Tirishqoq Yun Su

DO`STLARGA ULASHING:

Bir vaqtlar Fuchjouga yaqin joyda Yun Su degan kichik bir bola yashagan ekan. Otasi o‘lib, u onasi bilan yolg‘iz qolibdi. Ona-bola g‘oyat kambag‘al bo‘lib, qoqay desa qoziqlari, osay desa xurmachalari ham yo‘q ekan. Ba’zan bir siqim guruch ham topolmay qolishar ekan.
Yun Suning o‘qishga boradigan vaqti kelibdi, ammo uning yozish uchun qog‘ozi ham, siyohi ham, mo‘yqalami ham yo‘q ekan. Shunga qaramay, Yun Su: «O‘qiyman» deb qat’iy qaror qilibdi. Endi u muhtojlikni bartaraf qilish yo‘lini o‘ylay boshlabdi. Ertasiga ertalab boy qo‘shnisining ol- diga kelib: — Xizmatkor qidirayapsiz deb eshitdim. Meni olaqoling! To‘g‘ri, men juda kichkinaman, biroq ishlaganim uchun ko‘p haq so‘ramayman, ba’zi-ba’zida o‘g‘illaringizning qanday daryo qilishlariga qarashga ruxsat bersangiz bas, menga shuning o‘zi yetadi, — debdi.
Boy, «tekin ishchi o‘z oyog‘i bilan keldi», deb xursand bo‘libdi-da, jon deb rozi bo‘libdi.
Yun Su boyning uyida ertadan kechgacha mehnat qilarkan. Hamma iflos va og‘ir ishlarni unga buyurisharkan. Lekin Yun Su ba’zi-ba’zida xo‘jayinning bolalari o‘qiydigan kitobga ko‘z tashlash imkoniyatiga ega bo‘libdi. Ba’zan bir darsni boshdan-oyoq tinglashga ham imkon bo‘lib qolarkan: o‘qituvchi kelishi bilanoq Yun Su burchakka yashirinib olarkan-da, darslarni tinglab o‘tirarkan. Shunday qilib u o‘qishni o‘rgana boshlabdi. Bir yildan so‘ng o‘zi mustaqil o‘qiy oladigan bo‘libdi. Biroq shunisi chatoq ekanki, hali u yozishni bilmas ekan. Yozadigan qog‘ozi yo‘q ekan. Endi nima qilsam ekan, deb o‘ylabdi Yun Su. Keyin buning ham yo‘lini topibdi.
Yun Su onasi bilan dengizning shunday qirg‘og‘idagi kichkina uychada yashar ekan. To‘lqinlar kun bo‘yi mayin dengiz qumlarini tekislab turar ekan. Yun Su uzun tayoqcha olib, dengiz bo‘yiga kelibdi. Qumga bir so‘z yozibdi. To‘lqin kelib yozgan so‘zini yuvib ketibdi. U boshqatdan yozibdi, yana bir to‘lqin kelib, yozuvni yuvib ketibdi. Shu tariqa u qog‘oz va qalamsiz tinmay yozishni mashq qilibdi.
Lekin endi unga kitob kerak bo‘la boshlabdi.
Kunlarning birida Yun Su xo‘jayinning oldiga kelibdi- da:
— Shu vaqtgacha men sizga haq olmay ishlab berdim, endi haq talab qilaman. Biroq, siz kitoblaringizni o‘qishga ruxsat bersangiz, men yana bir yil shunday ishlashga roziman, — debdi. Bunday tekin xizmatkorni qo‘ldan chiqarishga xo‘jayinning ko‘zi qiymabdi, shuning uchun ruxsat beribdi. Shunday qilib Yun Su kitobli ham bo‘lib olibdi.
Qish yaqinlashib qolibdi. Kunlar qisqaribdi. Yun Su tungacha ishlarkan, faqat kechasigiNa o‘qishga to‘g‘ri ke- larkan. U shunchalik qashshoq ekanki, hatto chiroqqa yog‘ sotib olishga ham qurbi yetmas ekan. Biroq bu hol Yun Suning shahdini qaytarolmabdi. U oy chiqib, nur taratgan vaqtlarda, oydinda o‘qibdi va yozibdi, tirishqoq Yun Cu oy chiqmagan vaqtlarda o‘tzordan yaltiroq qurtlar terib kelib, bambuk tayoqchasiga yopishtiribdi-da, kechalari shu yaltiroq qurtlardan taralayotgan xira yorug‘likda o‘qishini davom ettiribdi.
Oradan ko‘p yillar o‘tibdi. Yun Su maqsadiga yetib, ulug‘ olim bo‘libdi. Odamlar Yun Su degan kambag‘al bolaning tirishqoqligini hali-hali eslab yurishadi.

110 комментариев к “Tirishqoq Yun Su”

  1. Please let me know if you’re looking for a writer
    for your weblog. You have some really good posts and I think I would be
    a good asset. If you ever want to take some of the load
    off, I’d really like to write some material for your blog in exchange for
    a link back to mine. Please send me an e-mail if interested.
    Kudos!

  2. With havin so much written content do you ever run into any problems of plagorism or copyright
    infringement? My blog has a lot of exclusive content I’ve either created myself or outsourced but it appears
    a lot of it is popping it up all over the web without my agreement.

    Do you know any solutions to help reduce content from being stolen? I’d genuinely appreciate it.

  3. Howdy! I know this is kinda off topic nevertheless
    I’d figured I’d ask. Would you be interested in exchanging
    links or maybe guest authoring a blog post or vice-versa?
    My blog covers a lot of the same subjects as yours
    and I believe we could greatly benefit from each other.

    If you might be interested feel free to send me an e-mail.
    I look forward to hearing from you! Awesome blog by the way!

Оставьте комментарий