Teridagi tuklarni yo‘qotish

DO`STLARGA ULASHING:

Ayollar terilarining chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun doimo oyoq-qo‘llarini tuklardan tozalab turishgan.
Ilk marotaba tozalash usullari Gresiya, Misr va Rimda qo‘llanilgan. O‘sha davr xonimlari asosan pinsetlardan,
shuningdek ip, asalari mumi yoki turli giyohlarning damlamalaridan foydalanganlar.

Depilyatsiya va epilyatsiya

 Depilyatsiya asosan xavfsiz usul hisoblanadi va bir oyda bir marotaba amalga oshiriladi. Bunda eritilgan maxsus
krem, shpatel va lenta (bir marotabalik) ishlatiladi. Avval teri spirt yordamida zararsizlantiriladi, so‘ng quritiladi.
Tuk o‘sgan yo‘nalish tomon yupqa qilib krem surtiladi va ustiga lenta yopishtiriladi. Shundan keyin tezlik bilan lenta tortib
olinadi va teri maxsus yog‘ bilan artiladi, so‘ng talk sepiladi. Epilyatsiya jarayonining bir necha turlari (elektroepilyatsiya, lazerli epilyatsiya, fotoepilyasiya, elos epilyatsiya) mavjud.
Bunda tukning ildiz piyozchasiga sun’iy ta’sir ko‘rsatilib, uning ish faoliyati to‘xtatiladi. Epilyatsiya ta’siri depilyatsiyanikiga nisbatan uzoqroq muddatga yetadi.
Aytish joizki, teridagi tuklarni batamom o‘sishdan to‘xtatib bo‘lmaydi. Ma’lum vaqtlarda, tuklarning siyrak yoki
qalinligiga qarab tozalash jarayonini takrorlab turish zarur.

Yuz terisini tozalash

Ba’zan ayollardagi turli xastaliklar yoki moddalar almashinuvining buzilishi tufayli organizmda gormonal holat o‘zgaradi. Natijada yuz terisida tuklar o‘sishi mumkin. Yuzni tuklardan tozalash avval teridagi kapilyar tomirlarning joylashuvi tekshiriladi. Agar yuz terisidagi mayda qon tomirlar yuza joylashgan bo‘lsa depilyatsiya muolajasi o‘tkazilmaydi. Chunki bunday vaqtda issiq muolaja hisoblangan depilyatsiya tufayli mayda qon tomirlar yorilib ketishi, bu esa ichki qon ketishga ham olib kelishi mumkin.
Yuz depilyatsiyasini uy sharoitida bajarmagan ma’qul. Mutaxassis yordamida yuzni tozalashdan avval bir marotabalik
asboblar tayyorlab qo‘yiladi. Muolaja jarayonida gigiyenaga qat’iy rioya etiladi. Ba’zan tuklar yo‘qotilayotganda ularning chuqur ildizlari ostidan qon chiqish holatlari uchraydi. Yuz qismida qalin tuklar o‘sgan bo‘lsa, depilyatsiya qilishdan oldin
organizmdagi gormonlar miqdorini aniqlash uchun laborator tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak. Ta’kidlash kerakki, depilyatsiya yoki epilyatsiya muolajalari tuklar o‘sishini vaqtincha to‘xtatadi, xolos.
Uy sharoitida yuzni tuklardan tozalashda “shugar” usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda shakar suvga solib qaynatiladi,
hosil bo‘lgan qiyom tuk o‘sgan yo‘nalish tomonga surtiladi. 20- 25 daqiqa o‘tgach, teskari tomonga qarab shilib olinadi.
Tozalash usuli ikki xil bo‘lib, teri ust qismidagi tuklarni yo‘qotish (depilyatsiya) va teri usti hamda teri osti
piyozchasi bilan birgalikda tozalash (epilyatsiya) bir-biridan farqlanadi. Bugungi kunda tuklarni yo‘qotishning zamonaviy usullari mavjud. Maxsus kremlar yoki lazer nuri yordamida buni amalga oshirsa bo‘ladi.
© Shahnoza UZBAYEVA, kosmetolog.
«Sihat-salomatlik» jurnali.

18 комментариев к “Teridagi tuklarni yo‘qotish”

  1. Уведомление: DevOps Company

  2. Уведомление: WordPress Hosting

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: 테니스 백핸드 핫테TV

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: buy psilocybin microdose united states​

  7. Уведомление: cvv pro,cvv to bitcoin,

  8. Уведомление: สินเชื่อส่วนบุคคลอนุมัติง่ายที่สุด

  9. Уведомление: limanbet giriş

  10. Уведомление: buy benelli guns

  11. Уведомление: Achieving financial freedom

  12. Уведомление: marijuana withdrawal symptoms

  13. Уведомление: Buy Changa DMT online Australia

  14. Уведомление: basics

  15. Уведомление: ทดลองเล่นpg

  16. Уведомление: you can try here

  17. Уведомление: Click On this website

  18. Уведомление: รับทำเว็บ WordPress

Комментарии закрыты.