Termometr sinsa nima qilish kerak

DO`STLARGA ULASHING:

Termometr sinsa nima qilish kerak — simobni yig’ib olish, xonani tozalash usullari
Ushbu maqola termometr sinsa nima qilish kerakligini va undan chiqqan simobni qanday qilib yig’ib olish kerakligini bilmaydiganlar uchun eslatma bo’lib xizmat qiladi. Yo’l qo’yib bo’lmaydigan xatolar ro’yhati ham keltiriladi. Termometr (isitma o’lchagich, gradusnik) sinishi o’ta noxush holat sanaladi va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun jiddiy yondashish kerak.
Nima uchun simob xavfli hisoblanadi?
Xona haroratida simob tomchilari nafas yo’llari orqali organizmga kiradigan toksik bug’larga aylana boshlaydi.
Termometr singanidan keyin hech qanday choralar ko’rilmasa, suyuq metal havoni zaharlaydi va asta-sekin organizmda to’planadi. Muammoni og’irlashtiruvchi holat — simob yerga tushgach, kichik tomchilarga bo’linib ketadi va ularni pol yoriqlari, gilam patlari orasidan topish qiyin bo’ladi.
Simobdan zaharlanish belgilari uzoq vaqtgacha sezilmasligi mumkin.
Salomatlik bilan bog’liq muammolar simob bilan bevosita aloqa qilgandan keyin bir necha oy o’tgach paydo bo’lishi mumkin. Asosiy alomatlar: zaiflik, umumiy holsizlik, ishtaha yo’qolishi, og’izda metallning ta’mi bo’lishi, bosh og’rig’i va tomoq og’rig’i, so’lak ajralishining kuchayishi, ko’ngil aynishi va qayt qilish. Ko’rib turganingizdek, simondan zaharlanish belgilarini stress, ishdan charchash yoki oddiy ovqatdan zaharlanish bilan osonlikcha adashtirib yuborish mumkin.
Ammo organizmda simob to’planishi davom etsa, jiddiy muammolar paydo bo’ladi: barmoq, qovoqlarning, keiyinchalik qo’l va oyoqlarning titrashi, ruhiy kasalliklar, tuberkulyoz, ateroskleroz, jigar va o’t pufagi shiksatlanishlari, gipertoniyaga moyil bo’lish.
Simobni qanday yig’ib olish kerak?
Agar termometr sinib qolsa, birinchi navbatda bolalarni va hayvonlarni xonadan olib chiqing va simob bug’lari boshqa xonalarga chiqmasligi uchun eshikni yopib qo’ying. Hech kim oyog’i ostiga simob tomchilarini ilashtirib chiqmasligi uchun, xonadan chiqishda oyoq ostiga margansovka eritmasida namlangan mato to’shang, chiqayotganlar unda oyoqlarini artib chiqishlari kerak.
Margansovka eritmasi tayyorlash uchun 1 litr suvga 2 gramm margansovka soling va aralashtiring.
Agar ko’chada xavo sovuq bo’lsa, derazalarni oching. Bu bug’lanishni sekinlashtiradi. Ammo bir narsa o’ta muhim: xonada yelvizak hosil qilish aslo mumkin emas, bu simob bug’larini xona bo’ylab tarqatib yuboradi.
Oyog’ingizga baxila yoki polietilen paket kiying, qo’lga esa rezina qo’lqoplar. Nafas yo’llariga ham himoya kerak. Misol uchun, margansovka eritmasida namlab olingan dokadan tayyorlangan bir martalik niqob.
Qopqoqli shisha banka (yoki boshqa germetik idish) olib, unga suv yoki margansovka ertitmasi quying, so’ng termometr siniqlarini soling.
Margansovka eritmasida namlangan ikkita qog’oz va paxta oling. Xona burchagidan markaziga qarab simob tomchilarini yig’a boshlang. Tomchilarni paxta yordamida qog’ozga itarib chiqaring va simobni bankaga soling. Paxta o’rniga oddiy skotch ishlatish ham mumkin: uni simob bo’lgan joyga yopishtiring va yulib oling.
Barcha simobni qoldiqsiz yig’ish va yoriqlardagi eng kichik tomchilarga ham yetib borish uchun tibbiy shprits, uchi ingichka bo’lgan sprinsovka yoki chizish uchun mo’yqalamchadan foydalaning.
Simob solingan bankaning qopqog’ini yaxshilab yopib, uni salqinroq joyga qo’ying, yaxshisi balkonga. Uni chiqindi qutisiga tashlash yoki unitazga oqizib yuborish ketmaydi.
Termometr sinsa xonaga ishlov berish va o’zini himoya qilish usullari
Xonada simob izlari batamom qolmasligini ta’minlash uchun, u to’kilgan joyga ishlov berish kerak. Birinchi navbatda — margansovka eritmasi: 10 litr suv uchun 20 gramm kaliy permanganat. Joyni eritmada namlangan mato yordamida arting yoki pulverizator bilan eritmani sepib chiqing. Bir soatdan keyin shu joyni sovun-soda eritmasi bilan artib oling.
Margansovka va sovun-soda eritmasi bilan xonani bir necha kun davomida kuniga 2-3 marta tozalash kerak bo’ladi.
Sovun-sodali eritma tayyorlash uchun bitta sovunni olib, qirg’ichdan chiqaring va u butunlay erimagunicha issiq suv quyib aralashtiring. Oddiy sovun o’rniga suyuq sovun ishlatish ham mumkin. Aralashmaga 10 litr suv quying. So’ng 100 gramm iste’mol sodasi solib, aralashtiring.
O’zingiz uzoq vaqt davomida xavfli xonada bo’lganingiz sababli, quyidagi choralarni ko’ring:
  • Qo’lqop va baxilani margansovka va sovun-sodali eritma bilan yuving.
  • Og’izni juda kuchsiz kaliy permanganat eritmasi bilan chayqang.
  • Tishingizni yaxshilab yuving.
  • 2-3 dona faollashtirilgan ko’mir tabletkasi qabul qiling.
  • Ko’proq suyuqlik iching (choy, sharbat, qahva).
Termometr singanda nima qilish mumkin emas
  1. Simobni supurgi bilan supurib tashlamang. Supurgining qattiq tolalari simob tomchilarini yanada maydalab, xona bo’ylab tarqatib yuboradi.
  2. Simobni changyutgichda yig’ib olmang. Issiq havo oqimi tufayli tozalash jarayonida simob yana ham jadal bug’lanib keta boshlaydi. Bundan tashqari, uning zarralari changyutgich qismlarida qoladi va uyni yig’ishtirish vaqtida xonadon bo’ylab tarqalaveradi.
  3. Termometrni chiqindi qutisiga tashlamang. Simob butun uyda havoni ifloslaydi.
  4. Simobni unitazda oqizib yubormang. U oqava quvurlarida cho’kib qoladi va uni u yerdan chiqarib tashlash juda qiyin bo’ladi.
  5. Simob tekkan kiyimlarni tashlab yuborish kerak. Ularni yuvish chog’ida metall zarralari kir yuvish mashinasi tubiga cho’kib qoladi.
  6. Ishlatilgan mato va boshqa buyumlarni rakovinada yuvmang. Oqava quvurlari to’g’risida yuqorida gaplashdik. Har bir buyumni qalinroq polietilen xaltaga solib, og’zini yaxshilab tuging. chiqindiga chiqarib tashlash ham yaramaydi.
Singan termometrni qayerga topshirish kerak
Singan termoterning o’zini ham, uni yig’ib olgan buyumlarni ham chiqindi qutisiga tashlab yuborib bo’lmaydi. Ularni simobni utilizatsiya qila olvuchi korxonaga yuborish kerak.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishonch raqamarlarini olib, ularga sizda termometr singanligini haqida xabar bering. Sizning manzilingiz yozib olinadi, ular sizga nima qilish kerakligi to’g’risida keyingi ko’rsatmalarni beradi.
To’g’risi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ko’pincha boshqa masalalar bilan band bo’lishadi va har doim ham singan termometrda tezkor yordam bera olishmaydi. Bunday holda siz o’z shahringizdagi pullik demerkurizatsiya xizmatiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Agar simobni boshqalar yordamisiz tozalashga muvaffaq bo’lsangiz, eng yaqin sanepidemstantsiyaga qo’ng’iroq qiling. Mutaxassislar sizga simobni qayerga topshirish mumkinligi manzilini berishadi.

18 комментариев к “Termometr sinsa nima qilish kerak”

  1. Уведомление: Buy Firearms Online

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: cc dumps shop 2022

  4. Уведомление: shroom chocolate bar

  5. Уведомление: wow slot

  6. Уведомление: acid pills for baby,

  7. Уведомление: 토토백화점

  8. Уведомление: cbd wholesale

  9. Уведомление: denver mushroom dispensary​

  10. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินเปล่า

  11. Уведомление: about his

  12. Уведомление: ozempic weight loss one month​

  13. Уведомление: buy camino gummies

  14. Уведомление: รับทำ SEO สายขาว

  15. Уведомление: caluanie muelear oxidize factory​

  16. Уведомление: ltobet

  17. Уведомление: scam site: beware do not send money or do business with this site. 100% scam!

  18. Уведомление: https://vhnbio.com

Комментарии закрыты.