Vaqtni boshqarish mumkinmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Ko‘pchiligimizning yashash sur’atini xotirjam va bir maromdagi deb atash qiyin. Yugur-yugur ko‘pligidan vaqt yetishmasligi barchamizga tanish holat. Stress yoki, undanam yomoni, surunkali charchoq qurboniga aylanmaslik uchun, albatta vaqtni to‘g‘ri taqsimlay ola bilish lozim. Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir. Xo‘sh, reja qanday tuziladi?

 

1. Kundalik reja tuzing

Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga ko‘p vaqt ajratadi. Kundalik reja unumdorlikni oshirish va vaqtni samarali boshqarish garovidir.

2. Rejalarni qog‘ozga tushiring

Qilinadigan ishlar ro’yxati sizga xarita bo‘lib xizmat qilsinki, siz belgilangan maqsad sari yo‘ldan adashmang.

3. Kechqurun reja tuzib qo‘ying

Har kuni kechqurun ertangi kun vazifalarini belgilab oling. Tongda turiboq, mo‘ljallangan ishlarga kirishing.

4. Muhim narsalarni ajrata biling

Time-management’ning vazifasi vaqtida asosiy ishni aniqlashdan iboratdir. Birinchi darajali vazifalarni keyingi darajadagilardan, muhim ishlarni keraksiz ishlardan ajrata biling. Ro‘yxatdagi ishlaringiz tartibi ularning darajasiga bog‘liq bo‘lsin.

5. “Yo‘q” deyishni o‘rganing

Siz uchun muhim vazifalar ro‘yxatida bo‘lmagan ishlarni rad etish va “yo‘q” deyishni o‘rganing.

6. Vaqtingizni “yeydigan” narsalardan qutuling

O‘z ish vaqtingiz va bo‘sh paytingizni nimalarga sarflayotganingizga e’tibor bering. Vaqtingizni “yeb” qo‘yayotgan mashg‘ulotlardan (masalan, hamkasblar bilan yangiliklarni muhokama qilish, maqsadsiz televizor ko‘rish, reklama varaqlarini o‘qish) xoli bo‘lishga harakat qiling. Bunday keraksiz mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzib, “Bularni boshqa hech qachon qilmayman” degan sarlavha qo‘yish yodingizdan chiqmasin.

Yuqorida keltirilgan eng oddiy qoidalar vaqtingizni togri taqsimlash, o`z oldingizga qoygan maqsadlarga erishishda ko`makchi bo`lsa ajab emas. Vaqtni tanqisligini vaj qilayotganlarga shuni eslatish lozimki, bizga ham Al-Xorazmiy, Ibn Sino hamda Beruniy kabi ulug shaxslarga berilganidek vaqt berilgan. Ammo uni qanday o`tkazish, undan foydalanish har bir kishining oz qo`lida.

akt.uz

Оставьте комментарий