2-oktyabr Buyuk hind faylasufi Mahatma Gandi tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

2-oktyabr Buyuk hind faylasufi Mahatma Gandi tavallud topgan kun
Gandi Moxandas Karamchand  1869-yil 2-oktyabrda Gujarot viloyatida tavallud topgan. Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni «Mahatma” («Buyuk qalb”) deb ataydi. Uning nomi bilan bog’liq bo’lgan gandizm ta’limoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya-Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887-91-yillarda Angliyada huquqshunoslik bo’yicha ma’lumot oladi. 1891-yillardan advokatlik vazifasida, 1893-1914-yillardan Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos-maslahatchi. Nataldagi olmos, ko’mir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida, yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi «satyagraxa” («kuch ishlatmasdan kurashish”) taktikasini ishlab chiqdi. U 1915-yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar o’tkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq to’lashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan. (1922-24, 1930-31, 1942-44). Gandi hindular bilan musulmonlarning o’zaro do’stligini mustahkamlashga intiladi. Gandining hinduizmga e’tiqodi chuqur bo’lgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bog’lashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va do’stligi haqidagi g’oyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning g’azabini keltirgan. Hindularning reaksion shovinistik tashkiloti a’zosi tomonidan 1948-yil 30-yanvarda otib o’ldirilgan.

11 комментариев к “2-oktyabr Buyuk hind faylasufi Mahatma Gandi tavallud topgan kun”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: เงินด่วนทันใจ

  3. Уведомление: สล็อต

  4. Уведомление: Key Wall Safe

  5. Уведомление: auto locksmith

  6. Уведомление: magic bars mushrooms

  7. Уведомление: roof skylight

  8. Уведомление: Sexy Baccarat

  9. Уведомление: Shrooms, SyZygy Mushrooms – 4 Oz,

  10. Уведомление: More Bonuses

  11. Уведомление: you could check here

Комментарии закрыты.