Xalqaro neftni eksport qiluvchi OPEK tashkiloti haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Xalqaro neftni eksport qiluvchi OPEK tashkiloti haqida

Ushbu tashkilotga iqtisodiyoti asosan neftni eksport qilishdan tushgan daromadga bogʻliq boʻlgan 13 ta davlatlar aʻzo hisoblanadi. Tashkilotning asosiy maqsadi — dunyodagi neft narhlari ustidan nazorat olib borish.

2020 yil mart oyida Saudiya Arabistoni va Rossiya o’rtasida neft urushi bo’lib o’tgan. 2020 yil mart holatiga ko’ra Saudiya Arabistoni $500 mlrdlik valyuta zaxirasiga ega edi, o’sha paytda Rossiyaning zaxiralari $580 mlrdni tashkil etdi. Saudiyaliklarning qarzning YaIMga nisbati 25%, Rossiyada esa 15% edi. 2020 yil aprel oyiga kelib ikki neft gegamonlari kelishib olishdi va 1 oylik neft urushi tugadi.

OPEK dunyo bozorini 81% ni nazorat qiladi va a’zo mamlakatlarning daromadi 2018 yilda $692,3 mlrdni tashkil etgan bo’lsa 2019 yilda $564,9 mlrd bo’lgan (https://tass.ru/ekonomika/8952273).