BIR OILA SUBSIDIYA ORQALI 2 TA UY-JOY OLSA BO‘LADIMI ?

DO`STLARGA ULASHING:

BIR OILA SUBSIDIYA ORQALI 2 TA UY-JOY OLSA BO‘LADIMI ?

⚡️SAVOL;
Biz oldin xam subsidiya orqali uy-joy olganmiz. Lekin, avvalgi subsidiya turmush o‘rtog‘imning nomiga olingan. Savolim shuki, hozirgi kunda uy-joy uchun berilayotgan subsidiyalardan meni nomimga yana olsak bo‘ladimi ?

⚡️JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda fuqarolarga uy-joy uchun subsidiya ajratilishining rad etish sabablari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda ariza rad qilinadi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Bundan tushunish mumkinki, agar bundan oldin uy-joy uchun subsidiya Sizni nomingizga berilgan bo‘lsa turmush o‘rtog‘ingiz, turmush o‘rtog‘ingizni nomiga berilgan bo‘lsa Siz takroran bu imtiyozdan foydalana olmaysiz. Avval olingan o‘sha uy-joyingiz hozirda Sizlarga tegishli bo‘lmagan taqdirda xam, uyni egalari o‘zgarib ketgan taqdirda xam baribir Sizlarga uy-joy uchun takroran subsidiya berilmaydi. Axir biz u uyni….. deb, manashu nuqtalar o‘rniga 44 ta sabab keltirib bergan taqdiringizda xam foydasi yo‘q, berilmaydi.

Оставьте комментарий