UzAuto Motorsning yangilangan Chevrolet Captiva narxlari qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

UzAuto Motorsning yangilangan Chevrolet Captiva narxlari qancha?

UzAuto Motors Chevrolet Captiva 2022 krossoverini taqdim etdi. Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomobilning 4 turdagi komplektatsiyasi mavjud: boshlang‘ich LT, LT 5, LT 7 va Premier.

Yangilangan Chevrolet Captiva 2022 avtomobilini xarid qilish uchun shartnomani kompaniyaning rasmiy dilerlarida tuzish mumkin.

Narxlar quyidagicha:
— boshlang‘ich LT komplektatsiya — 192 775 000 so‘m;
— LT komplektatsiya 5 o‘rinli — 238 086 957 so‘m;
— LT komplektatsiya 7 o‘rinli — 244 782 609 so‘m;
— Premier komplektatsiya 7 o‘rinli — 269 478 261 so‘m.

Yuqoridagi narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan. UzAutoSavdo tizimida esa QQS bilan qo‘shib hisoblaganda, Premier komplektatsiya 309 900 000 so‘mdan, LT 7 esa 281 500 000 so‘mdan boshlanishi qayd etilgan, boshlang‘ich LT va LT 5 komplektatsiyalari narxlari esa keltirilmagan. Ammo, taxminlarga ko’ra 221 691 250 so’m bo’lishi kutilmoqda.