“9-May Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan tadbir senariysi.

Vatan aziz nomli tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Vatan aziz nomli tadbir senariysi
9-May Xotira va qadrlash” kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi

Vatan aziz!» nomli bayram tadbirimizga xush kelibsiz!

(O‘quvchilar ijrosida tinchlik haqida qo‘shiq kuylanadi).
— Osmoni tinch
                 O‘zbekistonning,
Bog‘larida qushlar sayraydi.
Gul, chechakka burkangan
                           yurtim,
Jamolidan dillar yayraydi.
Doim omon bo‘lgin, Vatanim,
Jannatmisol ko‘rkam chamanim!
Tinchlik so‘zi niyatlarga esh,
Momolarim duosin boshi.
Bo‘lsin to‘kis baxtli deb bilar,
Shu zaminning keksa-yu yoshi.
Doim omon bo‘lgin, Vatanim,
Jannatmisol ko‘rkam chamanim!
Janggohlardan qaytib
                               kelmagan,
Bobolarim ruhi shod bo‘lsin!
Farzandini umid-la kutgan,
Momolarim ruhi shod bo‘lsin.
Ular qurgan tinch hayot kulsin,
Yurtim bog‘larida chechaklar
(Tadbir ishtirok­chi­lari sahnaga chiqi­shadi. Ular Xotira va qadrlash kunining mohiyati haqida so‘zlaydilar).
1- o‘quvchi: — Tinchlik — muborak so‘z, muqaddas kalom. Keksalarimiz duosida, ezgu niyatlarida ushbu so‘zni takror va takror eshitamiz.
2- o‘quvchi: — Ne baxtki, muqaddas zaminimiz — mustaqil O‘zbekistonimizda osoyishta hayot hukmron. Osuda turmush biz, baxtiyor avlodlarga nasib etgan.
3- o‘quvchi: — Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, azaliy qadriyatlarimiz tantana qilib, yurtimizda ko‘plab bayramlar nishonlana boshladi. Barcha bayramlarimiz o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra xalqimizning azaliy an’ana, urf-odatlarini, orzu-umid­larini na­moyon eta­di. Shu jum­la­­dan, o‘t­gan­lar yodga olinayotgan, nuroniy bobo, momolarimiz qadrlanayotgan bugungi kun ham.
4- o‘quvchi: — Ta’kidlash joizki, 1999- yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoniga asosan, 9- may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.
(O‘quvchilar istiqlol sharofati bilan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlashadi).
— Barchamizga ma’lumki, 1999- yil 9- may kuni poytaxtimizda ikkinchi jahon urushi yillarida mardlarcha halok bo‘lgan o‘zbekis­tonlik jangchilarning xotirasini abadiylash­tirish maqsadida barpo etilgan «Xotira maydoni» majmuasi ochildi.
— Urushdan qaytmagan 450 ming­­­ga yaqin yurtdoshimiz nomi zarhal harflar bilan «Xotira kitobi»ga bitildi. Xotira maydonidagi «Motam­saro ona» haykali qoshiga har kuni ko‘plab ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Jigarbandini jang maydoniga jo‘natib, butun umr intizor kutgan munis ayolning g‘amgin qiyofasida biz urush dahshati, tinchlik qadrini his etamiz.
(Bolalar Sirojiddin Sayyidning «Xotira maydoni ustunlariga» she’rini o‘qishadi).
Bunda necha avlodlarning
                        sog‘inchlari bor,
Bunda nomlar jimirlatar jon birla
Ustunlar ham Xotiraning o‘ziday
                                     poydor,
Ko‘tarib turganday ulug‘ Vatanni.
— 9- may kuni erta tongdan yurtimizning barcha viloyatlaridagi Xotira maydonlarida urushda xizmat qilgan mard o‘g‘lonlarimiz yodga olinadi.
— 1941—1945- yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushiga ketgan ko‘plab yurtdoshlarimizga ona-Vataniga qaytib kelish nasib etmadi.
— Minglab er yigitlar qonli janglarda Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘ldi.
— Lekin ularning mardligi, Vataniga bo‘lgan sadoqati sabab, mana shunday osuda hayotda yashash baxtiga egamiz.
(Muhammad Yusufning «Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor» she’rini aytadilar).
Yurtim, ado bo‘lmas
                       armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan
                       dostonlaring bor.
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi
                                   jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid
                       o‘g‘lonlaring bor.
Yurtim, ko‘nglingdek keng
                       osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan
                       dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham
                       diydoringga zor,
Jayrondek termulgan
                   Cho‘lponlaring bor.
Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma
                                   so‘zimni.
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini,
Olislarda qolgan
                     Usmonlaring bor.
Qurboning bo‘layin, ey, onajonim,
Sening   faryodlaring —
                       mening fig‘onim,
O‘tmishingni o‘ylab
                         o‘rtanar   jonim,
Aytsam ado bo‘lmas
                       dostonlaring bor.
(Sahnaga yana boshlov­chilar chiqishadi).
1- boshlovchi: — Muhtaram Yurtboshimiz bu kunning naqadar ulug‘ ekaniga alohida urg‘u berib shunday degan edilar:
«Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o‘tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog‘ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir».
2- boshlovchi: — «Qadrlash degani — bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqi­miz­ning ozodligi va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsat­moqdir».
1- boshlovchi: — Haqiqatdan ham, yurtimizda inson xotirasi, qadr-qimmati aziz hisoblanadi.
2- boshlovchi: — Biz ulug‘ ajdodlarimizni, ota-bobolarimizni, fidoyi yurtdoshlarimizni doimo hurmat bilan tilga olamiz.
(O‘quvchilar Abdulla Mavloniy­ning «Urush faxriylariga» she’rini o‘qishadi).
Qariya, mo‘ysafid, faxriy kim o‘zi,
Sizning duoingiz ijobat bo‘lsin.
Insonni qadrlash maqsadning
                                 ko‘zi,
Sizni ardoqlagan sevinchga
                                 to‘lsin.
Hayotiy falsafa har faxriy so‘zi,
Kelajak avlodlar o‘ynasin, kulsin.
O‘zlari yurtga ko‘rk bo‘lgan
                                 faxriylar,
Bizni duo qiling, aziz faxriylar.
(Kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Bobo va buvi nabirasi bilan suhbatlashmoqda).
Bobo: — Obbo, qizalog‘imey, bizlarni ko‘rgani kelibsan-da. Yaxshi yuribsanmi? Ukalaring, oying, dadang sog‘-salomat yurishibdimi?
Nabira: — Ha, bobojon, bizlar yaxshimiz. Ukalarim ham, oyim, dadamlar ham sog‘-salomat yurishibdi. Hali zamon ular ham sizlarni ko‘rgani kelib qolishadi.
Buvi (nabirasini bag‘ri­ga bosib)— Qizim, nega bir o‘zing kelding? Ishqilib uydagilar bilishadimi?
Nabira: — Ha, buvijon, bilishadi. Bugun o‘qituvchimiz bizni «Xotira xiyoboni»ga olib bordi. Ziyorat davomida nuroniy bobolarimiz, momolarimiz suhbatini tingladik. Shundan so‘ng, sizlarni ko‘rgani to‘g‘ri bu yoqqa kelaverdim.   Bobojon, siz ham urushda bo‘lganmisiz?
Bobo: — Yo‘q, bolam, biz unda yosh edik. Ammo onalarimiz bilan birga front ortida mehnat qildik.
Buvi: — Ha, jonim qizim, urush yillari juda og‘ir damlarni boshimizdan kechirganmiz. Lekin g‘alabaga ishonch, Vatanga sadoqat tuyg‘usi hamma narsadan ustun bo‘lgan. Barchamiz mana shunday dorilomon kunlarning qadriga yetishimiz kerak.
Nabira: — Dadamlar ham bu to‘g‘rida ko‘p gapiradilar. Bobojon, bayram munosabati bilan tinchlik haqida she’r yodladim, aytib bersam maylimi?
Bobo: — Aytaqol, qizim.
Nabira:
Tinchlik qo‘shig‘ini kuylaymiz,
Biz — baxtiyor el farzandlari,
Kelajakning tayanchi bo‘lgan
Jannatmakon yurt dilbandlari.
Tinch hayot nafasi ufurgan,
Vatanimiz bog‘lari go‘zal.
Osmoni musaffo, bahavo,
                               ko‘rkam,
Qushlar navosi-la tonglari
                                  go‘zal.
Bobolardan merosdir bizga
Muqaddas yurt, osuda hayot!
Asragaymiz qalb qo‘rimiz-la,
Ajdodlar o‘giti bizlarga qanot.
Bobo: — Ko‘p yasha, ona qizim. She’ringda aytilganidek, O‘zbekis­toni­mizdagi tinch, osoyishta hayotga hech qachon ko‘z tegmasin!
(She’r tugagach, tadbir ishtirok­chilari sahnaga chiqishadi. Musiqa yangrab, Vatan haqida qo‘shiq kuylanadi).
Musiqa sadolari ostida kechaga yakun yasaladi.

Оставьте комментарий