Yuzdagi sepkildan voz kechmoqchi bo‘lganlarga tabiiy usullar

DO`STLARGA ULASHING:

Sepkil inson chehrasiga o‘zgacha husn bag‘ishlaydi. Ammo yuzdagi sepkildan voz kechmoqchi bo‘lganlar ham topiladi. Ular uchun esa xalq tabobatida bir talay usullar mavjud. Quyida ulardan sizlarni boxabar etamiz:

  • Achchiq bodom talqonini sirkada 1 sutka ivitib, sepkilli yuz yuvilsa va bog‘lab yotilsa foyda qiladi.
  • Ravoch ildizini sirkaga aralashtirib, yuzga surtib bog‘lab yotilsa, dog‘ va sepkil ketadi.
  • Muskat yong‘og‘ini yanchib, uni bilan yuz yuvilsa ham, dog‘ va sepkil ketadi.
  • Moshni yanchib unini atala qilib surtilsa, dog‘ va sepkil ketadi.
  • Tulki o‘pkasini yupqa qilib kesib yuzga bog‘lab yotilsa yaxshi foyda qiladi.
  • Tak-tak unini atala qilib, yuzga surtilsa, sepkil ketadi. Kechasi atalani surtib yotilsa, yaxshiroq bo‘ladi.

soglom.uz/tavsiya/yuzdagi-sepkildan-voz-kechmoqchi-bolganlarga-tabiiy-usullar/

Оставьте комментарий