Ulug‘bek Shodibekov — Avtobiografiya

DO`STLARGA ULASHING:

Ulug‘bek Shodibekov — Avtobiografiya

Shodibekov Ulug‘bek To’rabek o‘g‘li 1996-yil 10-sentyabrdaToshkent viloyatida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Muqaddam sudlanmagan. Hozirgi vaqtda Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Ko‘ksaroy QFY, Shinam ko‘chasi, 37-uyda istiqomat qilib keladi.
2012-yil Toshkent shahari, Yunusobod tumanida joylashgan 260-sonli umumta’lim maktabini tamomlagan. 2012-yil Toshkent viloyati, Zangiota Tumanidagi Toshkent Bank Xisob-Kredit ko’llejining “Bank Ishi” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. 2015-yilds esa ko‘llejni muvaffaqiyatli tamomladi. 2015-2016-yillar oralig‘ida abiturient sifatida Oliygohga o‘qishga kirish maqsadida qo‘shimcha kurslarga qatnashgan. 2016-yil oktyabr oyidan 2018- yil iyul oyiga qadar “Tashkent Study” nodavlat ta’lim muassasasida menejment sohasi bo‘yicha ta’lim olgan. 2016-2018- yillar mobaynida ingliz tilidan ko‘nikmalari bo‘lgani sababli bolalarga ingliz tilidan dars bergan. 2018-yil 1-sentyabrda Toshkent Moliya Institutiga sirtqi ta’lim shaklida, kredit-Iqtisod yo‘nalishiga qabul qilingan. 2018-2020-yillar davomida Xalq bankining Shayxontohur filialida nazoratchi lavozimida ishlagan.
2019-yil sentyabr oyida uylangan, hozirda 1 o‘g’il va 1 qizning otasi.
2018-yildan hozirga qadar ijtimoiy tarmoqlarda “blogerlik” faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Instagram platformasida “Mitti.me” va “Mitti.life” sahifalarini yuritib kelmoqda.
Oilasi 6 kishidan iborat:
Otasi – Userov To‘rabek Shodibek o‘g‘li, 1962-yil 9-noyabrda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent tumani, Ko‘ksaroy KFY, Navoy 29-uyda yashaydi;
Onasi – Userova Mavjuda Ergash qizi, 1965-yil 5-iyunda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent tumani, Ko‘ksaroy KFY, Navoy 29uyda yashaydi;
Ayoli – Shodivekova Gulparida Nurjon qizi, 1999-yil 29-avgustsa Toshkent viloyati, Yangi yo’l tumanida tavallud topgan;
O‘g‘li – To‘rabekov Muhammad Amin Ulug‘bek o‘g‘li, 2020-yil 27-dekabrda Toshkent shahar, Olmazor tumanida tug‘ilgan;
Qizi – To‘rabekova Elif Ulug‘bek qizi 2022-yil 11-iyulda Toshkent shahar, Olmazor tumanida

Оставьте комментарий