Tohir Mahkamov — Qiyomat kun

DO`STLARGA ULASHING:

Tohir Mahkamov — Qiyomat kun 

Boshim yostiqda-yu, jonim ketarda,
Tanim – borib lahad ichra yotarda. (x2)
Sirot otliq guzargohdin o‘tarda,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma. (x2)

Yuzim qarosini oq aylagaysen,
Muhammadni menga yor aylagaysen,
So‘rar vaqtda o‘zing bandam degaysen,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma.

Gunohimning hisobi yo‘q, bilibmen,
Seni dargohingga yolg‘iz kelibmen,

O‘zing rahm aylagin, bechora qulmen,
Qiyomat kun meni sharmada qilma.

Qiyomat kun meni sharmada qilma,
Qiyomat kun meni sharmada qilma. (x2)

Sening amring bilan ish qilmadim men,
Bu dunyodin ketorim bilmadim men. (x2)
Lahad ichra yotarim bilmadim men,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma. (x2)

G‘ariblikda yurib men zoru-hayron,
Hojam sen, menga bergil nuri iymon.
Mening mushkullarimni ayla oson,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma.

Xudovando, ajab hayronda bo‘ldim,
Gunohimni ko‘rib, sharmanda bo‘ldim,
Hisobin topmayin darmonda bo‘ldim,
Qiyomat kun meni sharmanda qilma.

Qiyomat kun meni sharmada qilma,
Qiyomat kun meni sharmada qilma. (x2)

Оставьте комментарий