TOMIR TORTISHISHI QANDAY KASALLIKDAN DARAK BЕRADI?

DO`STLARGA ULASHING:

TOMIR TORTISHISHI QANDAY KASALLIKDAN DARAK BЕRADI?

Yoqutxon Majidova, tibbiyot fanlari doktori, professor:

♦️ Sabablari
Ushbu tasodifiy og‘riqlar mushaklar zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lib, organizmda minerallarning, birinchi navbatda, kaliy, kalsiy, magniy hamda bir qator vitaminlar yetishmasligidan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar tomir tortishishini asab zo‘riqishi, kamharakatlilik, muntazam o‘tirib ishlash, uzoq muddat tik oyoqda turish yoki suvda suzish, organizmning suvsizlanishi va turli xil kasalliklar bilan ham bog‘lashadi.

♦️ Turlari
Tomir tortishishining ikki xil ko‘rinishi farqlanadi. Birinchisi, keskin va qisqa fursat davom etib, tibbiyotda klonik tomir tortishishi deyiladi. Ikkinchisi esa buning aksi, bezovtalik dabdurustdan boshlansada, spazm bir necha daqiqalarga cho‘zilishi mumkin. Shifokorlar bu holatni tomir tortishishining tonik turi, deya tasniflaydilar.

Har ikkala holatning kelib chiqishi infeksion kasalliklar, oziq mahsulotlari, (dori vositalari)dan zaharlanish, bosh miya jarohatlari, nevroz, moddalar almashinuvining buzilishi, yurak va qon xastaliklariga bog‘liq.

♦️ Kimda ko‘proq kuzatiladi?
Tomir tortishishi, asosan, 40-50 yoshdagi insonlarda ko‘proq kuzatiladi. Ular tanasidagi xolesterin miqdorini tez-tez tekshirtirib turishi kerak. Chunki qon tomirlari devorida xolesterin moddasining ko‘payib ketishi oqibatida qon yurishi birmuncha qiyinlashadi. Shundan keyin tez-tez qo‘l va oyoq uvushishi kuzatiladi.

♦️ Oldi olinmasa…
Agar vaqtida oldi olinmasa, insult yoki infarkt kelib chiqishi mumkin. Yoshlarda bu holat, asosan, tanada qon yaxshi aylanmasligi sababli yuzaga keladi. Turli jismoniy mashqlar yordamida bu muammoni hal qilish mumkin.

Оставьте комментарий