XUJJATI BO‘LMAGAN UYNI QANDAY QILIB O‘Z NOMIMGA RASMIYLASHTIRISHIM MUMKIN ?

DO`STLARGA ULASHING:

XUJJATI BO‘LMAGAN UYNI QANDAY QILIB O‘Z NOMIMGA RASMIYLASHTIRISHIM MUMKIN ?

⚡️Savol;
Men yashab kelayotgan uy qishloqda yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydoniga bundan 19 yil avval qurilgan. Lekin, yashab kelayotgan shu uyimni qo‘limda xech qanday xujjatlari bo‘lmaganligi sababli o‘z nomimga rasmiylashtira olmayapman. Endilikda qanday qilib men shu uyga qonuniy tartibda egalik huquqini olib o‘zimni nomimga rasmiylashtirishim mumkin?

⚡️Javob;
Fuqarolik kodeksining 187-moddasida egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat nazarda tutilgan bo‘lib, bunda mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5 yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini olishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

✏️ Siz xozir yashab kelayotgan uyingizni o‘z nomingizga qonuniy tartibda rasmiylashtirib olishingiz uchun manashu 187-modda Sizga yordam berishi mumkin. Buning uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga shu mazmunda murojaat qilishingiz kerak.

Оставьте комментарий