8-noyabr Tibbiyot xodimlari kuni

DO`STLARGA ULASHING:

8-noyabr Tibbiyot xodimlari kuni
Tibbiyot xodimlarining sharafli va mas’uliyatli mehnatini e’zozlash, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish doimiy e’tiborda. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2006 yil 12 sentabrda qabul qilingan tibbiyot xodimlari kunini belgilash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni buning yorqin dalilidir. Mazkur qonunga muvofiq yurtimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan bunday muhim tadbirlar inson manfaatlarini muhofaza qilish, xalqimizni tibbiy-ijtimoiy himoyalash ko’lamini kengaytirish, aholi sog’ligini mustahkamlash, jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil bo’layotir. Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga oid davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarning izchil ijrosi natijasida xalqimizga tibbiy xizmat ko’rsatish ko’lami tobora kengaymoqda. Birlamchi shifo muassasalari – qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinika tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozir uch mingdan ziyod qishloq vrachlik punkti faoliyat yuritmoqda. Ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shifokorlarning malaka va mahoratini yuksaltirish, sohada jahon tibbiyoti va ilm-fani yutuqlaridan keng foydalanish maqsadida xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan «Salomatlik-2” loyihasi hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur loyiha bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududlarda aholining qishloq vrachlik punktlariga ishonchi bir necha barobarga ortgan. Bu kasalliklarning oldini olish, surunkali xastaliklarni kamaytirishda sifat o’zgarishi yuz berayotganidan dalolatdir. Shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishning o’ziga xos tizimi shakllandi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining o’n uch mintaqaviy, bir yuz etmish uch tuman va shahar bo’limi ishlab turibdi. Tizimning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida bu yil shoshilinch tibbiy yordam shifoxonalariga 110 «Hunday” va 350 «Damas” rusumidagi reanimamobel va tez yordam mashinalari berildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiy ilmiy muassasalar tarmog’i kengaydi. Ushbu shifo maskanlarida tibbiy yordam yuksak texnologiyalarga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Sanitariya-epidemiologiya sohasini tubdan takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar o’z samarasini to’la namoyon etmoqda. Jahonning ko’pgina mamlakatlarida bu borada murakkab vaziyat yuzaga kelib turganiga qaramay, mamlakatimizga xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldi olinmoqda. Bunday yutuqlar va yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, inson manfaatlarini muhofazalashga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida odamlarning o’rtacha umri uzayib, yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salohiyati yuksalib borayotir. Prezidentimiz Islom Karimovning 2007-yil 19-sentabrdagi «Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish va tibbiy xizmatni xalqimizga yaqinlashtirishda muhim dasturilamal bo’layotir. Viloyatlarda yagona standartlar asosida xizmat ko’rsatuvchi ko’p tarmoqli tibbiyot markazlari, shahar va tumanlarda tibbiyot birlashmalari tashkil etildi. Joylarda zamonaviy tibbiy diagnostika markazlari ishga tushdi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar sog’ligini mustahkamlash tizimdagi islohotlarning ustuvor yo’nalishiga aylandi. 2009-2013 yillarga mo’ljallangan maxsus dastur ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Shifokor va olimlarimizning aholi salomatligini muhofazalash, millatimiz genofondini mustahkamlash, oilada sog’lom farzand tug’ilishi va kamolga etishini ta’minlash borasidagi fidokorona mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda. Sog’liqni saqlash sohasi xodimlari orasida O’zbekiston Qahramonlari, Vatanimizning yuksak mukofotlari sohiblari ko’payib borayotgani buning dalilidir. Sog’liqni saqlash sohasi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi, har bir shifo maskani huzurida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi tashkil qilinishi natijasida shifokorlarning ish haqlari bir necha barobar oshdi. Kasb bayramini ko’tarinki ruhda nishonlayotgan shifokorlarimiz bunday ishonch va e’tiborga munosib javob qaytarish maqsadida sohaga oid davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, profilaktika tadbirlari ko’lamini kengaytirish va aholi salomatligini mustahkamlash yo’lida faol ish olib bormoqdalar. Tibbiyot xodimlarining bu boradagi sa’y-harakatlari jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, inson manfaatlarini mustahkamlash va el salomatligini muhofazalashga xizmat qilayotir.

20 комментариев к “8-noyabr Tibbiyot xodimlari kuni”

  1. Уведомление: Аноним

  2. Уведомление: DevOps services company

  3. Уведомление: 링크모음

  4. Уведомление: fresh cvv dumps

  5. Уведомление: female escorts

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  8. Уведомление: pictures of ecstasy drug,

  9. Уведомление: discover here

  10. Уведомление: เงินกู้ มีนบุรี

  11. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์

  12. Уведомление: maxbet

  13. Уведомление: What are Anabolic Steroids

  14. Уведомление: check this

  15. Уведомление: mushroom chocolate bars

  16. Уведомление: Buy DMT Powder Online Australia

  17. Уведомление: wapjig.com

  18. Уведомление: 다시보기

  19. Уведомление: this link

  20. Уведомление: สล็อตวอเลท

Комментарии закрыты.