DO`STLARGA ULASHING:
Boburni eslab…
Dunyo uni dilin vayron qilsada,
Har yerdan qaqshatqich zarba bersada,
Temuriyman dedi, qayda bo‘lsada,
Boburni eslamasam ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod aylab ko‘ngil to‘lmasmu.
Ashorlarin tinglab sevdim Vatanni,
Ruhi Andijonda, Hinddadur tani,
Mardlarcha ko‘targan dardu-sitamni,
Boburni eslamasam ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod etib ko‘ngil to‘lmasmu.
Boburnomani yozib qoldirgan meros,
Asarda qancha g‘am, qancha ehtiros,
Uning shoirligi, shohligi ham rost,
Boburni eslamasam, ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod etib,ko‘ngil to‘lmasmu.
Ey Ziyoda, shoirlarga havasda bo‘lgin,
Ular duosi bilan hurmatda yurgin,
Bugun ashor bitmasang ayb bo‘ladur,
Bobur ruhin shod aylab, ko‘ngling to‘ladur.
Mirzayeva Ziyoda.
Boburning avlodlarga aytgan so‘zi
Ey sevimli aziz avlodim,
Bog‘ yaratdim hamda betakror.
Boburnoma mendanda yodgor,
Tanim qolur hind tuprog‘ida.
G‘azalimga kuylar bastalang
Jonim chiqar qalbimda dodim,
Ruhim uchun sokinlik tilang.
Anda jon qoldi
Andijon shahridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo‘ndi.
Otash yuragida aylanar bir so‘z,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Xalqing buyuk o‘g‘ling, buyuk sholi o‘g‘ling,
Boburning qalbida bir armon qoldi.
Nolasi kuydurar to abad bag‘ring,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,
Talato‘p zamonlar o‘taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so‘z ingranar,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Zahiriddin Muhammad Bobur
Ona tuprog’in sog’inib
Sog’inchdan yuzlari so’ligan
Hindiston sari yuzlanib
Yurtin shamolin izlagan
Dil sog’inch ishorlarin
Qalamga bitti Bobur
Bevafo gul sanamlarin
G’azaliga bitdi Bobur
G’azal mulki sultoni
Mohir shoh sarkarda
Butun dunyoni shoni
Yod olurmiz har yerda
Qoldirib siz bizlarga
Tuganmas bitmas boylik
Siz qoldirgan izlarga
Olam bo’lar chiroylik.
Islomova Mukambar.
Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludiga sher
Nazar solsang tinim bilmay jon tanidin ul oh etgay,
Vatan ishqin bilmas ersa ani elda gumroh etgay.
Zamona tan olgan va lek, dili nayson shox bo‘lsada,
O‘zga joyda panoh izlab, yurt mehridin kuloh etgay.
Magarki dol aylasa, adl qaddin ko‘ngil g‘amdin.
Olib obinovvotidin, bir tilim to‘tiyo etgay.
Kimki sog‘inch lazzatidin, baxramand bo‘lmagay hargiz,
Ulki ikki dunyo uchun kechib bo‘lmas gunoh etgay.
O‘z uyingdin boshing olib ketar bo‘lsang tingla ash’or,
Boburnoma sani doim havf-xatardan ogoh etgay.
Yor vasfiga Shohijaxon, qad aylasa Tojimaxal,
Arjumandlik istasa kim Andijonda bunyod etgay.
Bobur Afg‘on tomonlarda, Andajonin yotsa qo‘msab,
Ruxsor aning kuygularin oq qog‘ozga siyoh etgay.
Guliruxsor Ummatova.