2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

DO`STLARGA ULASHING:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Bugun 29-dekabr kuni Xalqaro kongress markazida Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasida 2021-yil nomini e’lon qildi.
Unga ko’ra, 2021-yil nomi — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili etib belgilandi.

 

O’zbekistonda yillarning nomlanishi (1991-2019)

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng har bir yilni alohida o’ziga xos nom bilan atash an’anasiga asos solindi. Quyida 1991-yildan ushbu 2019-yilga qadar bo’lgan yil nomlari keltirilgan.

 

Yil Berilgan nom
1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug’bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog’lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog’lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog’lom bola-sog’lom ona yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Оставьте комментарий