“Zahiriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbir ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

20-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xidirova Marhabo Roziqovnaning “Zahiriddin Muhammad Boburni xotirlab” deb nomlangan tadbir ishlanmasi

1-o’quvchi

Navobaxsh  elimning  navobaxshi  siz,

Ta’rifingiz   qilmoqqa   ojizman  hazrat

Avlodingiz  bizlar  duo  qilamiz.

Ijodingiz  gulshani  turfa   gullari

Yillar   adog`ida  balq  urar  albat.

2-o`quvchi

Bu  aziz  yurtimning  aziz  o`g`loni,

Shoirsiz,  nosirsiz  buyuk  sarkarda.

Ohla  chekib  charxning  jafolaridan

Ko`nglingiz  shod  bo`lmadi  o`zga  yurtlarda.

Bu  turkiy  dunyoni  birlashtiray  deb

Umringiz  o`tdiku  jangu-xatarda

3-o`quvchi

Ul  zamondan  topolmay   tole’ingizni,

G`urbat  g`amin  to`kdingiz  zebu-zabarda.

Ruhingiz  qo`llasin  bizlarni  doim,

Xalqingiz  duosi  har  tong  saharda.

                                1-boshlovchi

  1. Bobolar kalomi tilimda  doim,

Sen  uchun  yuragim  qo`limda  doim.

Sog`inganman  yurgan   yo`limda  doim,

Vatan  yagonasan   dilimda  doim.

                                2-boshlovchi

Bu   yorug`  olamning   jannatlari   bor,

Vatandan  bo`lagin    minnatlari  bor.

Joningga   jonimning   payvandlari   bor

Vatan  yagonasan  dilimda   doim.

  1. Assalomu alaykum  hurmatli   ustozlar,   davramizga   tashrif    buyurgan   qadrli    mehmonlar.

“Zahirriddin   Muhammad   Boburni    xotirlab”   deb   nomlangan   tadbirimizni   ochiq   deb   e`lon   qilamiz.

                            1-boshlovchi

Bugun  bu  yerda  to`planishimizdan    maqsad,   buyuk    shoirimiz   she’riyat   daholaridan   biri  bo`lmish  Zahirriddin   Muhammad  Bobur  ruhini  bir  zumgina  bo`lsada  shod  etib,   xayolan  bo`lsada  Bobur  yaratgan  sheriyat  bog`lari  aro  sayr   aylab,  bir  zumgina  bo`lsa-da, Bobur  ijod  qilgan  nazmiy  asarlar  asosida  siz  azizlar  ila  muloqotda  bo`lishdir.  Endigi  navbat  bobomiz   hayoti  va  ijodi  haqidagi  ma`lumotlarga.

                                                  Ma`lumotlar

  1. Z. M. Bobur  1483-yilning   14-fevralida  Andijonda  tug`ildi.  Otasi  Temuriyzoda  Umarshayx  Farg`ona    viloyatining   hukmdori   edi   Onasi  Qutlug`nigorxonim   Toshkent    hokimiYunusxonning  qizi   edi.

  2. U go`zal    g`azallar   yozdi.   Ko`rgan,  kechirgan   voqealarini   haqida  ,,Boburnoma«   asarini       yozib    qoldirdi.  Uning  qalbi   musiqaga    oshno  edi.   U  sozni go’zal   chalgan. Ajoyib  musiqalar yaratgan. Musiqa haqida «Musiqa ilmi» nomli ilmiy kitob yozgan.

  3. Bobur ruboiylari har jihatdan to`kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda Bobur hayotining manzaralari aks etadi.

  4. U 1530 –yil 26-dekabrda Agrada vafot etdi. Keyinchalik uning xoki vasiyatiga  muvofiq Kobulga  ko`chirildi.

5.Bo’lajak shoir 12-yoshda edi. Otasi bevaqt vafot etib, Farg`ona hokimligi uning zimmasiga tushdi. 15-yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi.16-yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi.

  1. 1503-yilda Amudaryoni kechib Xurosonga o`tdi. Kobul  va G`aznani qo`lga  kiritdi. So`ng 1526-yilda esa Hindistonni zabt etib katta saltanat o`rnatdi.U o`z adolati va jasorati bilan hind xalqi qalbidan joy oldi, ularning mehrini qozondi.

Boburning avlodlari hind diyorida 300-yildan ortiqroq hukmronlik qilgan.

Bobur   she`ri

Asli  naslim  so`rasangiz,

Men  o`zbek  farzandiman.

Farg`onaning  bo`lagi,

Andijon  farzadiman.

Amir  temur  bobakalonim,

Umarshayx  padari   buzrukvorim.

Toshkent  xoni  chin  Yunusxonim,

Qutlug`Nigor  tadbirkorim  onam.

Andijonda  tug`ildim,  o`sdim,

Hindistonda    bog`lar  yaratdim,

Mussavirlar   bo`lishdi  do`stim

Vatan  deya  qalam   tebratdim.

O’n ikkida  shoh  bo`ldim,

Sahroyu  tog`lar  oshdim.

Andijonu  Samarqand

Yo`llarida  adashdim

Goh  quvondim  o`rtandim.

Gohida yondim shoshdim

Men Zahiriddin  Muhammad Bobur.

Bir qo`limda qalam-u

Birida qilich tutdim.

Urushdim mag`lub bo`ldim,

Yutdimu g`azal bitdim.

Yurtim deya sarg`aydim,

Bu yo`lda gado bo`ldim

Men Zahiriddin  Muhammad Bobur.

                                               Boshlovchilar

  1. Bobur Mirzo umrining yarmini ona yurtdan uzoqda Hindistonda o`tkazgan. Hindlar Bobur Mirzoni juda hurmat qilar edilar. Bobur Mirzo  Hindiston va Qobulda ko`plab bog`lar yaratgan. Xo`sh siz ularning qaysilarini bilasiz?

  2. Qobulda ,,Bog`i nur`, ,,Bog`I behisht «,” Chorbog”, Hindistonda,,Zarafshon bog«, ,,Bog`i safo« kabi bog`larni yaratgan.

  3. To`g`ri Qobulda va Hindistonda shunday ajoyib bog`lar yaratgan.Dunyoga mashhur Tojmahalni ham Bobur avlodlari qurdirgan.

                             Bobur g’azallaridan aytiladi.

                                       Boshlovchilar

  1. Bobur shoirlarning shohi shohlarning shoiridir. Jahon adabiyotining yirik namoyondasi .Javohirlal Neru Boburga shunday ta`rif bergan.

  2. Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat arbobi , mohir sarkarda, donishmand, tarixchi,zakovatli olim va tarjimondir.

1.Hozirgi sahna ko`rinishi orqali bobomizning nechog`liq topqirliklarini anglab olamiz.

                                             Sahna ko`rinishi (Bobur va kabutar)

                                Boshlovchi

Endi  tengdoshlarimiz Bobur Mirzo  ruboiylaridan namunalar aytadilar.

1.Tole yo`q jonimg’a balolig` bo`ldi,

Har ishniki ayladim  xatolig’  bo`ldi.

O`z yerni qo`yib Hind sori yuzlandim,

Yo rab netayin, ne yuz qarolig’ bo`ldi.

2.Kim bor anga ilm tolibi ilm kerak,

O`rgangani ilm tolibi ilm kerak.

Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo`q

Men bormen ilm-tolibi ilm  kerak.

3.Shod etmas emish kishini g`urbatda kishi,

Yod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi.

Ko`nglim bu g`ariblikdan shod bo`lmadi oh,

G`urbatda sevinmas albatda kishi.

  1. Ko`pdin berkim yoru diyorim yo`qdir,

Bir lahzayu bir nafas qarorim yo`qdir.

Keldim bu sari o`z ixtiyorim birla

Lekin borurimdan ixtiyorim yo`qdur.

5.Ey oy yuzing oldida quyo`sh sarmanda,

 Shirin so`zi yaxshi xulqingga men banda.

Hijronda necha noma bilan so`zlashlaring

Yo sen beri kel, yo men borayin anda.

  1. Hijron qafasida jon qushi dam qiladur.

G`urbat bu aziz umrni kam qiladur.

Ne nav bitay firoqu g`urbat shahrin,

Kim ko`z yoshi nomaning ko`zin nam qiladur.

  1. Beqayd menu xarobi siym emas men,

Ham mol yig`ishtirur laim ermasmen.

Qobulda iqomat etdi Bobur dersiz,

Andoq demangizlarkim muqim ermasmen.

  1. Ey yel borib ahboda nomini degil

Har kim meni bilsa ham paymonimni degil.

Mendin demagin gar unitilgan bo`lsam

Har kimki meni so`rsa salomimni degil.

9.Jismida isitma kunda mahkam bo`ladur.

Ko`zdin uchadir uyqu chu oqshom bo`ladur.

Har ikkalasi g`anim birla sabrimdek,

Borg`on sari ortadur ul kam bo`ladur.

  1. Yo qahr-u g`azab birla meni tufroq qil

Yo bahri inoyatingda mustag`roq qil

Yo  rab ,sendadur yuzim qaro gar oq qil

Har nav, sening rizong erur andoq qil.

                          Boburning she`ri

Ey  sevimli  aziz  avlodim,

Bog`  yaratdim  hamda  betakror.

Boburnoma  mendanda  yodgor,

Tanim  qolur  hind  tuprog’ida.

G`azalimga  kuylar  bastalang

Jonim  chiqar   qalbimda  dodim,

Ruhim  uchun  sokinlik  tilang.

                                      Boshiovchi

  1. Mana bobomizning  so`nggi  so`zlaridan  bilib  oldikki,  u  kishi  o`zning  g`azallarini el  orasida   kuylanishini   juda  xohlaganlar. O`zbekiston  xalq  artisti  O.Nazarbekov  bobomizning  “Binafsha”  nomli  g’azalini    yangicha  talqinda  juda  zo`r  mahorat  bilan  ijro  etganlar.   Hozir  shu  g`azalni  e`tiboringizga  hovola  etamiz….

                               Raqs “  Binafsha

                        1-boshlovchi

Buyuk bobokalonimiz shoh va shoir Bobur Mirzo bir umr Vatan ishqida kuyib, yonib, o`rtanib yashadi. Shunday ekan biz yoshlar bu jannatmakon Vatanimizning qadriga yetib, berilgan imkoniyatlardan foydalanib, osoyishta hayot kechiraylik.

                                      2- boshlovchi

Vatanni sotishga, bir qarich yerini bo`lsada begonalarga berishga hech kimning haqqi yo`q, chunki Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Ibn Sino,Mirzo Bobur kabi buyuk shaxslarni voyaga yetkazgan, bu ona zaminda ajdodlarimizning va tug`ilajak kelajak avlodni ham haqlari bordir.

                                     1-boshlovchi

Kelinglar aziz tengdoshlar,biz ham buyuk bobokalonlarimizga izdosh bo`lib, elim deb yurtim  deb yonib yashaylik. Muhtaram yurtboshimizning ishonchlarini oqlaylik.

                                      Anda jon qoldi

Andijon  shahridan  uchib  bir  yulduz,

Hindiston  tojiga  gavhardek  qo`ndi.

Otash  yuragida  aylanar  bir  so`z,

Anda jon  qoldi-ki,  anda jon  qoldi.

Xalqing   buyuk  o`g`ling,  buyuk  sholi  o`g`ling,

Boburning  qalbida   bir  armon  qoldi.

Nolasi  kuydurar  to  abad    bag`ring,

Anda jon  qoldi-ki,  anda jon  qoldi.

Dunyo  charxpalagi  tinmay aylanar,

Talato`p  zamonlar  o’taveradi.

Asrlar  qa’ridan   bir  so`z  ingranar,

Anda jon  qoldi-ki,  anda jon  qoldi.

Оставьте комментарий