Telegramni Vzlomdan Saqlash Yo’lli!

DO`STLARGA ULASHING:

3 may kuni OAVda ba’zi mamlakatlarning maxsus xizmatlari Telegram messenjeridan foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalariga kirish imkonini beruvchi bo’shliq topishgani to’g’risida yangilik paydo bo’lgan edi. Shuning uchun biz e’tiboringizga yozishmalaringizni himoya qiluvchi bir necha maslahatni havola etamiz. 
Eng avvalo yodingizga solib qo’yishni istardik: lahzali xabarlar bilan almashuvchi Telegram doim eng ishonchli messenjerlardan biri bo’lib kelgan, bu uning yuqori baholar olishiga sabab bo’lgan. 
Telegram’ning shifrlangan bayonnomalarini buzib kirib bo’lmaydi, servisning serverlari xavfsiz mamlakatlarda joylashgan, maxsus xizmatlar o’zlarini qiziqtirgan foydalanuvchilar akkauntiga kirishning original usulini o’ylab topishdi. Ular shunchaki yangi avtorizatsiya SMS-kodiga so’rov berishadi, so’ng uni qo’lga olishadi. Albatta bunday operatsiya mobil aloqalarning hududiy operatorlari bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi.
Biroq Telegram xavfsiz xizmat ko’rsata olmas ekan deb jar solishning hojati yo’q. Aslida bu messenjerda har qanday hujumni bartaraf etuvchi barcha zarur choralar ko’rilgan. Mana eng sodda va oddiy instruktsiya. U Android-mijoz uchun yozilgan, lekin xuddi shunday sozlamalarni boshqa platforma versiyalarida ham topishingiz mumkin. 
1. Telegram mobil mijozini oching. Chap tomondan panelni tortib Settings punktiga bosing. 
2. Keyingi sahifada Privacy and Security punktini toping.
3. Privacy and Security sahifasida bizni Security bo’limi qiziqtiradi. Birinchi navbatda Two-Step Verification punktiga kiramiz va avtorizatsiyaning qo’shimcha parolini o’rnatamiz. Shu tufayli yangi qurilmaning faollashuvida sizdan nafaqat yuborilgan SMS parol, balki siz hozirgina o’ylab topgan parol ham so’raladi. Albatta buni sizdan boshqa hech kim bilmaydi, shu bois sizning yozishmalaringizga kirishni ko’zlagan harakatlar besamar ketadi. 
4. Endi esa diqqatingizni Active Sessions punktiga qarating. Uning yordamida sizning nomingizga biriktirilgan barcha qurilmalarni tekshirish va ortiqchasini o’chirish mumkin. Ro’yxatda mijozning nomi, IP-manzili, oxirgi sessiya vaqti ko’rsatiladi. Barcha ma’lumotlarni ko’rib chiqing va sizga kerak bo’lmagan hamda siz aniqlay olmagan qurilmalarni o’chirib tashlang. 
Shu oddiy harakatlarni amalga oshirib, siz hech bir maxsus xizmat yozishmalaringizga kira olmasligiga ishonch hosil qilasiz. Qo’shimcha chora sifatida esa maxsus konfidetsial suhbatlar uchun Telegram’ning sirli chatlaridan foydalanishni unutmang.

Оставьте комментарий