18-oktyabr — Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

18-oktyabr — Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochilgan kun

1996-yil 18-oktyabrda butun dunyo bo‘ylab taniqli bo‘lgan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi sharafiga ochilgan.

Muzeyning uch qavatli yumaloq binosi gumbaz bilan klassik sharqona uslubda bezatilgan. Binoning ichki qismi marmar, noyob rasmlar, betakror naqshlar va oltin suvi bilan bejirim bezatilgan.

Zallar devorlarida Amir Temurning hayoti, shuningdek o‘sha davrlarning atmosferasini aks ettiruvchi rasmlar freska tarzida aks etgan.

Muzeyning eng maftunkor qismi — balandligi 8,5 metr bo‘lgan billur qandil bo‘lib, undagi 106 ming marjon ko‘zlarni qamashtiradi.

Muzey fondida 3 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Bu yerda o‘rta asrlarga oid zargarlik buyumlarini, kiyim-kechaklarni, musiqa asboblari, mehnat anjomlari va boshqa buyumlarni ko‘rishingiz mumkin.

Musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lgan Usmonning Qur’on nusxasi markaziy zalda saqlanadi.

Оставьте комментарий