Zumrad qish.

DO`STLARGA ULASHING:

Zumrad qish.

Kirib keldi zumrad qish,
Dehqonga tugatib ish,
Ayoz bobo bilan birga,
Kezib dala dasht qirga.

Oq marvarid osmondan,
Duv yog’ar chondon-chondon,
Oqqushum yoyib gilam,
Zarrin nurga to’ldi olam.

Zumrad qishim suvrati,
Lol qoldirdi hayratim,
Tabiatim tarovati,
Jushqin qildi g’ayratim.

Zumrad qishim, zumrad qish,
Sengadir barcha olqish,
Fasllarning ko’zgusisan,
Oq niyatli ezgusisan.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий