1-sinfga qabul qilish arizasi nega rad etilishi mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

1-sinfga qabul qilish arizasi nega rad etilishi mumkin?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova 1-sinfga qabul jarayonlarida tug‘iladigan savollarga javob berdi.

Unga ko‘ra, qabul komissiyasi 3 ta holatda arizani rad etishi mumkin:

— bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktabida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;

— tanlagan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;

— so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

❗️Arizasi rad etilgan fuqarolar avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta ariza berishlari mumkin.

Оставьте комментарий