DO`STLARGA ULASHING:
TIBBIYOT HODIMLARI BIR HAFTADA NЕCHA SOAT ISHLASHI KЕRAK.
⚡️SAVOL;
Tibbiyot hodimlari qonunchilik bo‘yicha haftada necha soat ishlashi kerak ?
⚡️JAVOB;
Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun ( Tibbiyot hodimlari shu toifaga kiritiladi ) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Demak tibbiyot hodimlarining ish vaqti haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak.
✏️ Vrachlarga xam, glavrachlarga xam, suppervrachlarga xam o‘ziga bo‘ysunadigan hodimlarni ish vaqtidan tashqari qonunga zid ravishda ishda ushlab turishga vakolat berilmagan. Kimlargadir qonun talabi yoqmayotgan bo‘lsa bunga hodimni aloqasi yo‘q. Marhamat qilib e’tirozingizni qonun ijodkorlariga bildiring.