Tesha Moʻminov haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Tesha Moʻminov haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
Tesha Moʼminov 24 noyabrь 1949 yilda Buxoro shahrida tavallud topgan. Tesha Moʼminov zamonaviy oʼzbek teatrning el aro shuxrat topgan namoyondalaridan biri – atoqli sanʼatkor. Uning yaratgan koʼplab rollari sanʼatimiz tarixidan mustaxkam oʼrin olgan. Tesha Moʼminov 1970 yili Oʼzbekiston Davlat Sanʼat institutini tugatdi. Milliy teatr jamoasiga talabaligidanoq jalb etildi va xozirgacha shu teatr saxnasida samarali ijod qilib kelmoqda. Tesha Moʼminovni А.Dyumaning «Аjal minorasi”dagi Orsiniy saxnadagi eng ilk yirik obrazidir.
Teatrshunoslar uning bu rolidanoq oʼzbek teatr saxnasida oʼziga xos isteʼdod paydo boʼlganini eʼtirof etishgan edi. Shundan soʼng aktyor birin-ketin bu kunda mumtoz deb tan olingan obrazlarni yarata boshladi. Mustay Karimning «Oy tutilgan tunda” asarida Devona, Xamzaning «Boy ila xizmatchi”sida Gʼofur, Shekspirning «Kariolan”ida Kariolan, T.Yunusning «Qor odam voqeasi”da Qor odam, S.Imomovning «Shayton va farishta”sida Shayton, X.Rasulning «Piri koiot”ida Shox Maʼmun, Shillerning «Qaroqchilar”ida Shpignlberg, Grimm, Shayxzodaning «Mirzo Ulugʼbek”ida Shayxzoda, Uygʼun va I.Sultonning «Аlisher Navoiy”sida Turdivoy, А.Oripovning «Soxibqiron”ida Аmir Temur, U.Аzimning «Bir qadam yoʼl”ida Joʼra kabi rollari bilan xaqli ravishda tomoshabin mexru muxabbatini qozondi. Baravj gʼayratu shijoat, ulkan extiros, yuqori ijrochilik maxorati, tabiiylik, nutq ijrosining serjiloligi koʼpqirrali aktyor ijodining doimiy sifatlaridir.
Tesha Moʼminov kinoda, video va televizion filьmlarda xam oʼziga xos esda qolarli obrazlar yaratdi. «Kelinlar qoʼzgʼaloni”da Komil, «Oʼtgan kunlarda” Qushbegi, «Yolgʼiz yodgorim”da rais, «Qutlugʼ qon”da Yoʼlchi, «Qirolning dilxushi”da Saltabadil, «Nur borki soya bor”da Sherzod Samandarov va boshqa rollari koʼp sonli tomoshabinlar orasida shuxrat topdi. Sanʼatkor jaʼmi yuzdan ortiq rollarni ijro etdi.
Tesha Moʼminov dublyaj sanʼatida xam ijod qiladi. U mamlakatimizdagi tantanalar va bayramlarning faol ishtirokchisi. Teatr jamoasi orasida obroʼ-eʼtibori baland. Koʼplab uchrashuvlar va gastrollarda beminnat xizmati tufayli tomoshabinlarning olqishiga va izzat-xurmatiga sazovor boʼlgan. Shuning bilan birga u kamtarin. Oilasiga, doʼstlariga mexribon. El-yurt manfaatlarini oʼylaydigan inson.
Tesha Moʼminov aktyor degan yuksak kasbni buyuk taqdir deya bilgan, uni avaylab-asraydigan sanʼatkor. Tesha Moʼminovni mexnatlarini qadrlab unga 1992 yili «Oʼzbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.

Оставьте комментарий