Xotirasida Qur’on bo‘lgan telefon bilan xojatxonaga kirish

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Islom

DO`STLARGA ULASHING:

SAVOL:

Assalomu alaykum qori akalar. Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari rivojlandi. bizning uyali aloqa vositalarimizga turli xil kitoblar masalan birinchi o‘rinda Qur’oni karim, hadislar va shunga o‘xshash kitoblar yozib undan foydalanish mumkin. lekin shunday holatlar yoki vaziyatlar bo‘ladiki qo‘limizdagi telefon aparat bilan ham hojatxona taxoratxona yoki shunga o‘xshash joylarga kimgadur topshirmasdan kirishga to‘g‘ri kelib qoladi. bunday holatlarda masala qanday bo‘ladi. bu bilan gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? javob uchun oldindan rahmat.

2020.03.26

JAVOB:

Va alayvkum assalom. Bir qator fiqhiy kitoblarimizda, jumladan “Maroqil faloh” kitobida shunday deyiladi: “Hojatxona (xalo)ga Allohning ismi yoki Qur’on yozilgan narsani o‘zi bilan birga olib kirish makruh hisoblanadi”. Shuningdek mazkur kitobning hoshiyasi “Hoshiyatut Tahtoviy”da bunga dalil sifatida Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi: “Payg‘ambar alayhissalom xaloga kirsalar uzuklarini yechar edilar” hadisini keltirgan. (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari). Chunki Rasulullohning uzuklarida “Muhammadur Rasululloh” degan naqshi bor edi. Mazkur so‘zlarning davomida musannif aytadi: “Makruh deganda to‘siq holda bo‘lmagan yozuvlar nazarda tutiladi. Agar mazkur yozuvli narsalar cho‘ntagida bo‘lsa zarari yo‘q”.

“Qo‘histoniy” nomli kitobda “Al-Munya” kitobidan naql qilinadi: “Cho‘ntagida mus’haf bilan xaloga kirmagani afzal. Zarur holatlar bundan mustasno. Zarur bo‘lmagan holatda ham cho‘ntagida olib kirsa, gunohkor bo‘lmasligiga umid qilamiz”.

Mazkur ma’lumotlardan kelib chiqib hozirgi davr ulamolari telefonlardagi Qur’on va shunga o‘xshash dasturlarni ekranda ochiq holda olib kirish makruh ekanini aytadilar. Agar telefon o‘chiq holda bo‘lsa va dasturlar ekranda ochiq holda bo‘lmasa, buning zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo hay’ati

У этой записи 36 комментариев

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: plinki

Обсуждение закрыто.