Zarina ismli qiz maktubi asosida

DO`STLARGA ULASHING:

Men opamning taqdirini aytib bermoqchiman. Bu xuddi qörqinchli tushga öxshaydi. Opam bir yigit bilann bir-birlarini qattiq sevishardi. Yigit opamni bir zum ham yolg’iz qoldirgisi kelmasdi. Shunchalik sevardiki, xatto tun-u kun eshigimiz tagidan ketmasdi. Men uni issiq kunda ham, sovuq tunda ham köp bora uyimiz qarshisida körardim. Ammo adam bilan
 oyim bu haqda bilib qolishgach opamga qattiq shart qöyishdi: yo u, yo biz… Opam xonasida rosa yig’ladi ösha kuni. Bu köz yoshlar yetaklab kelgan dardni opamning közlaridan boshqa hech qayerda uchrtamaganman. Keyin ösha yigit bilan umuman körishmay qöydilar. Aminman, opam endi faqat Xudodan adamning rozi bölishini söraydigan bölgandi. Köp ötmay boshimizga musibat tushdi. Opam og’ir xastaligini bildik. Unda miya
 saratoni borligini eshitganimizda uyimizda deyarli hamma yig’lagandi.  Adam opamni köp doktorlaga körsatdilar. Ular zudlik bilan operatsiya qilish lozimligini aytishardi. Bu orada ösha yigit köp marta telefon qildi. Tabiiyki, opam unga bu haqda aytishimizni umuman xohlamasdilar. Yigit Moskvaga ketyotganligini bilgach, yana rosa yig’ladilar. Men öshanda tushunganman. Inson özidan ham battar yöqotishdan qörqadigan insonlar bölarkan dunyoda. Har holda opamning közidan (katta ehtimolki,
 qalbidan ham) oqayotgan köz yoshlari shundan dalolat berardi. Opamga  oxirgi marta u bilan körishish u-n ruhsat berishdi. Ösha kecha opam bilan birga chiqdik. Opam u bilan yonma- yon turib, bir og’iz ham gapirmadi. U faqat yig’ladi. Yigit esa opamni yupatardi: «Men tezda qaytaman, jonim, yig’lama»,- derdi u. Öshanda u opamni sönggi bor körib turganligini qayerdan ham bilardi. U ketgach opam meni quchoqlab, qulog’imga shivirlaganida butun vujudim muzlab ketdi. Opam aynan shunday
 dedilar: «Nega aynan men?»… Yigit ketgach opam u bilan telefonda ham gaplashmadi. Ehtimol qörqqandir. Unga hammasini aytib yuborishdan qörqqandir. Uni operatsiya qilishadigan kun ham keldi. Ösha kun kutish zalida ötirib, Xudodan opamning tirik qolishini söradim. Qizil chiroq öchib, doktor chiqqach esa… adamning toshdek qotganlariyu, oyimning ezilib yig’laganliklari yodimda qolgan xalos. Opamni qabrga qöydik… Ancha vaqt ötgach, tongda dasturxon atrofida ötirganimizda ösha yigit
 Moskvadan telefon qildi. Men javob berdim. Unga opam vafot etganligini aytdim. U gapimni oxirigacha eshitmasdan göshakni qöyib qöydi. Ösha kuni yarim tunda eshik taqilladi. Adam eshikni ochganlarida qarshisida ösha, opam sevgan yigit turardi… Uning közlarida men opamning közlarida ham körmaganim öta kuchli alam bor edi. Ösha kuni ilk bora adamning yig’laganlarini kördim. Ehtimol köz yoshlari bir vaqtlar ularni majburan ayirganliklari uchun pushaymonliklaridandir… Ehtimol yigitning
közlarida opamning yuzlarini körgandirlar…

11 комментариев к “Zarina ismli qiz maktubi asosida”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: learn more

  3. Уведомление: useful source

  4. Уведомление: DevOps Implementation Services

  5. Уведомление: cbd isolates

  6. Уведомление: สินเชื่อจำนองที่ดิน

  7. Уведомление: Plantation Shutters

  8. Уведомление: Buy Psilocybin Mushroom Chocolate Bar Queensland

  9. Уведомление: ffurbabies

  10. Уведомление: bbw cam teen xxx

  11. Уведомление: Discover More Here

Комментарии закрыты.