Umurtqa yemirilishining davosi bormi?

DO`STLARGA ULASHING:

❓Umurtqa yemirilishining davosi bormi?

🔷 Umurtqalar orasidagi diskning yemirilishi tibbiyotda osteoxondroz deyiladi. Buning natijasida umurtqalar orasidagi bo‘g‘im yemiriladi. Bu kasallik asosan 35 yoshdan keyin rivojlanadi.

🔘 Kasallik kelib chiqishiga qaltis harakat talab qiladigan ishda ishlash, og‘ir yuk ko‘tarish, qad-qomatni noto‘g‘ri tutish, ortiqcha zo‘riqish talab qiladigan sport turlari bilan shug‘ullanish, uzoq vaqt nam va sovuq havoda qolish ham sabab bo‘lishi mumkin.

✅ Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar imkon qadar yumshoq mebellardan foydalanmaganlari ma’qul. Bemorlar asosan ikki yo‘l bilan davolanishadi: dori-darmonlar hamda jarrohlik amaliyoti.Buni tajribali mutaxassislar aniqlaydi. Sababi og‘ir holatlarni dori-darmonlar bilan davolash mumkin emas.