Videokarta nimalardan tashkil topgan, qaysi qism nimalarga javob beradi?

DO`STLARGA ULASHING:

Videokarta nimalardan tashkil topgan, qaysi qism nimalarga javob beradi?
#foydali
Videokartani, ko’pchilik nima vazifa bajarishini unchalik bilmas ekan, biladigani shuki, o’yin o’ynash uchun kerak, video montajlar uchun kerak, qancha katta hajmga ega bo’lsa, shuncha yaxshi, xullas qisqa uziq-yuliq tushunchalar. Shu tushunchalarni mukammallashtirish uchun video karta haqida yozib o’taman.
Videokarta — kompyuterning bir qismi bo’lib, xotiradaga ba’zi ma’lumotlarni, ma’lum bir ko’rinishlarda ekranga chiqarib beriladigan jihoz hisoblanadi. Qanchalik tasvirlar murakkab bo’lsa, videokarta quvvatiga bo’lgan talab shuncha katta bo’ladi.
Bu postda, videokarta nimalardan tashkil topgani va har bir qismi nima vazifani bajarishini ko’rib chiqamiz, videokarta ham kichik bir kompyuter hisoblanadi, demak, videokartaning asosi quyidagilardan iborat:
1. Videoprotsessor — kompyuter protsessori kabi asosiy hisoblash ishlarini bajaradi, shu bilan birga kompyuter protsessorini bu ishlardan ozod qiladi. Tayyor tasvirni, ekranga chiqarish uchun, har xil hisoblash ishlarini bajaradi, o’lchamlar, ranglar, harakatlarni qayta ishlaydi, nazorat qiladi.
2. Videoxotira — kompyuter tezkor xotirasi vazifasini, videokartada bajaradi, ya’ni ekranga chiqariladigan tasvirlarni o’zida saqlab turadi va birin-ketin ekranga uzatadi. Bu qiymat qanchalik katta bo’lsa, o’yin, video montaj ishlaringiz aniqroq namoyon bo’ladi, surilishlar, qotib qolishlar kamayadi.
3. Video-PZU — bu chipda, videokartaning BIOS dasturi yozilgan bo’ladi, platadagi BIOS nima vazifani bajarsa, bu yerda ham shu ishlarni qiladi, bu xotira bilan faqat videokarta protsessori ishlay oladi.
4. Raqamli-analog signallarni o’zgartirgich. Bilasiz, kompyuter raqamli signallar bilan ishlaydi, ya’ni 0 va 1. Ekranga chiqaradigan signallar analog ham bo’lishi mumkin. Bu qism, aynan signallarni bir turdan ikkinchisiga o’zgartirib beradi.
5. Videokontroller — videoxotirada tasvirlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Kompyuter xotirasidan olgan ma’lumotlar, kontroller orqali tasvirlarga bo’linib, videoxotiraga tashlanadi.
6. Sovutish tizimi. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ldiki, videokarta ham kichik bir kompyuter, shunday ekan uni ham sovutish lozim, sovutish uchun, kullerlar, radiatorlar, suyuqliklar ishlatilishi mumkin.
Bular, videokartaning asosiy tashkil etuvchilari, bu postdan videokarta nima uchun qimmat bo’lishini bilib olish mumkin.

Оставьте комментарий