DO`STLARGA ULASHING:
Bugun 11-avgust — Paxtakor stadioni ochilgan kun
Paxtakor stadioni 1954-1956-yillar oraligʻida Toshkent markazida hashar yoʻli bilan qurilgan.
1956-yil 11-avgust kuni Anhor yoqasida qad koʻtargan sport majmuasi foydalanishga topshirilgan va unga respublikamizning yetakchi jamoasi kabi „Paxtakor“ deb nom berilgan.
Oʻyingoh oʻz bagʻriga 50 mingdan ziyod tomoshabinni toʻplab, tugʻilgan kunini nishonlagan.
Bayramga aylanib ketgan tantanalarda quruvchilaru paxtakorlar, sportchiyu sanʼatkorlar, mutasaddiyu murabbiylar yangi majmua ishqibozlarga koʻplab tarixiy musobaqalarni tuhfa etishini tilashgan.
Yangi stadionda birinchi uchrashuv 1956-yilning 20-avgustida boʻlib oʻtgan.
35 ming muxlis toshkentlik futbolchilarning Tbilisilik raqiblari bilan bahsini miriqib kuzatgan.
19-sentabrda esa „Paxtakor“ markaziy arenasi dastlabki xalqaro uchrashuvga mezbonlik qilgan.
«Paxtakorchilar» Albaniya poytaxti Tirananing «Dinamo» jamoasi bilan kuch sinashib, g‘alaba qozonishgan.