Xo‘sh, so‘z boyligingizni oshirishga tayyormisiz!

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zini madaniyatli sanaydigan har bir odam ona tilini puxta bilishi kerak. O‘z tilingda aytilgan narsani tushunmay turish bu juda uyatli holat. Xo‘sh, tilni yaxshi bilish uchun nima qilish kerak? Buning uchun birinchi navbatda lug‘at boyligimiz ko‘p bo‘lishi kerak. Lug‘at boyligi biz biladigan so‘zlar jamlanmasidir. Demak, ko‘p so‘z bilishimiz zarur.
Lug‘at boyligi ko‘p bo‘lgan odam til tovlanishlarini, uning o‘ziga xosligini, ohangini, ma’no nozikliklarini ham yaxshi bilsa, yurakdan his qila olsa, chinakam til bilimdoniga aylanadi. Bu yo‘lda birinchi qadamni tashlash – lug‘at boyligini oshirish uchun nimalar qilish kerak? Quyida shu haqda so‘z boradi.
Umuman olganda biz foydalanadigan so’zlar uchga bo’linadi:
Faol – kundalik turmushdagi muloqot. U o‘z ichiga yozma va og‘zaki nutqni oladi.
Passiv – odamga tanish bo‘lgan kundalik dialoglarda qo‘llaniladigan tushunarli atamalar. Zarur bo‘lgandagina inson ulardan foydalanadi. Ayrim hollarda passiv leksikondagi so‘zlarning ma’nosini eslashga harakat qilish kerak bo‘ladi.
Tashqi – ma’nosi tanish bo‘lmagan so‘zlar. Masalan, texnik so‘zlar.
Xo’sh, so‘z boyligini oshirish uchun nimalar qilish kerak?
Kitoblar. Albatta, kitoblar aqlni charxlaydi, tafakkur va so‘z boyligini rivojlantiradi. Xilma-xil kitoblar o‘qib, yangi atama va nutqning o‘ziga xosliklarini eslab qolasiz. Turli adabiyotlarni o‘qish muhim. Ana shunda natija sezilarli bo‘ladi.
Matnda tushunarsiz so‘zga duch kelsangiz, gapning umumiy mazmunidan ma’nosini chaqib olaman demang. Izohli lug‘atni ochib, so‘zning asl ma’nosini o‘rganing. Xayolingizda shu so‘z qatnashgan gaplar tuzing.
Turli soha vakillari bo‘lgan kishilar bilan muloqot qilish. Biror narsani o‘rganishning eng samarali usuli bu – amaliyot. So‘z boyligini muloqot, yangi nutq shakllarini qo‘llash va o‘zlashtirish orqali kengaytirish tezroq kechadi. Ko‘pincha o‘zimiz uchun odatiy kishilar doirasidagilar bilan muloqot qilamiz. Bu oila, do‘stlar va hamkasblar. Agar ushbu muloqot doirasidan tashqariga chiqsangiz, o‘zingiz uchun ko‘plab yangi narsalarni kashf etasiz. Nafaqat so‘z boyligi borasida. Rassom, texnik mutaxassislar, tor doiradagi mutaxassislar bilan muloqot qiling. Hozirda internet makoni yangi tanishlar orttirish imkonini beradi. Yangi joylar, ko‘rgazmalar, namoyish va konferensiyalarga tashrif buyuring. Bularning bari yangi tanishlarni olib keladi va muloqot doirasini kengaytiradi.
Audio-kitoblar. Kitoblarni audio shaklda tinglash so‘z boyligini kengaytirish uchun a’lo darajadagi variantga aylanadi. Aytishlaricha, bilimlar bizga aynan quloq orqali keladi. Aynan shu kanal orqali ko‘proq ma’lumotni o‘zlashtiramiz. Turli mavzulardagi ma’ruza va chiqishlarni tinglash ham foydali bo‘ladi.
Kundalik tuting.O‘z fikrlaringizni yozib boring. Fikrlarimizni qog‘ozda qayd etganimizda unga to‘g‘ri tahrirni tanlashga harakat qilamiz. Bu usul nutqimizni ko‘z bilan ko‘rishga yordam beradi. Keyinchalik rivojlanishingizni qaydlar orqali oson baholay olasiz.
Kuniga bitta yangi tushunchani o‘rganing.  Har kuni bor-yo‘g‘i bitta so‘z. Mavzu istalgancha bo‘lishi mumkin. Eng muhimi yangi so‘zlarni qo‘llash, kundalik nutqda ulardan foydalanish.
Matnda tushunarsiz so‘zga duch kelsangiz, gapning umumiy mazmunidan ma’nosini chaqib olaman demang. Izohli lug‘atni ochib, so‘zning asl ma’nosini o‘rganing. Xayolingizda shu so‘z qatnashgan gaplar tuzing.
O‘zingizni qiziqtirgan sohaga oid so‘zlarni lug‘atdan ko‘chirib, qayd qog‘ozlarga yozib chiqing. Qaydvaraqchani hamisha o‘zingiz bilan olib yuring. Chunki bo‘sh vaqtlarda unga qarab, so‘zlarni esga olish, yodlash mumkin.
Ishingiz samarali bo‘lishini istasangiz, birdaniga ko‘p so‘zni yodlashga kirishmang. Boshida kuniga 7-8 ta so‘z kifoya. Keyinroq qancha so‘zni o‘zlashtirishga qurbingiz yetishi o‘z-o‘zidan oydinlashadi.
O‘z tilingizni faqat o‘zingiz boyitishga qodirsiz shuni unutmang!!!
TAYYORLADI: Latofat Sherzodovna
akt.uz

Оставьте комментарий