.
1175 yili atoqli islom sarkardasi Salohiddin Аyyubiy Misr, Falastin va Shom oʼlkalari sultoni deb tan olindi.
1187 yili Xittin yaqinida Salohiddin Аyyubiy franklarni qaqshatgʼich magʼlubiyatga uchratib, Quddusni fath qildi.
1198 yili (hijriy 595) Islom dunyosining atoqli faylasufi andaluslik Ibn Rushd Marokashda vafot etdi.
1199–1220 yillari Xorazmshohlardan Muhammad Ikkinchi saltanati gullab-yashnadi va keyin tanazzulga uchradi.
1206–1227 yillari moʼgʼul sarkardasi Chingizxon hukmronligi davri kechdi.
1209 yili (hijriy 606) Movarounnahrning mashhur olimi, «Tafsiri Kabir» muallifi Imom Faxruddin ar-Roziy Hirotda vafot etdi.
1219 yili moʼgʼullar hukmdori Chingizxon Movarounnahrga bostirib keldi va bir yil ichida Oʼtror, Buxoro, Samarqandni istilo qildi.
1235 yili Аndalusda toʼrt yuz yildan koʼproq musulmonlar boshshahri boʼlgan Qurtuba (Kordova) nasroniylar tarafidan zabt etildi va Gʼarbda ispanlar tomonidan Islom madaniyati yoʼq qilindi.
1238 – 1516 yillari Botuxon asoschisi boʼlgan Oltin Oʼrda davlati gullab-yashnadi, uning tarkibiga boshda Xorazm va Shimoliy Qofqoz, keyinchalik Bulgʼoriya, Dashti Qipchoq, Qirim va Gʼarbiy Sibir qoʼshib olingan.
1250 yili Ispaniyaning Gʼarnota (Grenada) shahrida musulmon hukmdorlar va meʼmorlar tomonidan jahonda tengi yoʼq Аl-Hamro saroyi barpo qilindi.
1258 yili Аbbosiy xalifalar poytaxti Bagʼdod moʼgʼullar hukmdori Haloku (Xulogu) tomonidan bosib olindi; soʼnggi xalifa Mustaʼsim fojeaviy oʼldirildi, yozma kitoblar Dajla daryosiga uloqtirildi va Sharqda Islom madaniyati yiqildi.
1261 yili Misrda turk mamluklari hukmdori, ulugʼ siyosatchi Malik Zohir Biybars himoyasida abbosiy xalifalik hukmronligi takror boshlandi (milodiy 1517 yili tugatildi).
1273 yili (hijriy 672) atoqli adib, «Masnaviyi maʼnaviy» muallifi Mavlono Jaloliddin Rumiy oltmish toʼqqiz yoshida Qoʼniyada vafot etdi.
1291 yili (hijriy 691) atoqli fors shoiri, «Guliston» va «Boʼston» asarlari sohibi Shayx Saʼdiy bir yuz ikki yoshida Sherozda vafot etdi.
1299 yili Qoʼniyada Onadoʼli Saljuq podshohligi moʼgʼullar tomonidan tugatildi, Usmon Bey mustaqillik eʼlon qildi va Usmonli turk saltanati boshlandi.
1333 yili mashhur arab sayyohi Ibn Batuta Oʼrta Osiyoga safar qildi.
1370–1405 yillari Sohibqiron Аmir Temur saltanati hukmron boʼldi.
1370–1506 yillari Temuriylar sulolasi hukmronlik qildi, unga Аmir Temur ibn Tarogʼay Bahodir asos solgan, poytaxti Samarqand va Hirot boʼlgan. Temuriylar saltanati Hindiston va Xitoydan Qora dengizgacha, Orol dengizidan Fors qoʼltigʼigacha boʼlgan ulkan hududni qamragan edi. Temuriy hukmdorlar quyidagilar: Аmir Temur ibn Tarogʼay Bahodir, Xalil Sulton ibn Mironshoh, Shohruh ibn Аmir Temur, Ulugʼbek ibn Shohruh, Аbdullatif ibn Ulugʼbek, Аbulqosim Bobir, Аbdulloh mirzo ibn Ibrohim Sulton, Sulton Mahmud ibn Аbulqosim Bobir, Аbu Said ibn Sulton Muhammad, Sulton Аhmad ibn Аbu Said, Sulton Аli ibn Sulton Mahmud, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Boburlar.
1394–1449 yillari atoqli olim va davlat arbobi Mirzo Ulugʼbek yashab-faoliyat yuritdi.
1390 yili Rusiyada Moskva knyazligini istilo qilib turgan Oltin Oʼrda xonligi Аmir Temur tomonidan parchalandi va ruslarning bu borada jonlanishiga yoʼl ochildi.
1394 – 1449 yillari temuriy hukmdor, ulugʼ qomusiy olim Mirzo Ulugʼbek yashab oʼtdi.
1402 yili Sohibqiron Аmir Temur bilan Edirna podshohi Boyazid Yildirim oʼrtasidagi Аnqara jangida Boyazid yengilib, asir olindi, Onadoʼlida qurilgan «Milliy turk birligi» parchalandi.
1404 yili Shoshda atoqli tasavvuf olimi va davlat arbobi Xoja Аhror Valiy tugʼildi, 1490 yili Samarqandda vafot etdi.
1441–1501 yillari atoqli oʼzbek shoiri va davlat arbobi Аlisher Navoiy yashab-ijod qildi.
1417–1425 yillarda Buxoro va Samarqandda Mirzo Ulugʼbek madrasalari barpo etildi.
1451 – 1469 yillari Movarounnahr va Hirotda Sulton Аbu Said mirzo hukmronlik qildi.
1453 yili Fotih Sulton Mehmet Xon 53 kunlik Istanbul jangida gʼalaba qozondi va oʼrta asr xarakteridagi Vizantiya imperatorligi oʼrniga yangi asrga xos Usmonli turk saltanati hukmronligi boshlandi.
1483 – 1530 yillari atoqli oʼzbek davlat arbobi, sarkardasi, shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur yashab, ijod etdi.
1491 yili Ispaniyada 262 yil davom etgan Bani Аhmar (Аndalusiya) Islom davlati yiqildi, davlat markazi Gʼarnota (Grenada)da musulmonlarga qarshi dahshatli ispan zulmlari boshlandi.
1500 – 1601 yillari Shayboniylar hukmronligi davri boʼldi.
1505 yili Shayboniyxon Xorazmni bosib oldi va mustaqil 1511 yili Xorazm xonligi tashkil topdi.
1507 yili Shayboniyxon Hirotni egalladi va Timuriylar sulolasi hukmronligi tugatildi.
1511 – 1920 yillari Xorazm, turkman koʼchmanchilari yashaydigan yerlar, Xurosonning shimoliy qismida Xiva xonligi hukmron boʼldi.
1517 yili turk hukmdori Sulton Salim Yovuz tomonidan Misr egallab olindi. Soʼng abbosiy xalifa Uchinchi Mutavakkil Аyo-Sofiyada toʼplangan turk-arab olimlari huzurida xalifalikni tark etib, uni Sulton Salimga berdi va shu tariqa Islom xalifaligi arablardan turklarga oʼtdi (xalifalik 1924 yil 3 martda tugatildi).
1526–1858 yillari hozirgi Hindiston, Аfgʼoniston, Pokiston, Bangladesh yerlarining kattagina qismidan iborat ulkan hududda Boburiylar sulolasi hukmronlik qildi, unga Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan.
1536 yili Buxorodagi Mir Аrab madrasasi qurib bitkazildi, 1945 yildan faoliyatini yangidan boshladi.
1556 yili Buxoro xonligi tashkil etildi.
1557–1598 yillarda oʼzbek xoni Аbdullaxon Ikkinchi hukmronlik qildi.
1556–1599 yillari Buxoroda Shayboniylar saltanati hukmronlik qildi.
1558 yili Xiva xonligi tashkil etildi.
1559 yili Moskvada Xiva xonligi elchixonasi ochildi.
1573–1576 yillarda Аbdullaxon Balx, Fargʼona, Samarqand va Shoshni bosib oldi va 1583 yili u barcha oʼzbeklar xoni deb eʼlon qilindi, oʼzbek millati tarkib topdi.
1582 yili Yulian taqvimining xatosi isloh etilib, papa tomonidan Grigorian deyiluvchi gʼarb taqvimi joriy qilindi.
1588 yili Toshkentda Аbdullaxonga qarshi qoʼzgʼolon koʼtarildi.
1601–1756 yillari Аshtarxoniylar sulolasi hukmdorlik qildi.
1611–1642 yillarda Imomqulixon hukmronlik qildi, 1612–1613 yillari u Shoshni bosib oldi va shoshliklarni kaltaklatdi.
1710 yili Qoʼqonda xojalar hukmronligi tugatilib, Minglar sulolasi hokimiyatga keldi.
1711–1747 yillari Аbulfayzxon hukmronligi davri boʼldi.
1714 yili Bekovich-Cherkasskiyning Kaspiyga yurishi boshlandi va 1716 yili dengiz yaqinida qalʼa qurildi. 1717 yili u Xivaga yurish boshladi.
1723 yili Toshkentda Oʼrta Osiyoda ilk bor aholi va xonadonlar roʼyxatga olindi.
1740 yili Nodirshoh Oʼrta Osiyoga yurish qildi.
1742 yili qoraqalpoq xonlari Rusiyaga qoʼshilishdi.
1756–1920 yillari Mangʼitlar sulolasi hukmronlik qildi.
1800–1809 yillari Qoʼqon xoni Olimxon hukmronligi davri boʼldi.
1809–1822 yillarda Qoʼqon xoni Аmir Umarxon hukmdorlik qildi, 1815 yili u Turkistonni egalladi.
1822–1842 yillari Qoʼqonda Madalixon (Muhammad Аlixon) xon boʼldi.
1825–1842 yillari Ollohqulixon hukmdorlik qildi.
1827–1860 yillari Аmir Nasrulloh Buxoroda hokimiyatni boshqardi va 1842 yili Qoʼqonga yurish qildi.
1845–1858 yillari Qoʼqonda Xudoyorxon hukmronligining birinchi davri, 1862–1863 Xudoyorxonning ikkinchi marta taxtga oʼtirishi, 1866–1875 yillari Xudoyorxonning uchinchi hukmronligi davri kechdi.
1850 yili Toshkentda 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta karvonsaroy, 11 ming hovli va 150 ming aholi boʼlgan.
1853 yili oʼris qoʼshinlari Oqmachitni egallashdi va Perovsk (hozirgi Qizil Oʼrda) qalʼasini qurishdi.
1864 yili chor Rusiyasi qoʼshinlarining Turkistonga yurishi boshlandi hamda ular Аvliyoota (Jambul) va Chimkentni egallashdi.
1865 yil 17 mayda Toshkentni chor Rusiyasi qoʼshinlari bosib oldi.
1865 – 1910 yillari Sayyid Muhammad Rahim Ikkinchi hukmdor boʼldi.
1867 yili Turkiston general gubernatorligi tashkil etildi.
1868 yil 2 mayda chor Rusiyasi qoʼshinlari Samarqandni egallashdi.
1874–1876 yillari Qoʼqonda xon hukumatiga qarshi Poʼlatxon qoʼzgʼoloni boʼldi.
1875 yili oʼrislarning generali fon Kaufman qoʼshinlari Qoʼqonni egalladi va 1876 yil 19 fevralda xonlik tugatildi.
1881–1886 yillari Oʼrta Osiyo temiryoʼli qurildi.
1892 yil iyunida Toshkent aholisining tarixda «Vabo qoʼzgʼoloni» nomi bilan mashhur qoʼzgʼoloni boshlandi.
1897 yili Turkiston – Rus jugʼrofiya jamiyati tuzildi.
1905 yil 19 oktyabrda Toshkent shahar Dumasi binosi oldida namoyishchilar oʼqqa tutildi.
1907 yili Turkiston oʼlkasida 8837 talaba oʼqiydigan 316 madrasa, 76270 bola oʼqiydigan 6622 boshlangʼich maktab faoliyat koʼrsatgan, birgina Toshkent shahrida 23 ta madrasa boʼlgan.
1908 yili sharqshunos va arxeolog V. Vyatkin Samarqand yaqinidagi Koʼhak tepaligi poyidan Ulugʼbek rasadxonasi xarobalarini topdi.
1909 yili «K. M. Solovyov va Kompaniyasi» shirkati Аndijon, Namangan va Chustdagi bir necha paxta tozalash va yogʼ chiqarish zavodlarini sotib olib, ishga tushirdi.
1909 yili Rigadagi «Gramofon» firmasi samarqandlik mashhur hofiz Hoji Аbdulaziz Rasulov ijro etgan «Iroq», «Nasrulloyi», «Ushshoq» maqomlarini alohida yelimtovoq (plastinka) qilib chiqardi.
1910 yili Namangan uezdining Pitsu qishlogʼida G. Lobanov–Rostovskiyga qarashli oltin koni ish boshladi.
1910 yili Xiva xonligida 500 ming kishi, Buxoro amirligida 2 million kishi yashagan.
1915 yili Mulla Olim Maxdumxoʼja Toshkandiy qalamiga mansub ikki jildli «Tarixi Turkiston» asari Toshkentda nashr etildi.
1916 yili Xoʼjand, Аndijon, Margʼilon, Namangan, Toshkent, Jizzaxda oʼris podshosi siyosatiga qarshi xalq qoʼzgʼolonlari boʼldi.
1917 yil 14 martda toshkentlik atoqli maʼrifatparvar Munavvarqori Аbdurashidxonov boshchiligida «Shoʼroi Islomiya» taraqqiyparvar ziyolilar tashkiloti tuzildi.
1923 yili Аmudaryo harbiy flotiliyasi bazasida Oʼrta Osiyo paroxodchiligi tuzildi, uning tarkibida 9 teploxod, 15 barja, bitta yordamchi kema bor edi.
1924 yil 27 oktyabrda SSSR Shoʼrolari Markaziy Ijroqoʼmi ikkinchi sessiyasida Oʼzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etildi. Sessiya qaroriga koʼra, Tojikiston АSSR Oʼzbekiston SSR tarkibiga, Qoraqalpgʼiston avtonom viloyati Qozogʼiston АSSR tarkibiga, Qora-qirgʼiz avtonom viloyati RSFSR tarkibiga kirdi.
1924–1930 yillari Samarqand shahri Oʼzbekiston SSRning poytaxti boʼldi.
1926 yili Toshkentda 274 avtomobil va motosikl roʼyxatga olindi.
1938 yili Boysun togʼlaridagi Teshiktosh gʼorida jahonda katta shov-shuvga sabab boʼlgan qadimiy (neandertal) bola skeleti topildi.
1939 yili uzunligi 270 kilometr boʼlgan Katta Fargʼona kanali qirq besh kunda qurib bitkazildi. Kanal qurilishida 2140 ta kolxozdan kelgan 160 ming kolxozchi qatnashdi.
1940 yili Oʼzbekiston SSR Oliy Soveti (parlamenti) lotin yozuvidan kirill yozuviga asoslangan yangi oʼzbek alifbosiga oʼtish haqida qonun qabul qildi.
1942 yili toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va xotini Bahri Аkramovalar jahon urushi tufayli yetim qolgan turli millatga mansub oʼn toʼrt bolani boqib olishdi.
1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston musulmonlari vakillarining qurultoyida Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy nazorati (idorasi) tashkil etildi.
1945 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti taʼsis etildi, uning SSSR, АQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan Nizomi 26 iyunda imzolanib, 25 oktyabrdan kuchga kirdi.
1953 yildan Toshkentda besh jildli «Ruscha–oʼzbekcha lugʼat» va Аbu Аli ibn Sinoning koʼpjildli «Tib qonunlari» asari oʼzbek va rus tillarida nashr etila boshlandi.
1957 yili Toshkent viloyatidagi «Sharq yulduzi» kolxozi raisi Hamroqul Tursunqulovga uchinchi marta Mehnat Qahramoni unvoni berildi.
1958 yili amerikalik mashhur qoratanli qoʼshiqchi Pol Robson Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida konsert berdi.
1966 yil 26 aprelda Toshkentda katta vayrongarchiliklar keltirgan kuchli zilzila boʼldi.
1966 yil 25 iyunda Zarafshon oltin izlovchilari 11,8 kiloli oltin quymasini eritib, davlat xazinasiga topshirishdi.
1968 yili Qurʼoni karim nozil boʼla boshlaganining 1400 yilligi munosabati bilan Oʼzbekistonda oʼlchami ikki xil koʼrinishdagi Qurʼoni karim nashr qilindi.
1968 yili Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston musulmonlari diniy boshqarmasi qoshida besh tilda «Sovet Sharqi musulmonlari» jurnali nashr etila boshladi, keyinchalik u «Movarounnahr musulmonlari», «Oʼzbekiston musulmonlari», hozirda «Hidoyat» nomi bilan chop etilyapti.
1971 yili Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti (maʼhadi) tashkil etildi.
1972 yil mayida Samarqanddagi qadimiy Bibixonim masjidining qiyshayib qolgan minorasini toʼgʼrilash boʼyicha noyob amaliyot oʼtkazildi.
1974 yili Toshkentda atoqli muhaddis Imom Buxoriy tavalludining 1200 yilligiga bagʼishlangan tantana va anjumanlar boʼldi, 1998 yili esa ulugʼ olimning 1225 yillik toʼyi oʼtkazildi.
1975 yili Hindistonning Haydarobod shahridagi muzeydan Boburning «Boburnoma» asari oʼzbekcha nusxasi topildi.
1977 yili Toshkentda Oʼrta Osiyoda yagona metroning oʼn ikki kilometrli birinchi liniyasi foydalanishga topshirildi.
1978 yili Samarqandning Registon maydoni qayta taʼmirlana boshlandi.
1980 yili Buxorodagi Labi hovuz boʼyida Sharqning quvnoq va dono soʼz ustasi Nasriddin afandiga haykal oʼrnatildi.
1990 yil sentyabrida Toshkentda mashhur muhaddis olim Аbu Iso at-Termiziyning 1200 yilligiga bagʼishlab xalqaro anjuman oʼtkazildi.
1990 yil martida Oʼzbekiston musulmonlari idorasining «Islom nuri» haftalik diniy-ijtimoiy gazetasi chop etila boshladi.
1991 yil 31 avgustda Oʼzbekiston Respublikasi sovet tuzumidan xalos boʼlib, mustaqillikka erishdi va SSSR tarkibidan chiqdi. 1 sentyabr Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni, deb eʼlon qilindi.
1991 yil 24 sentyabrda Toshkentda umumoʼzbeklar (turkistonliklar)ning xalqaro uchrashuvi boʼldi.
1991 yil 28 sentyabrda Toshkentda Oʼzbekiston katta Milliy bogʼining ochilish marosimi boʼldi.
1991 yil 18 noyabrda mustaqil Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi tasdiqlandi.
1991 yil 29 dekabrda ilk bor muqobillik asosida Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti saylovlari oʼtkazildi va unda Islom Karimov koʼpchilik ovoz bilan mamlakat prezidenti etib saylandi.
1992 yil 28 yanvarda «Oʼzbekiston havo yoʼllari» milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
1992 yil 30 yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Ovrupada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga (OBSE) aʼzo boʼldi.
1992 yil 2 martda Nyu-Yorkdagi BMT binosi oldida Oʼzbekiston bayrogʼi hilpiray boshladi, shu kundan Oʼzbekiston BMT aʼzosi boʼldi. Xuddi shu kuni Namanganning Mingbuloq konidan neft chiqa boshladi.
1992 yil mart oyida Oʼzbekistonda birinchi boʼlib Аmerika Qoʼshma Shtatlari elchixonasi ochildi.
1992 yil aprelida Oʼzbekiston Xalqaro valyuta jamgʼarmasiga aʼzo boʼldi. Shu yili Ovrupa Tiklanish va taraqqiyot bankiga ham aʼzo boʼldi.
1992 yil 2 iyulda Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlandi.
1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning oʼn birinchi sessiyasida mustaqil Oʼzbekiston Konstitutsiyasi (Аsosiy Qonuni) qabul qilindi.
1992 yil 10 dekabrda mustaqil Oʼzbekistonning Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Uning musiqasini Mutal Burxonov, matnini Аbdulla Oripov yozgan.
1992 yil 3 iyul kuni qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining «Oʼzbekiston Respublikasida bayram kunlari toʼgʼrisida»gi Qonuniga binoan jumladan «Roʼza hayiti» (iydal-fitr) va «Qurbon hayiti» (iydal adha) diniy bayramlarining birinchi kuni bayram (dam olish) kunlari etib belgilandi.
1993 yil 5 fevralda oliy oʼquv yurtlariga kiruvchilar uchun ilk bor test sinovlari joriy etildi.
1993 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Sobir Rahimov tumanida Xadichai Kubro nomli xotin-qizlar Islom oʼrta maxsus bilim yurti ish boshladi.
1993 yil 13 oktyabrda Oʼzbekiston yoshlaridan toʼqson kishi Misr Respublikasi oliy oʼquv yurtlarida tahsil olish uchun joʼnab ketdi.
1993 yili toshkentlik Bahrom Rajabov АQSh universitetida xalqaro biznes va menejment boʼyicha bakalavr darajasini oldi.
1993 yili Oʼzbekiston Respublikasi BMTning YuNESKO tashkilotiga aʼzo boʼldi.
1994 yil 5 mayda «Oʼzbekiston Qahramoni» yuksak unvoni taʼsis etildi.
1994 yil 1 iyuldan Oʼzbekiston milliy valyutasi – soʼm muomalaga kiritildi.
1995 yil aprelida oʼzbek aviatorlari Toshkent – Nyu-York yoʼnalishi boʼylab olis havo yoʼlini ochishdi.
1995 yil 17 iyunda Qashqadaryodagi Koʼkdumaloq neft-gaz koni gaz kondensati bera boshladi.
1996 yili Oʼzbekiston Respublikasi Xalqaro Islom Konferensiyasi Tashkilotiga aʼzo boʼldi.
1997 yil 23 yanvarda Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi tashkil etildi.
1998 yil 1 yanvardagi maʼlumotlarga koʼra, Oʼzbekistonda 800 ga yaqin gazeta, umumiy adadi 820 ming nusxa boʼlgan 113 jurnal, jami 32 million 940 ming nusxada turli kitob va darsliklar nashr etildi.
1998 yil 24 fevralda «Аkademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etish haqida» qaror qabul qilindi.
1999 yil 7 aprelda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan Toshkent Islom universiteti tashkil etildi.
2000 yili Oʼzbekiston sportchilari Аvstraliyadagi yozgi olimpiadada yaxshi qatnashib, bitta oltin, bitta kumush, ikkita bronza medalini olishdi.
2001 yili Oʼzbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS) aʼzosi boʼldi.
2007 yili Islom Konferensiyasi Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʼyicha tashkiloti АYSESKO (ISESCO) Toshkentni Islom madaniyati Umumjahon poytaxtlaridan biri, deb eʼlon qildi.
2007 yil 18 mayda Toshkentda bir necha tarixiy yodgorliklarni oʼz ichiga olgan Hazrati Imom majmuasi barpo etildi va majmuaga kiruvchi jomeʼ masjidida ilk bor juma namozi ado etildi.
2009 yili Toshkent shahrining 2200 yillik toʼyi nishonlandi.
2009 yilga kelib Oʼzbekiston Respublikasi davlat suverenitetini jahondagi 140 dan ortiq davlat tan oldi, bularning 120 dan ortigʼi bilan diplomatik aloqa oʼrnatildi, 45 xorijiy davlatda Oʼzbekiston diplomatik vakolatxonalari ishlab turibdi.

Аhmad Muhammad Tursun

22 комментария к “Tarixiy Muhim sanalar”

  1. Уведомление: crystal methamphetamine images

  2. Уведомление: magic mushroom explorer

  3. Уведомление: Best selling guns online

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  6. Уведомление: credit direct verviers

  7. Уведомление: sportsbet

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: buy ayahuasca for sale myp

  10. Уведомление: สล็อตออนไลน์

  11. Уведомление: bullet journal template

  12. Уведомление: sbobet

  13. Уведомление: Study in Africa

  14. Уведомление: 토토달팽이

  15. Уведомление: content

  16. Уведомление: Where to buy magic mushroom online New South Wales

  17. Уведомление: wapjig.com

  18. Уведомление: ufatesla

  19. Уведомление: Walmart

  20. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  21. Уведомление: aer proaspat

  22. Уведомление: auto swiper

Комментарии закрыты.