Web Development da pul ishlasa bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Web Development da pul ishlasa bo’ladimi?

– Ha bo’ladi. IT mutaxassisi qanchalik tajribali bo‘lsa, uning maoshi shunchalik baland bo‘ladi. Misol uchun, oddiy dasturchi $500-900 dollar va undan yuqori daromad olishi mumkin. Ammo u dasturlashda yetarlicha tajribaga ega bo‘lsa, maoshi oyiga $2000 dollarga yetishi mumkin.

– Mahalliy bozorda Frontend, Backend, PHP dasturchisining ish haqi o‘rtacha 8-10 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha, 1C dasturchida 3 million so‘mdan, Fullstack dasturchida 10-15 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Miqdorlar farq qiladi. Shunga qaramay, barchasi tajribaga, ish hajmiga va kompaniyaga bog‘liq. Bunda mutaxassislik muhim rol o‘ynaydi.

– Dasturchi yangi va kam tajribaga ega bo‘lsa, unda ish haqi juda kam bo‘lishi mumkin. Ammo tajriba va bilimlarni oshirishi bilan ish haqi ham tezlikda o‘sishni boshlaydi. O‘zbekistonda tajribali dasturchilar oyiga o‘rtacha $1000-1500 dollar daromad topishadi.