Ustoz otangdek ulug’ mavzusida dars ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

___________(tuman) ___ – umumiy o’rta ta’lim
maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
_________________ning
“Ma’naviyat saboqlari” darsidan
1 soatlik dars ishlanmasi
 Mavzu: Ustoz otangdek ulug’
Maqsad: o’quvchilarda ustozlarga mehr-muhabbat va hurmat
               uyg’otish
O’qituvchi – ustoz, avvalambor, o’z kasbini, o’z fanining mohir ustasi, aqlli, dono va haqiqiy inson bo’lishi, bolalarni sevishi, yosh avlodni ezgulikka, yaxshilikka, mehr-shafqatga undashi kerak. O’qituvchi maktabda bolaga ma’naviy ustoz bo’lib, uning kiyinishi, yurish-turishi, muomilasi ham shogirdlariga doimo o’rnakdir. O’qituvchi hali harf yozishni, chizishni, o’qishni bilmaydigan bolaga savod o’rgatadi, fan cho’qqilari sari yetaklaydi. Kasb-hunar o’rgatadi. Ustoz doimo o’z shogirdlarini aqlli, o’qimishli, odobli bo’lishini orzu qiladi.
‘Ustoz” deganda bolaga ilm-ma’rifat, kasb-hunar o’rganishga undagan, kuyinchak inson tushuniladi.
Haq yo’lida kim senga harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
                                                                           A.Navoiy
Ustoz ko’p mashaqqatlar bilan shogirdiga bir harf o’rgatgan bo’lsa, demak, haq yo’lida bir harf o’rgatgan ustozga umrbod qarzdorlik, bir umr o’z ustozining hurmat va izzatini joyiga qo’ymoqlik kerakligini tuzshunmoq lozimdir.
Mehri daryo ustozlar haqida Po’lat Mo’min quyidagi satrlarni bitadi:
Mehr nuri yog’ar doim
Ko’zingizdan ustozlar,
         Yursam deyman bu tabarruk
Izingizdan ustozlar .
Qalbingizni yo’q gubori,
           Mehribonsiz shunchalar.
Quyosh olmish haroratin
Yuzingizdan ustozlar.
Fan bog’ining bog’boningiz,
           Charog’bonsiz shunchalar.
Ming e’tirof o’g’lingizdan,
           Qizingizdan ustozlar.
“Ustoz-otangdek ulug’” deb bejiz aytilmagan. Bu hikmatda ustoz, murabbiyga hurmat bobida olam-olam ma’no yotibdi. Bu hikmatga amal qilib ustozni ota-onadan ham yuqoriroq hurmat qilib, bir umr e’zozlash ma’qul.
    Qiyos etgim keladi ustozlarni quyoshga,
   O’z mehrini – nurini baxsh etadi har yoshga.
   … Ustoz yo’li porloqdir, ustoz yo’li yorug’dir,
   Ustoz ko’ngil xazina, sahovatga to’lqdir.
   Yetishsang ustoz qadriga, eling seni ardoqlar,
   Agar bilsang ustozing otang kabi ulug’dir.
   Ulug’dir u, otangdan ham ulug’dir.
   Ulug’dir u, otangdan ham ulug’dir.
Ustoz haqida maqolalardan so’rash. “Ustozingga tik qarasang to’zasan, hurmat qilsang asta-sekin o’sasan”
Biz ustozlar oldida o’zimizni abadiy qarzdorligimizni biror daqiqa ham unitishga haqqimiz yo’q.
Ustozlarni behad hurmat qilish bizning qadriyatlarimizdan. O’zbek xalqi ustozini yuksak qadrlaydi. Bobokalonlarimiz Alisher Navoiy o’z ustozi Abdurahmon Jomiy, Amir Temur esa barcha ustozlarni va ustozi Said Barakani qanday hurmatlaganini bilasizmi? Bobokalonimiz Amir Temur o’limi oldidan-“Agar hayotdan ko’z yumsam, qabrim ustoz Said Barakani oyoq tomoniga qo’yilsin,”-deb vasiyat qilgan ekan. Agar Samarqandga borgan bo’lsangiz “Go’ri Amir” maqbarasiga kirib, ziyorat qiling, ana shunda siz bunga o’z ko’zingiz bilan ko’rib, iqror bo’lasiz.
Amir Temurdek buyuk butun dunyoni qoil qoldirgan Sohibqiron necha asrlar o’tgan bo’lsa-da, hozirgacha butun yer yuzi xalqlariga namuna bo’lib ustozi Said Barakaning oyoq tomonida yotibdi.
Ha, ustoz ulug va buyuk zot, aqlli bola ustozidan ibrat oladi. Ustozi ko’rsatgan yo’ldan adashmay boradi. Doimo haq yo’liga intiladi.

Оставьте комментарий