6-yanvar — Janna D‘Ark tug‘ilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

6-yanvar — Janna D‘Ark tug‘ilgan kun

Janna D’Ark  — Orlean qizi, 6-yanvar 1412-yilda Fransiyaning Domremi qishlog’ida tug’ilgan.

Fransiyaning milliy qahramoni.
Oddiy dehqon oilasida tug’ilgan, yoshligidan taqvodor bo’lib o’sgan.

Yuz yillik urush davrida (1337-1453) ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, urushda tubdan burilish  yasalishiga sababchi bo’lgan.

Janna qamaldagi Orleanni xalos qilgan (1429). Shundan keyin unga Orlean qizi nomi berilgan.
Kompyen ostonalarida bo’lgan jangda burgundlar tomonidan asirga olingan va inglizlarga sotilgan. Inglizlar Jannani Ruan shahriga olib kelib, cherkov sudiga topshirganlar.

Cherkov sudi J. D’Arkni dahriylik va jodugarlikda ayblagan va Ruanning markaziy maydonida yoqishgan (1431)
Yuz yillik urush tugagach, Fransiyada chaqirilgan Oqlov jarayonida Janna D’Arkning aybsizligi to’la isbotlangan (1456).

Rim papasi keyinchalik uni avliyolar qatoriga qo’shgan (1920).

Оставьте комментарий