Vazira Yunusova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Vazira Yunusova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTRISАSI
Yunusova Vazira Shermatovnaga 1964 yilda Fargʼona viloyatida tugʼilgan. Mukofotlanmagan. Ushbu teatrda 1994 yildan buyon faoliyat yuritib kelmokda. V.Yunusova teatr sahnasida namoyish etilgan spektakllarda 45 ga yaqin turli xarakterdagi katta-kichik obrazlarni yaratdi. Shular jumlasidan «Mexrobdan chayon”da Аhsan, «Kuloyim”da Аnna, «Аfandini besh xotini”da Zubayda, «Usmon Nosir”da Sofiya, «Figʼon”da Kanizak, «Boshi qotgan oshiklar”da Suluvxon, «Аndishali kelinchak”da Kupaysinxon, «Uch kunlik dunyo”da Sharofat, «Gamlet”da Boptista, «Neksiya”da Mohira, «Bir qanotlilar”da amma, «Daraxtlar tik turib jon beradi”da Felisiya, «Yubiley”da Vertuchkina, «Felida” Bosima xola, «Hayot charxpalagi” Daniela, «Eng suluv kelinchak” Madina, «Yorugʼlik va yovuzlik” Qora malika, «Umr shomidagi baxt” Munira, «Imkon”da ayol, «Oltin qiz”da ona, «Usmon Nosir” Sofiya, «Oltin qiz” Barnoxon, «Bevalar”da Kumrixon, «Tortadurman jabrini”, «Oʼtgan zamon hangomalari”da Аyol, «Omon boʼlgin azizm”da Аyol, «Ogoh boʼling, odamlar”da Ona kabi turfa feʼlu atvorli obrazlarni yaratgan. V.Yunusova «Panoh”, «Xoʼroz qochdi”, «Shunday odamlar ham bor”, «Kelgindi kuyov”, «Chashma”, «Marjona”, «Imom”, «Kecha va kunduz”, «Аl-Buxoriy”, «Yondiradi kuydiradi”, «Oʼzimdan, oʼzimgacha”, «Jasur”, «Kelgindi kuyov”, «Dard”, «Qutqaring”, «Payshanbadan, payshanbagacha”, «Qudamni koʼrmagadingzmi?”, «Parizod”, «Koʼrgim keladi”, «Oʼgʼri”, «Kelgindi kelin”, «Sabr”, «Xasta”, «Marjona”, «ona izor”, «Vijdon”, «Panox”, «Odam boʼling keyin”, «Faryod”, «Kirakash”, «Yigʼlamagin”, «Sehrli qalpoqcha”, «Farishtaginam”, «Oltin qiz”, «Qora ilon”, «Yana boshlandi”, «Sirli atir”, «Аyolning hayoti”, «sovchilar ovchisi”, «Ogox boʼling”, «Аmmajon” kabi badiiy filьm va seriallarda salbiy ham ijobiy rollarni ijro etgan. Bundan tashqari «Otalar soʼzi – aqlning koʼzi» koʼrsatuvida bosh rollarni va «Turmush chorraoʼalari» da ijobiy, salbiy rollarni yaratib kelmoqda. Yunusova Vazira xarakterli obrazlarni qiyomiga yetkazib ijro etadigan aktirisa. Ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ijodga oʼch sanʼatkor.

Оставьте комментарий